Mustaqil ish
— rejaga bevosita tegishli bolgan shaxslarni rejalashtirish ja-
rayonida ishtirok etishi.
Bularga rioya qilish asoslangan rejani ishlab chiqishning maj-
buriy sharti boladi.
«Rejalashtirish» vazifasi ko‘pincha maqsadni moljallashdan
boshlanadi. Gap shundaki, agar tizimning maqsadlari berilma-
gan, tizimning mohiyati asoslanmagan bolsa, ularni belgilash,
ya’ni maqsadni moljallash muhim vazifa boladi.
Maqsadlar - aniq yakuniy holatlar bolib, u yoki bu subyekt
(tashkilot, jamoa, inson)ning faoliyati unga erishishga qaratiladi.
Maqsadlar tashkiliy munosabatlarni belgilaydi, ularga motivatsi-
ya va nazorat tizimlari asoslanadi.
Maqsadlarning ikkita asosiy turlari mavjud: uzoq va qisqa
muddatli. Odatda bir yil yoki kamroq muddatda
erishiladigan
maqsadlar qisqa muddatli, uch yil yoki ko‘proq muddatda eri-
shiladigan maqsadlar uzoq muddatli deb hisoblanadi. Agar zaru-
rat vujudga kelsa, yana oraliq (o'rtacha muddatli) maqsadlar ham
belgilanadi.
To‘g‘ri shakllangan maqsadlarni qanoatlantirishlari zarur
bolgan bir necha asosiy talablar mavjud. Ular quyidagicha bo li-
shi kerak:
- haqiqiy;
- egiluvchan;
- olchanadigan vaqtga
qaratilgan;
- aniq;
- bir-birlari bilan birga bola oladigan;
- ta’sirning asosiy subyektlari uchun qulay.
Boshqaruv tizimida bir necha o‘zaro boglangan maqsadlar
mavjudligida maqsadlar tizimi (daraxti)ni qurish zarurati vujud-
ga keladi. U maqsadlar iyerarxiyasini, ya’ni umumiylik, ahami-
yatlilik va maqsadga erishishning izchilligi darajasi bo‘yicha joy-
lashgan, bir-biriga bo'ysunuvchi maqsadlarning tartibga solingan
majmuasini qurishdan iboratdir.
Rejalar nima qilish kerakligini ko'rsatuvchi ro‘yxatga ega,
Mustaqil ish
qo'yilgan maqsadlarga erishish uchun zarur
bolgan ishni baja-
rishning izchilligi, resurslar va vaqtni belgilab beradi. Shunga
ko‘ra, rejalashtirish quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
- maqsad va vazifalarni belgilash; •
- maqsadlarga erishish uchun strategiyalar, dastur va rejalarni
ishlab chiqish;
- zarur resurslarni aniqlash va ularni maqsad va vazifalar
bo‘yicha taqsimlash;
- rejalarni bajarishi kerak bolgan, ularni amalga oshirish
uchun javobgar bolgan kishilarga yetkazish.
Umuman rejalashtirish vazifasi zamonaviy tashkilotlarda uch-
ta darajada bajariladi: strategik, taktik, operativ.
Strategik rejalashtirishdan taktik, keyinroq esa operativ (odat-
da bir yillik)
rejalashtirish kelib chiqadi, u yetarlicha batafsil
quriladi. Ushbu rejaga muvofiq tashkilot faoliyatining har bir
yo‘nalishi bo‘yicha faoliyatning hajmi belgilanadi. Ishchi kuchi
va kapital kiritmalarni jalb qilish bo‘yicha rejalar, mahsulot ish-
lab chiqarish rejalari tuziladi. Yillik reja ishlab chiqarish va so-
tish rejalarini chorak va oylar bo‘yicha tafsiloti bilan aniqlab
beradi. Bunda har bir bo'linma har oyda sotish va xarajatlar
bashoratlarini aniqlab oladi va o‘z rejalarini ushbu aniqlashlar
bilan moslashtiradi.
Korxona faoliyatini operativ rejalashtirish ko‘pincha
biznes-reja asosida amalga oshiriiadi. Biznes-rejada
tashkilot
rioya qilishi kerak bolgan vaqt oralig‘i ma’lum bolishi kerak
(odatda bir yil).
Biznes-reja yordamida tadbirkor ma’lum davr ichidagi faoli-
yati natijalarini baholashi mumkin. Bu rejadan yana kelajakda
biznesni olib borish konsepsiyasini ishlab chiqish uchun foydala-
nish mumkin.
Bundan tashqari qarz beruvchilar va sarmoyadorlar biznes-
ga pullarini kiritishdan avval, biznes-reja
bilan tanishishlari dar-
kor. Bunda ular tadbirkorning ishga doir obro‘si, qarzga xiz-
mat ko‘rsatish bo'yicha pul oqimlari, kafolatlarni ta’minlanishi
Mustaqil ish
va shaxsiy sarmoyaning ulushiga e’tibor qaratishlari kerak.
Biznes-rejalar asosan quyidagi bolimlarga ega boladi;
- mahsulot va xizmatlar;
- marketing;
- ishlab chiqarish rejasi;
- boshqaruv va tashkil etish;
- sarmoya va kompaniyaning yuridik shakli;
- moliyaviy reja.
Do'stlaringiz bilan baham: