Malakasini oshirish instituti tabiat bilan tanishtirish



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/139
Sana04.02.2022
Hajmi2,35 Mb.
#431678
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   139
Bog'liq
Tabiat bilan tanish oquv qollanma

5.
 
Tabiat bilan tanishtirishning og’zaki uslubi. 
 
Suhbat 
 
Didaktik vazifalardan kelib chiqqan holda suhbat ikki turga — oldindan 
o’tkaziladigan suhbatlar va yakuniy suhbatlarga bo’linadi. Oldindan o’tkaziladigan 
suhbatlarni tarbiyachi kuzatishlar, ekskursiyalardan oldin qo’llaydi. Bunday 
suhbatning maqsadi bo’lajak kuzatishlar bilan mavjud bilimlar o’rtasida aloqa 
o’rnatishdir. 
Yakuniy suhbat o’rganilgan faktlarni tizimlashtirish, mustahkamlash va 
aniqlashga yo’llanadi. Bu suhbatlar mazmunan turli darajada bo’lishi mumkin: ba’zi 
kuzatiladigan ob’ektlarning tor do’lrasini (masalan, issiq o’lkalarga uchib ketuvchi 
qushlar haqida, yovvoyi hayvonlarning o’rmonda qishlashi va shu kabilar), 
boshqalari hodisalarning keng do’lrasini (masalan, mavsumlar haqida suhbatlar) 
qamrab olishi mumkin. 
Suhbat — bu bolalar bilan o’tkazilgan mashg’ulotning yakunidir. Uning samaraliligi 
bolalarning tayyorgarliklariga bog’liqdir. SHuning uchun tarbiyachi bolalarni 
kuzatishlar, mehnat faoliyati, o’yinlar, tabiat haqidagi hikoyalar orqali suhbatga 
tayyorlashi lozim. Bolalarda nima haqida konkret tasavvur bo’lsa, faqat shu mavzu 
yuzasidan suhbat o’tkazish maqsadga muvofiqdir. 
Tarbiyachi suhbatning didaktik maqsadini aniq tasavvur qilishi ya’ni, uning 
mazmunini aniqlashi, umumlashtirishi hamda muhim tomonlarini ajratib, suhbat 
yakunida aniq bir xulosa chiqara olishi lozim. 
Suhbat hodisa, faktlarni analiz qilishdan, ularning xususiyatlari, belgilari, 
o’rtasidagi muhim aloqa hamda munosabatlarni ta’kidlashdan boshlanadi. Bunday 
analiz umumlashtirishga o’tishni ta’minlaydi, tarqoq faktlarni bir tizimga soladi. 
Masalan: «Qaysi qushlar birinchi bo’lib uchib keladi? Qora qarg’ani qanday tanib 
oldik? Biz ularni qaerda ko’rganmiz? Qora qarg’alar dalada nima qilayotgan edi? 
Qora qarg’alar nima yeydi?» So’ng keyingi savol beriladi: «Nima uchun qora 
qarg’alar boshqa qushlardan oldin uchib keladi?» (chug’urchuq, qaldirg’och va shu 
kabi boshqa qushlar haqida ham shunday savollar beriladi). 
Suhbatning ikkinchi qismida «Nima uchun hamma qushlar bir vaqtda uchib 


18 
kelmaydi?» kabi umumlashtiruvchi savolni berish mumkin. 
Ular mazmunan aniq, to’g’ri, qisqa bo’lishi kerak. Har bir savolda bitta fikr 
bo’lishi shart. Qisqa «ha» yoki «yo’q» javoblarini talab qiluvchi savollarni berib 
bo’lmaydi. Bunday savollar tafakkurning o’sishini, munosabatlarning aniqlanishini 
ta’minlamaydi. Tarbiyachi suhbat davomida bolalarning xulosa, umumlashtirishlarni 
o’zlari mustaqil chiqarishlariga g’amxo’rlik qiladi. 
Suhbatda xilma-xil ko’rgazmali materiallardan ham foydalanish zarur. Bular 
tabiat jismlari, ob-havo kalendarlari, gerbariylar, illyustratsiyalardir. Bundan tashqari 
topishmoqlar, she’rlar, qushlar ovozining yozuvlari foydalidir. Bu bolalarda 
muhokama qilinayotgan hikoyaga nisbatan emotsional munosabat uyg’otadi. 
Suhbat bolalarni tabiat bilan tanishtirish uslubi sifatida, o’rta va maktabgacha 
katta yoshda qo’llaniladi. O’rta guruhda suhbat, asosan, hodisalarni eslatishga, katta 
va maktabga tayyorlov guruhlarida esa mavjud bilimlarni umumlashtirish va bir 
tizimga solishga yo’naltiriladi. 

Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   139




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish