Malakasini oshirish instituti tabiat bilan tanishtirish


Didaktik o’yin-mashg’ulotlar



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/139
Sana04.02.2022
Hajmi2,35 Mb.
#431678
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   139
Bog'liq
Tabiat bilan tanish oquv qollanma

Didaktik o’yin-mashg’ulotlar
«Ajoyib qopcha», «Gul magazini» kabi 
o’yinlarni o’z ichiga oladi. Ular ma’lum mazmunga ega bo’lib, o’yin-mashg’ulotlarga 
qiziqarlilik kiritadi. Bunda o’qitish o’yin qo’ldalari, harakatlari orqali bevosita olib 
boriladi. O’yin-mashg’ulotlardan kichik va o’rta guruhlarda foydalaniladi, katta 
guruhlarda esa ular mashg’ulotning bir qismini tashkil etadi. 
Harakatli 
o’yinlar.
Tabiatshunoslik 
xarakteridagi 
harakatli 
o’yinlar 
hayvonlarning xatti-harakati, ularning hayot tarziga taqlid qilish bilan bog’liq bo’lib, 
ba’zilarida jonsiz tabiat hodisalarini aks ettiradi. Bu «Ona tovuq va jo’jalar», 
«Mushuk va sichqonlar», «Quyosh va yomg’ir» va shu kabi o’yinlardir. 
Ijodiy o’yinlar
. O’yinda bolalar mashg’ulot, ekskursiya, kundalik hayot 
jarayonida olingan taassurotlarni aks ettiradilar (parrandachilik fabrikasi, issiqxona va 
shu kabilardagi ishlar), ular haqidagi bilimlarni egallaydilar, bunda ularda mehnatga 
ijodiy munosabat shakllanib, kattalarning tabiatdagi mehnatlarining ahamiyatini 


15 
anglab oladilar. 
Ijodiy o’yinlarning mustaqillik xarakteri tarbiyachiga bolalarni yangi bilim, 
malaka va ko’nikmalardan o’rgatish metodi sifatida foydalanish imkonini bermaydi. 
Biroq bunda tarbiyachi bolalar qaysi bilimlarni yetarlicha egallaganlar-u, qaysilarini 
yana kengaytirish lozimligini bilib olish uchun ijodiy o’yinlarni diqqat bilan kuzatib 
borishi lozim. Tarbiyachi tabiatshunoslik mazmunidagi ijodiy syujetli, rolli o’yinlarni 
boyitib, ekskursiyalar, sayrlar vaqtida bolalarni kattalarning mehnati haqidagi 
bilimlarini kengaytiradi, diafilьmlar ko’rsatadi, kitoblar o’qib beradi. 
O’yinni rivojlantirishda qishloq mehnatkashlari — sut sog’uvchi, bog’bonlar 
haqidagi hikoyalar bolalarga alohida ta’sir ko’rsatadi, shu bilan birga ularda kattalar 
mehnatiga nisbatan qiziqish uyg’otib o’yin mazmunini boyitadi. Tabiatshunoslik 
mazmunidagi ijodiy o’yinlarni avj oldirish uchun sharoit yaratish ya’ni zarur 
o’yinchoqlar — qishloq xo’jalik mashinalari, hayvonlar va shu kabilar bilan 
ta’minlash darkor. 
Ijodiy o’yin turlaridan biri tabiiy materiallar — qum, qor, loy, mayda 
toshchalar, so’ta va shu kabilar bilan o’ynaladigan o’yinlardir. Materiallar yordamida 
bolalar ijod qilar ekan, ularning xususiyatlari va sifatlarini bilib oladilar. Har bir yosh 
guruhda yilning fasliga mos tabiiy material bilan o’ynash uchun sharoit yaratiladi. 
Bular qum maydonchalari hamda qum stollari, qum va qor bilan o’ynash uchun shakl 
to’plamlari, odamlar va hayvonlarning rezinkadan yasalgan figuralari, uy, 
daraxtlarning fanerdan yasalgan siluetlari, butalar, shoxchalar, chakamug, metall 
karkaslar bo’lib, bular yordamida figuralar yasaladi. Tarbiyachi bolalarga o’yin 
uchun tabiiy materiallarni tanlashda va ulardan foydalanishda yordam beradi hamda 
foydalanish usullarini ko’rsatadi. 

Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   139




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish