Aukuba, oltin daraxt
(Qizillar oilasi). Vatani— Yaponiya. Tupi ancha katta
bo’ladigan doimo yashil chiroyli buta. Barglari yirik, terisimon, yaltiroq,
tuxumsimon shaklda, chetlari tishli. Ba’zi tur xillarining barglarida tillarang-sariq
dog’lari bo’ladi; bir muncha yorug’ xonada ola-bula tusi quyuqlashadi. Bu o’simlik
ba’zan mayda-mayda gullar chiqaradi. Aukuba salqin xonada saqlashni, qishda
ozroq, o’sish davrida mo’l-ko’l sug’orib turishni talab qiladi. Barglari ola-bula
bo’lmaydigan tuplari yorug’lik tanqisligiga yaxshi bardosh beradi. O’simlikni 3—4
yilda bir marta gil-chim tuproq bilan qum aralashmasiga ko’chirib olib o’tqazib
turiladi. Ko’klam boshlarida o’simliklar ke-sib qo’yiladi. Aukuba bahorda o’simlikni
kesishda poyasining uchlaridan olinadigan qalamchalardan ko’paytiriladi. Yozda bu
o’simlik sal soya qilib qo’yilgan ochiq havoda yaxshi o’sadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |