Talaba amaliyot o‘tashda
amaliyot dasturida ko‘zda tutilgan topshiriqlarni to‘liq bajarishi;
amaliyot ob’ektining ichki mehnat tartib - qoidalariga bo‘ysunishi;
mehnat muhofazasi, xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasi qoidalarini
o‘rganishi va qatiy rioya qilishi;
bajarilgan ish va uning natijalari uchun shu Korxona ishchilari qatori javobgarlik olishi;
kundalik daftar yuritishi, chizmalar, tasvirlar va boshqalarni bajarishi;
amaliyot rahbariga barcha topshiriqdar bajarilgani haqida yozma ravishda hisobot berishi
va amaliyot bo‘yicha sinov topshirishi shart.
TALABALARNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI
Amaliyot o’tilayotgan Korxonada amaliyot boshlanishidan avval talaba quyidagilarni bajarishi shart:
1. Institut tomonidan tayinlagan amaliyot rahbaridan amaliyot o’tiladigan joyni va amaliyot muddatini aniqlashi, tashkiliy masalalarni hal qilishi kerak.
2. Amaliyot bo’yicha umumiy yo’riq va zarur bo’lgan o’quv-uslubiy hujjatlarning hammasini olishi kerak.
5. MAXSUS SHAXSIY TOPSHIRIQ MAZMUNI
- loyihalash, jumladan avtomatlashtirilgan loyihalash, loyihalash jarayonlarini tahlil qilish, sintezlash va optimallashtirish, mahsulot sifatini ta’minlash va sertifikatlashtirish (shu jumlada halqaro) usullarini o`rganish;
- axborot-kommunikatsiya tizimlarining ishchi jarayonlarini o`zlashtirish va tadqiq qilish;
- ishlab chiqarishni avtomatlashtirishda loyihalash jarayonlarini tahlil qilish, sintezlash va optimallashtirish, dasturiy mahsulot sifatini ta’minlash va sertifikatsiya va unifikatsiya (shu jumlada halqaro) metodlarni qo`llash;
- texnologik jarayonlarni boshqarishning axborot tizimlarining matematik modellarini qo`llash;
- axborot-kommunikatsiya tizimlari asosida texnologik jarayonlarni boshqarishda muxandislik hisoblari, algoritmlari, matematik, algoritmik va axborot ta’minotlarini ishlab chiqish va ulardan foydalanish;
- boshqaruv tizimida axborot tarmoqlari imkoniyatlarini bilish, masofadan turib boshqarish jarayonlarini tashkil qilish;
- texnologik jarayonlarni boshqarishning kompyuter tizimlari va tarmoqlarini matematik modellashtirish va loyihalash;
- axborot tizimlarida bilimlarni formal tavsiflash, bilimlar va ma’lumotlar bazasini qurish va undan foydalanish;
- boshqarishning intelektual tizimlarini yaratish;
- bajarilayotgan tajriba-konstruktorlik va amaliy ishlar mavzusi bo`yicha matematik, informatsion va imitatsion modellarini ishlab chiqish va tadqiqot qilish;
- loyihaviy va dasturiy hujjatlarni ishlab chiqish;
- ilmiy va amaliy faoliyatda avtomatlashtirilgantizimlarning instrumental vositalari va muhitlarini rivojlantirish va ulardan foydalanish;
- kasbiy etika kodeksiga rioya qilish;
- davlat va munitsipal boshqaruv organlari va tashkilotlari faoliyatini ishlab chiqarish muhitiga ta’sirini baholash, ishlab chiqarishda o`ziga xos xatarlarni aniqlash va tahlil qilish, shuningdek, ishlab chiqarish tovarlarni iste’molchilarini xatti-harakatlarini tahlil qilish va korxonalarning ishlab chiqarish asoslari, ishlab chiqarish tizimlari va sohaning raqobat muhitini bilishga asoslangan talabni shakillantirish qobilyati;
- ishlab chiqarish qarorlarini qabul qilishda, ularni aniq ishlab chiqarishvazifalariga moslashtirish orqali ishlab chiqarishni tashkiliy-boshqaruv modellarini shakillantirishda miqdoriy va sifatli tahlil qilish;
- ishlab chiqarish korxonasining ichki hujjat aylanish tizimining ishlashi to`g`risidagi ma’lumotlarni tahlil qilish, turli ko`rsatkichlar bo`yicha ma’lumotlar bazasini yuritish va tashkiliy loyihalar ishtirokchilariga axborot ta’minotini yaratish;
- ishlab chiqarish korxonasini rivojlantirishga yo`naltirilgan loyihalarni amalga oshirishda (korxona, davlat yoki mahalliy boshqaruv idorasi) tashqi aloqalarni kengaytirish va tajriba almashish uchun zarur ma’lumot toplash tizimlaridan foydalangan holda ishlab chiqaruvchi sheriklar bilan munosabatlarni tashkil etish va qo`llab quvvatlash;
- ishlab chiqarish jarayonlarini modellashtirish va ishlab chiqarish jarayonlarini tashkilotlarning amaliy faoliyatida qayta tashkil etish usullaridan foydalanish qobilyati;
- ishlab chiqarish korxona va institutlarning rolini hisobga olgan holda innavatsion loyihalarini baholash, rejalashtirish va prognozlash ko`nikmalari;
- konstruktorlik byurosi, yig`ish sinash, ishlab chiqarish sexi faoliyatini sifatini boshqarish;
- ishlab chiqarish faoliyati sifatini boshqarish jarayonlarini ishlab chiqish va tadbiq qilish;
- ishlab chiqarish jarayonlarini amalga oshirish uchun zarur bo`lgan ishlab chiqarish jarayonlari va resurslarini rejalashtirish;
- zamonaviy axborot texnologiyalari tizimini yaratish va ularning ekspulatatsiyasi bilan bog`liq bo`lgan ishlab chiqarish jarayonlari monitoringi va sifatini baholash usullari va mexanizmlarini ishlab chiqish;
- atrof-muhitni muxofaza qilish va mehnat xavfsizligi talablariga mos kelishi borasida ishlab chiqarish jarayonlarini nazorat qilishda ishtirok etish.
Ishlab chiqarish sohasidagi texnologik jarayonlarni axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali boshqarish loyihalarini ishlab chiqish, loyihaviy va dasturiy hujjatlarini ishlab chiqish, turli tabiatli texnologik ob’yektlar parametrlarini nazorat qilishda, rostlash va boshqarishda avtomatik va avtomatlashtirilgan tizimlari uchun axborot-kommunikatsiya tizimlari dasturlarini ishlab chiqish, axborot-kommunikatsiya tizimlariga texnik xizzmat ko`rsatish, ta’mirlash va ulardan foydalanishni tashkil etish, texnologik jarayonlarni boshqarish sohasida ishlatiladigan apparatlarni sinash, ularning ishlashiga taashxis qo`yish va kamchiliklarini bartaraf etish kabi kasbiy kvalifikatsiyalarga ega bo`lishi mumkin.
Talaba amaliyot bo’yicha chiqarilgan buyruqda hamda safarnomada belgilangan muddatda amaliyot o’tiladigan Korxonaga yetib kelishi va ishga tushishi shart.
Agar talaba amalyyotni kechikib boshlasa, kechikish sababidan qat'iy nazar, kechikkan muddatchalik amaliyot uzaytiriladi.
Korxona bo’yicha chiqqan buyruqqa muvofiq talabalar shtat lavozimlariga o’tkazilishlaridan boshlab, to ishlab chiqarish amaliyotining muddati tugamaguncha, talabalar joriy mehnat haqidagi qonunlarga, mehnatni muhofaza qilish qoidalariga va amaliyot o’tilayotgan Korxonaning ichki tartib qoidalariga bo’ysunadilar; bu qonun va qoidalar ularni muhofaza qiladi.
Amaliyot o’tayotgan talabaning ishdan qandaydir sabab (ichki tartibni buzish, muntazam ravishda ishga kechikib kelish va h.k.) bilan amaliyotdan chetlashtirilishi o’z-o’zidan talabani institutdan o’qishdan chetlatilishiga olib keladi.
Talabaning ish joyidagi vazifalari uning egallab turgan lavozimi va uchastka, smena, sexlarni boshqarish apparatining mavjud strukturasi bilan belgilanadi.
Amaliyot o’tayotgan talaba o’zining xizmat vazifalarini vijdonan bajarishi bilan birga, korxona jamoasining jamoat ishlarida qatnashishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |