19
Maktabgacha ta’lim muassasasi ―Ilk qadam‖ Davlat o’quv dasturiga asosan har
bir
bola uchun uning qobiliyati, imkoniyati, ruhiy va jismoniy holatlarini e’tiborga
olgan holda zarur sharoitlarni yaratishga intilishi, har bir bola shaxsining betakrorligi
va noyobligini hisobga olgan holda uning shaxsiy qiziqishlari va ehtiyojlarini qo’llab-
quvvatlash, bolalarga pedagoglarning ta’lim-tarbiya jarayonida individual
yondashuvini amalga oshirish imkonini beradi.
«Bilish jarayonini rivojlantirish» sohasidagi o’quv-tarbiyaviy faoliyat ―Ilk qadam‖
Davlat o’quv dasturida berilgan yillik mavzuviy reja asosida oy mavzulari va hafta
mavzulariga asoslanib ―Ilm-fan va tabiat‖ nomli
faollik markazida va kun
davomidagi turli faoliyatlarda olib boriladi.
Oy mavzulari ichidagi hafta mavzulari bo’yicha quyidagi rivojlantirish markazlari
ishi tashkil etiladi:
1. ―Til va nutq‖ markazi.
2. ―Qurish-yasash, konstruktsiyalash va matematika‖ markazi
3.―San’at‖ markazi
4.―Ilm –fan va tabiat‖markazi
5.―Syujetli –rolli o’yinlar va drammalashtirish‖ markazi
Asosan ―Ilm-fan va tabiat‖ nomli faollik markazida tabiat bilan tanishtirish bo’yicha
haftalik mavzular yuzasidan ta’lim-tarbiyaviy jarayonlar olib boriladi. SHuningdek,
tarbiyachi boshqa markaz faoliyatlarida ham, kun tarkibining boshqa qismlarida ham
bolalarning tabiat haqidagi o’z fikrlarini izchil bayon qilish va xulosalar chiqarish,
atrof-olam xaqidagi o’z kuzatishlarini bayon qilishlarida
ham bolalarning
tushunchalari, bilimlariga e’tibor beradi va uni rivojlantirishga harakat qiladi.
Markazdagi faoliyat qiziqarli bo’lishi, qo’yilgan maqsad va vazifalarni hal
etishi, ta’limiy materiallar va o’yin anjomlari guruh bolalarining yoshiga mos, xavfsiz
va ularda qiziqish paydo qilishi lozim.
Markazdagi vazifa va topshiriqlar bolalarga tushunarli bo’lishi kerak. Har bir
markaz haftaning boshida tayyorlanadi va jihozlanadi.
Markaz ishi davomida tarbiyachi bolalar egallayotgan bilim, malaka,
ko’nikmasini
kuzatadi, tavsiya etilgan materiallarning bolalar uchun qanchalik
qiziqarli, tushunarli va osonligiga e’tibor qaratadi. Agar kerak bo’lsa, tarbiyachi
ta’limiy materiallarni to’ldiradi yoki o’zgartiradi. Kuzatuv natijalari asosida
tarbiyachi tabiat bilan tanishtirish yuzasidan bola va uning
ota-onalari bilan yakka
tartibda ishlashni rejalashtiradi.
Har hafta oxirida tarbiyachi bolalarning tabiat bilan tanishtirish yuzasidan olib
borilgan faoliyatni tahlil qiladi, bolalar nimalarni bilib olganini, nimani bilishni
hoxlashlarini o’rganadi, har bir bolaning
qiziqishi va ehtiyojini, kattalar va
tengdoshlari bilan o’zoro muloqatini kuzatadi, xulosalaydi. SHu bilan birga
materiallar qay darajada qiziqarli
va savodli tayyorlanganligi, qo’yilgan maqsadga
erishildimi yoki yo’qmiligi chuqur tahlil etiladi. SHundan so’ng keyingi haftaga
tayyorgarlik ko’riladi.
SHunday qilib, rivojlantirish markazlarida to’g’ri tashkil etilgan ish har bir
bolaga o’zi yoqtirgan faoliyat bilan mashg’ul bo’lishga, o’z
kuchi va qobiliyatini
sinab ko’rishga, kattalar va tengdoshlari bilan birgalikda faoliyat yuritishga, turli
20
tajribalar o’tkazish va taxlil qilishga imkon beradi, aynan
shular rivojlantiruvchi
ta’lim negizini tashkil etadi.
Tarbiyachi rahbarligida o’tadigan amaliy mashg’ulotlar, tajribalar orqali bolalarda
O’zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga
qo’yiladigan Davlat talablariga va ―Ilk qadam‖ Davlat o’quv dasturida yillik
mavzuviy reja mazmuniga muvofiq bilimlar shakllanadi, asosiy bilish jarayonlari va
bolalarning qobiliyatlari ma’lum bir tartibda rivojlantiriladi.
Tarbiyachi amaliy mashg’ulotlarda rasmlarni ko’rish, badiiy asarlarni o’qish,
hikoya, diafilьm va kinofilьmlarni ko’rsatish, tabiatdagi mehnatdan foydalanadi.
Bolalar egallagan bilim, malaka, ko’nikmalarini mehnat va o’yinlarda
amalda
qo’llaydilar.
Mashg’ulotlar kichik guruhda bir oyda 2 marta, o’rta, katta, maktabga tayyorlov
guruhlarda esa haftada 1 martadan o’tkaziladi. Ekskursiyalar o’rta guruhdan boshlab
tashkil etiladi. Barcha guruhlarda qo’shimcha sifatida maqsadli sayrlar o’tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: