Malakaviy amaliyot


Bank o'z faoliyatini quyidagi asosiy yo'nalishlar bo'yicha olib boradi



Download 0,73 Mb.
bet4/15
Sana21.01.2022
Hajmi0,73 Mb.
#396791
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Manonova IK420

Bank o'z faoliyatini quyidagi asosiy yo'nalishlar bo'yicha olib boradi:


  1. Kichik va xususiy tadbirkorlik;

  2. Korporativ biznes;

  3. Chakana biznes;

  4. Moliyaviy institutlar;

  5. Investitsion biznes.

"Ipak yo'li" banki Toshkent shahrida va O'zbekiston Respublikasi viloyatlarida jami 16 ta filialga ega. Hozirgi vaqtda bizda viloyatlarda 8 ta filial, shuningdek Toshkent shahrida 8 ta filial, 36 ta mini-bank va 24 ta maxsus kassalar, 10 mingdan ortiq terminallar mavjud va 2019 yil davomida biz butun O'zbekiston bo'ylab 200 dan ortiq bankomatlar o'rnatdik va uladik. Bank mahsulotlari va xizmatlari aksariyat mintaqalarda taqdim etilgan, bundan tashqari, kelgusi 3 yil davomida Bank strategiyasiga muvofiq, mintaqalarda yana bir nechta filiallar ochilishi rejalashtirilgan.

Bankning raqamli kanallariga «Ipak Yo`li Mobile», «Biznes uchun Ipak Yo`li Mobile» mobil ilovalar va Internet Banking xizmati kiradi.

2017 yilda Bank respublika banklari ichida birinchilardan bo'lib, mijozlarga bir qator masofaviy xizmatlarni olishlari uchun sharoit yaratish maqsadida, bankning raqamli kanallarini joriy etdi, xususan, uyali telefonlar va Internet-banklar uchun bank dasturini ishga tushirdi.
1.2 Bankning rivojlanish tarixi
Qisqacha tarixiy ma'lumot:

23-aprel – bank ta’sis etilgan kun. Aksioner innovatsion tijorat “Ipak Yo`li” banki 1990 yilda universal payli bank sifatida tashkil topdi va 1990 yil 21 iyunda 320-sonli bank operatsiyalarni o`tkazish SSSR Davlat banki litsenziyasi berildi.

1991-yil oktyabr oyida Bank 2-sonli Asosiy guvohnomani oldi. Bu chet el valyutasida operatsiyalarni amalga oshirishga imkon berdi. Buning natijasida tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchi kompaniyalar va chet ellik banklar bilan tashqi iqtisodiy aloqalarni kengaytirish bo`yicha faol harakatlar boshlandi.

1993 yilda O`zbekiston Respublikasi Valyuta Birjasini tashkil qilishda tashabbuskorlardan biri bo’ldi. Bu valyuta aylanmasining oshishiga yordam berdi.

1995 yil bank o`z mijozlariga yangi – Overdraft xizmatini taqdim qila boshladi. Bu chet ellik ta’minotchilarga import qilingan mahsuloti uchun faol to`lovlarni malgam oshirish imkonini berdi.

1997 yil Germaniya Federativ Respublikasi hukumati va O`zbekiston Respublikasi hukumati o`rtasida tuzilgan moliyaviy hamkorlik bitimi asosida O`zbekiston respublikasida kichik biznesni rivojlantirish va quvvatlash uchun bosqichma-bosqich 3 ta moliyalashtirish transhi ajratilgan edi.

2000 yil iyun oyida Samarqand shahrida "Umar" filiali ochildi.

2001 yil Evropa Taraqqiyot va Rivoshlanish Bankining mikrokreditlash birinchi dasturining amalga oshishining boshlanishi. Bankning birinchi lizing operatsiyasi.

2002 yil MoneyGram pul o`tkazmalari tizimi yo`lga qo`yildi.

2004 yil savdo nuqtalarida aholiga iste’mol kreditlash dasturi boshlandi.

Anelik pul o`tkazmalari tizimi yo`lga qo`yildi.

2005 yil Быстрая почта pul o`tkazmalari tizimi yo`lga qo`yildi. Bank Banklararo savdo tizimiga ta’sischi sifatida chiqdi. So`mli plastic kartalarning birinchi emissiyasi amalga oshdi.

2006 yil bank Osiyo Taraqqiyot Banki (OTB) bilan 1,3 mln. AQSh dollariga, 1963-UZB “Kichik va Mikromoliyalashtirishni taraqqiy etish. Faza 1” Dasturiy Bitimni imzoladi. Bankga Xususiy sektorni Rivojlantirish bo`yicha Islom Korporatsiyasi (XSRIK) tomonidan 2 mln. AQSh dollarda birinchi moliyalashtirish liniyasi ajratildi. May oyida Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida "Yakkasaroy" filiali ochildi. Bank VisaInternational tarkibiga birlashgan a’zosi bo`lib kiritildi.

2007 yil CommerzbankAG (Germany) va RaiffeisenBank InternationalAG (Austria) Bankga hujjatli biznes bo`yicha moliyalashtirish liniyasi ochdi. WesternUnion va UNIstream pul o`tkazmalari tizimi yo`lga qo`yildi. VisaClassic plastic kartalarning birinchi emissiyasi amalga oshdi. Internet- banking masofada xizmat ko`rsatish tizimi joriy etildi. “Axbor-reyting” BRK Bankga milliy “UZa” shkalasi bo`yicha – qarzni to`lashga qodirlikning yuqori darajalik reytingi berildi.

2008 yil Bankning subordinar obligatsiyalarining birinchi emissiyasi. Contact, Migom, Blizko pul o`tkazmalari tizimi yo`lga qo`yildi. Bankning ekspress- markazlarning soni 72 gacha oshdi. Bank VisaInternational va ChinaUnionPay to`lov tizimining tarkibiga asosiy a’zo sifatida qabul qilindi.

2009 yil Banque de commerce et (Switzerland), savdoni rivojlantirish bo`yicha moliyalashtirish liniyasi ochildi. «Золотая корона» pul o`tkazmalari tizimi yo`lga qo`yildi.

2010 yil Bank Osiyo Taraqqiyot Banki (OTB) bilan 10 mln. AQSh dollariga, 2634-UZB “Kichik va Mikromoliyalashtirishni taraqqiy etish ikkinchi dasturi. Faza 2” Dasturiy Bitimni imzoladi. Bank Xususiy Sektorni Rivojlantirish Islom korporatsiyasi bilan 5mln.AQSh dolariga ikkinchi liniya bo`yicha moliyalashtirishni ochish uchun qarz bitimi imzolandi.

2011 yil LandesbankBerlin AG kredit liniyasi doirasida Evropa Ittifoqi davlatlaridan EulerHermes va SERV kafillik qoplami bilan asosiy vositalarni sotib olishni moliyalashtirish boshlandi.

2012 yil Bank UnionPayInternationalning rasmiy asoschi a’zosi sifatida ko`rsatildi. Germaniya rivojlanish banki KfW kredit liniyasi 4-transh olish haqida bitim tuzildi. XSRIK 2-moliyalashtirish liniyasi haqida bitimga liniya summasini 10 mln. AQSh dollarigacha oshirish to`g`risida qo`shimcha bitim tuzildi.

2013 yil 22-aprel kuni Osiyo Taraqqiyot Banki (OTB) “Ipak Yo`li” Bankining aksiyasini sotib oldi va Bankning 2-yirik aksioneriga aylandi. Osiyo Taraqqiyot Banki (OTB) ning “Kichik va Mikromoliyalashtirishni rivojlantirishning 2-dasturi” bo`yicha Bankga 7 mln. AQSh dollari qayta taqsimlandi. Mart oyida Xalqaro “Moodys” Reyting Agentligi tomonidan Bankning “B2” reyting darajasi bo`yicha “Barqaror” ma’lumoti tasdiqlandi. Osiyo Taraqqiyot Banki (OTB) Bankning “Kichik biznesni va tadbirkorlikni rivojlantirish” yangi Dasturida ishtirok etishini tasdiqladi. Shuningdek Osiyo Taraqqiyot Banki (OTB) 5 mln. AQSh dollari miqdorida Bankga tashqi savdo operatsiyalarni kafolatlash kredit liniyasini taqdim qildi.

2015 yil Bank Bosh ofisining Amaliyot boshqarmasida mijozlarga xizmat ko’rsatishning «Yagona darcha» texnologiyasi muvaffaqiyatli joriy qilingandan so’ng yanvar oyidan boshlab Bankning Toshkent shahridagi filiallarida ham mijozlarga ushbu texnologiya bo’yicha xizmat ko’rsatish loyihasi amalga oshirilmoqda. Yanvar oyidan boshlab Bankni boshqarish axborot tizimlarini takomillashtirish maqsadida Bank tomonidan 2015 yilning oxirida lisenziyasi olingan SAP loyihasi amal oshirilmoqda. Fevral oyida Bank PCI PIN Security Requirements 2.0. standarti talablarining bajarilishi bo’yicha auditidan muvaffaqiyatli o’tdi. Mart oyida chakana mijozlarga «Shaxsiy kabinet» tizimidan foydalanish orqali masofadan xizmat ko’rsatishning yangi turi taqdim etildi. Iyul oyida Bank tomonidan masofadan xizmat ko’rsatishning yangi turi – Internet- ekvayring joriy qilindi. Avgust oyida “Ipak Yuli Club” Kobrending xolislik dasturi kuchga kirdi.

3 kvartalda FMO tomonidan KfW (DEG) guruhi bo’linmasi va Triodos Gollandiya tijorat banki bilan hamkorlikda tashkil qilinib, sindisiyalashtirilgan kredit doirasida taqdim etilgan 35,0 AQSh doll. miqdoridagi mablag'lar muvaffaqiyatli o’zlashtirilganligi munosabati bilan Muddatli kredit shartnomasining miqdorini 3 mln. AQSh dollariga oshirish to’g'risida Kelishuv imzolandi.

Noyabr oyida Bank o’zining bank xizmatlari qatoriga Bank mijozlariga masofadan chakana bank xizmatlarini ko’rsatish uchun yangi xizmat turi- Ipak Yuli Mobile mobil ilovasini kiritdi.

2017 yilning mart oyida «Ipak Yo’li» AITB UnionPay kartalarining O’zbekistondagi eng yirik emitentiga aylandi. 2017 yil 5 aprelda Osiy Taraqqiyot Banki mablag'larini qayta kreditlash to’g'risida O’zbekiston Respublikasi, qishloq xo’jaligi korxonalarini qayta tuzish Agentligi va «Ipak Yo’li» aksiyadorlik innovasiya tijorat banki o’rtasida «Meva va sabzavotchilik sektorida qo’shimcha qiymat yaratish zanjirini rivojlantirish» loyihasi doirasida 111 585 000 O’MH (O’zlashtirish maxsus huquqlari- Halqaro valyuta fondi (HVF) tomonidan chiqariluvchi sun'iy zahira va to’lov vositasidir. Faqat bank hisobvaraqlaridagi yozuvlar ko’rinishida naqdsiz shaklga ega bo’lib, banknotalar chiqarilmagan). 2017 yil 17 mayda Osiy Taraqqiyot Banki mablag'larini qayta kreditlash to’g'risida O’zbekiston Respublikasi va «Ipak Yo’li» aksiyadorlik innovasiya tijorat banki o’rtasida summasi 38 mln.AQSh dollari bo’lgan «Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash» loyihasi doirasidagi Kelishuv imzolandi. May oyida Visa International kompaniyasi sertifikatlagan halqaro auditorlar tomonidan

«Ipak Yo’li» AITB Bankining halqaro kartalarni chiqarish va xizmat ko’rsatish bo’yicha axborotlar tizimi PCI DSS xavfsizlik standartiga mosligi tasdiqlandi.

2017 yil 22 maydа «Ipak Yo’li» AITB Xususiy Sektorni Rivojlantirish Islom Korporasiyasi bilan hamkorlik doirasida O’zbekiston Respublikasi kichik biznes sub'ektlarini moliyalashtirish uchun 14 mln.AQSh dollari miqdorida moliyalashtirish liniyasi to’g'risidagi Kelishuv imzolandi.

Avgust oyida O’zbekistonda birinchi bo’lib, «Ipak Yo’li» Banki tomonidan 3D-Secure texnilogiyasiga asoslangan Visa halqaro kartalari vositasida onlayn to’lovlar o’kazish uchun yuqori xavfsizlik texnologiyasi joriy etildi.

Sentyabr oyida Bank mijozlari «Shaxsiy kabinet» va «Ipak Yuli Mobile» mobil ilovasidan foydalanib, omonat daftarchalarini rasmiylashtirish orqali ochilgan jismoniy shaxslarning depozit hisobvaraqlaridagi qoldiqlarni masofadan tasdiqlashlari imkonini beruvchi yangi masofadagi xizmat joriy etildi.



2018 yilning yanvar oyidan boshlab Bankning “Ipak Yuli Mobile” mobil ilovasi yordamida MUNIS tizimi orqali P2P (kartadan kartaga pul o’tkazish) banklararo amaliyotlarini o’tkazish imkoni tug’ildi.

Aprel oyida Bank xizmatlari qatoriga qo’shilgan yangi bank mahsuloti yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar hisobvaraqlariga masofaviy xizmat ko’rsatish imkonini yaratuvchi “Ipak Yuli Mobile for Business” mobil ilovasi ishga tushirildi.

AITB “Ipak Yo’li” VISA International xalqaro tashkiloti bilan hamkorlikda “2018 FIFA World Cup™ futbol bo’yicha jahon chempionatiga Visa International bilan birga!” aksiyasi tashkil etildi.

Bankning barcha shahar va hududiy filiallarida xorijiy valyutani sotib olish va sotish yo’lga qo’yilgan ayirboshlash shaxobchalari yo’lga qo’yildi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Valyuta siyosatini liberallashtirish bo’yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to’g’risida» gi Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida, yuridik shaxslar uchun milliy valyutani xorijiy valyutaga konvertatsiya qilish cheklovlarsiz amalga oshirila boshlandi.

Aprel oyida Bank “Onlayn hamyon” – muddatli omonatlarni masofaviy ochish xizmatini ishga tushirdi

Shuningdek, aprel oyida Bank tomonidan “Ipak Yuli Mobile” mobil ilovasi orqali xorijiy valyutani sotib olish va sotish imkoniyati yo’lga qo’yildi.

Aprel oyida Bank tun-u kun 24/7 rejimida ishlaydigan xorijiy valyutani milliy valyutaga ayirboshlaydigan funksiyali bankomatni ishga tushirdi.

Aprel oyida O’zbekiston Yoshlar ittifoqining ATB “Xalq banki” Yetakchilar kengashi tomonidan tashkil qilingan banklar o’rtasidagi bouling musobaqasida Bank g’olib bo’ldi.

Iyun oyida Bank jismoniy shaxslar uchun mikroqarz xizmatini yo’lga qo’ydi. Iyul oyida Bank Koreyaning yetakchi banklaridan biri hisoblangan Kookmin

Bank da vakillik hisobvaraqini ochdi.

Iyul oyida Bank tomonidan SAP tizimi muvaffaqiyatli yo’lga qo’yildi.

Bank birinchi to’liq funksiyada tun-u kun ishlovchi avtomatlashtirilgan valyuta ayirboshlash shaxobchasini ishga tushirdi.

Ipak Yo’li banki tomonidan HiTech bank va Davrbank larni xalqaro Visa kartasini chiqarish va unga xizmat ko’rsatish bo’yicha protsessing markaziga ulash bo’yicha ishlar yakunlandi.

Bank "Allmedia Safe Service" MChJ (Allplay savdo belgisi) va "Узбекистон Темир Йуллари" AJ bilan elektron tijorat bo’yicha birinchi loyihani ishga tushirdi.

Bank infokiosk orqali kreditni so’ndirish xizmatini yo’lga qo’ydi.

Bank «Click» mobil banking tizimiga integratsiyalashuvni yakunladi va

«Click» ilovasi orqali kreditni so’ndirish xizmatini yo’lga qo’ydi.



Avgust oyida Bank xorijiy valyutada «Управляй» nomli onlayn omonatni yo’lga qo’ydi.

2018 yil 15 oktyabr kuni "Ipak yo'li" banki ETTB bilan kichik va xususiy biznesni kreditlash uchun 20 million dollarlik kredit bitimini imzoladi.

2018 yil 16 oktyabrda Bankning Master Card xalqaro to'lov tizimiga kirish to'g'risidagi arizasi qondirildi, bu aksariyat xalqaro karta tizimlariga (hozirgi Visa va Union Pay) xizmat ko'rsatish bosqichlarining davomi bo'ldi. Ayni paytda o'z bankomati va terminal tarmog'ida uchinchi tomon banklarining MasterCard kartalarini ekvayringi (xizmat ko'rsatish) loyihasining birinchi qismi boshlandi.

2018 yil 1-noyabrda Bank tomonidan "Vizadan millionlar" va "UnionPay bilan sayohat qil" yutuqli aksiyalarni boshladi. G'oliblarni aniqlash uchun tasodifiy sonlar generatoridan foydalandi.

2018 yil 1-noyabrda bankomatlar tarmog'ini yaratish loyihasi amalga oshirildi, uning doirasida birinchi bosqichda naqd pulni milliy va xorijiy valyutada beriladigan va valyutani so'mga almashtiradigan 50 ta bankomat o'rnatildi.

Joriy yilning 6 noyabr kuni "Ipak yo'li" banki Jahon banki guruhiga kiruvchi Xalqaro moliya korporatsiyasi bilan kichik va xususiy biznesni kreditlash uchun 15 million AQSh dollari miqdorida kredit shartnomasini imzoladi.

2018 yil 7-dekabr kuni bankomatda PIN-kodni o'zgartirish funktsiyasi paydo bo'ldi, bu mijozlarga xalqaro kartalarga noyob (sevimli) PIN-kodlarini o'rnatishga imkon berdi. Bankomatlar funktsiyalarini kengaytirishning navbatdagi bosqichi milliy valyutadagi kartalardagi naqd pullarni to'ldirish funktsiyasi bo'ldi.

Germaniyaning DEG investitsiya korporatsiyasi Ipak Yo'li bankiga O'zbekistonda xususiy sektorni rivojlantirish uchun kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni moliyalashtirish uchun 3 million yevro ajratdi.

Dekabr oyining boshidan boshlab bankning veb-sayti va bankning barcha filiallarida o'rnatilgan axborot stendlari interaktiv xaritada bankomatlar va bank ofislarini aks ettirish xizmatini joriy etdi, mahsulotlar va tariflar to'g'risidagi barcha ma'lumotlar yangilandi.

Bank xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida 2018 yil 14 dekabrdan boshlab Bank Visa Gold xalqaro kartalarini bepul chiqarish va "Ipak Yuli" xalqaro konversion kartalaridan bankomatlardan mablag'larni olish uchun to'lovni vaqtincha bekor qilish bo'yicha e'lon qildi.

Bank hayotidagi muhim voqea bo'lmish uzoq masofali savdo kanallarini rivojlantirish strategiyasining davomi bo'lgan jismoniy shaxslar uchun yangi mobil ilovaning birinchi chiqarilishi bo'ldi. 2018 yil 19 dekabrdan boshlab bankning turli xil to'lov va bank funktsiyalari bilan to'ldirilgan yangi oddiy mobil ilovani cho'ntagida bank mavjudligini his qilishadi.

UnionPay International "Ipak Yo'li" bankini O'zbekistondagi eng yaxshi emitent bank deb tan oldi.



Download 0,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish