Mustaqil ish
5.Nazorat
.
Boshqaruv jarayonining nazorat vazifasi qabul qilingan qaror-
larning boshqaruv tizimi haqiqiy holati, haqiqiy erishilgan nati-
jalar va rejalashtirilgan maqsadlarga mosligi darajasini belgilay-
di, chetga chiqishlar va ularning sabablarini aniqlaydi.
Qoidaga ko‘ra, nafaqat «miqdoriy» balki «sifat» ko‘rsatkichlari
ham nazorat qilinadi. Nazoratni quyidagicha tasniflash mumkin:
— nazorat obyektlari bo'yicha;
— ijrochilar bo‘yicha;
— qabul qilinayotgan qarorlar bo‘yicha;
— nazorat obyektidan bundan keyin foydalanish imkoniyati
bo‘yicha;
— munosabatlarning turi bo'yicha;
— ochiqlik alomati bo‘yicha;
— qo‘lami bo‘yicha;
— o‘tqazish uslibiyoti bo‘yicha;
— axborotni olish va ishlab chiqish usuli bo‘yicha;
— undovchi ahamiyatining darajasi bo'yicha;
— bajariladigan operatsiyalarning obyektlari bo‘yicha (bir va-
zifali va ko‘p vazifali);
— xarakteri bo‘yicha (uzluksiz va davriy);
— nazorat qilinayotgan miqdorlarning soni bo'yicha (yagona
yoki bir olchamli, ko‘p yoki ko‘p olchamli);
— obyektlarni nazorat tomonidan qamrab olinishi darajasi
bo‘yicha;
— nazoratning tartibi bo‘yicha;
— nazoratning vaqti bo‘yicha; *
— nazorat operatsiyalari boshqarilishi davriyligi bo‘yicha;
— mexanizatsiyalashish (avtomatlashish) darajasi bo'yicha;
— obyektning yashash davrasi bosqichlari bo‘yicha.
Nazorat yana dastlabki, joriy va xulosaviy bo‘ladi. Birinchisi
ishlarni haqiqiy boshlanishiga qadar o‘tkaziladi, unda standartlar
o‘rnatiladi, yo‘l qo‘yiladigan chetga chiqishlarning ko‘lami belgi-
lanadi va h.k. Xo‘jalik jarayoni bosqichida amalga oshiriladigan
Mustaqil ish
nazorat joriy degan nomga ega. Uning vazifasi xo‘jalik operatsi-
yalari va ishlab chiqarish vazifalari bajarilishidagi kamchiliklarni
operativ aniqlash va o‘z vaqtida ularning oldini olishdir. Yakuniy
nazorat ish bajarilgandan keyin amalga oshiriladi. Bunda olingan
natijalar ko‘zda tutilganlar bilan solishtiriladi.
Nazoratni amalga oshirishda amal qilinishi kerak bolgan
asosiy tamoyillarni ajratish mumkin, bular:
- nazoratning strategik yo‘naltirilganligi;
- nazorat natijalariga yo‘naltirilganligi;
- nazoratning o‘z vaqtidaligi;
- nazoratning egiluvchanligi;
- nazoratning ochiqligi;
- nazoratning samaradorligi.
Nazorat vazifasini bajarishning asosiy qurollari - kuzatish,
faoliyatini har tomondan tekshirish, hisobga olish va tahlil qi-
lishdir. Boshqaruvning umumiy jarayonida nazorat teskari alo-
qaning elementi sifatida boladi, chunki uning malumotlari
bo'yicha oldin qabul qilingan qarorlar, rejalar va hatto me’yor-
lar, normativlarga tuzatishlar kiritish amalga oshiriladi. Samara-
li qo‘yilgan nazorat albatta strategik yo‘nalishga ega bolishi,
natijalarni moljallashi, yetarlicha oddiy bolishi kerak. Keyin-
gi talab ayniqsa hozirgi sharoitlarda muhimdir, chunki hozir
tashkilot o‘z ishini kishilarga ishonch tamoyilida qirishga hara-
kat qilmoqda, bu esa bevosita menejer tomonidan bajariladigan
nazorat vazifalarini ancha qisqartirish zarurligi va imkoniyati-
ga olib keladi. Bunday sharoitda nazorat yumshoqroq va tejam-
li boladi.
Nazoratni amalga oshirish uchun barcha rejalar, dastur va va-
zifalarning bajarilishini hisobga olish talab etiladi. Bunda miq-
dor, sifat, xarajatlar, ijrochilar va muddatlar parametrlari bolishi
mumkin. Resurslarning sarñanishini tovarlarning barcha turlari,
yashash davri bosqichlari va bolinmalari bo‘yicha hisobga olish
maqsadga muvofiqdir.
Hisobga olishga quyidagi talablar qo‘yiladi:
Mustaqil ish
- ma’lumotlarning toliqligi, ya’ni hisobni boshqaruv tizimi-
ning barcha elementlari bo‘yicha olib borish;
- dinamiklik, ko‘rsatkichlarni dinamikada aks ettirish;
- tizimiylilik;
- soddalik;
- kompyuter texnikasi asosida avtomatlaslitirilganlik;
- iqtisodiylik;
- vorislik.
Boshqaruv tizimini faoliyat yuritishi ustidan muntazam va si-
fatli hisobga olish va nazoratni amalga oshirilishi uning yuqori
samaradorligining muhim sharti boladi.
Tashqi muhit bilan murakkab o‘zaro munosabatlarga ega
zamonaviy tashkilotlar boshqaruv jarayonida mavjud ko‘rib chi-
qilgan umumiy vazifalardan farqliroq bir qator maxsus vazifalarni
amalga oshiradi: marketing, ishlab chiqarish, moliya, xodimlar,
inno vatsiyalar va boshqalarni boshqarish. Bu vazifalarning har
birini korxonani boshqarish bo‘yicha ishning ma’lum turi sifa-
tida ko‘rib chiqish mumkin. Bu ishning boshqaruvda mehnatni
taqsimlash jarayonida ajralib chiqadigan, obyektiv xarakterga ega,
nisbatan mustaqil uchastkalaridir.
Mustaqil ish
Do'stlaringiz bilan baham: |