1.4 Fanning ishlab chiqarishdagi o’rni.
Hozirgi davrda ishlab chiqarishda keng qo’llanilayotgan axborot – kommunikatsion tizimlari dasturiy ta’minoti dasturlash tillari asosida yaratilmoqda. Shuning uchun ushbu fan ixtisoslik fani hisoblanib, ishlab chiqarish texnologik tizimining ajralmas bo’g’inidir.
1.5 Fanni o’qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar
Talabalarning «Malakaviy amaliyot» da o’qitishning ilg’or va zamonaviy usullaridan foydalanish, yangi axborot va pedagogik texnologiyalarni tadbiq qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Fanni o’zlashtirishda darslik, o’quv va uslubiy qo’llanmalari, ma’ruzalar matnlarining elektron versiyalaridan, tarqatma materiallaridan, ma’lumotlarning elektron bazasidan, kompyuterlardan, elektron taqdimotlardan foydalaniladi. Ma’ruza va amaliy mashg’ulotlarda ham mos ravishdagi ilg’or pedagogik texnologiyalardan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |