Malakani himoya qilish ishi



Download 0,85 Mb.
bet22/27
Sana14.06.2022
Hajmi0,85 Mb.
#670877
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
Bog'liq
Davlat g\'azna haqida bitiruv malakaviy ishi

O‘zbekiston Respublikasi davlat budjetining xarajatlar tizimi21
2.7-jadval



Ko‘rsatkichlar

2012 yil

2013 yil

2014 yil (prognoz)

Mln. so‘m

Jamiga nisbatan (%)

Mln. so‘m

Jamiga nisbatan (%)

Mln. so‘m

Jamiga nisbatan (%)

I

Davlat maqsadli jamg‘armalarsiz xarajatlar-jami

21571700,0

64,0

26312400,0

63,2

31582300,0

62.5

1.

Ijtimoiy sohalar va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash uchun xarajatlar jami . Sh.j:

12513200,0

37,0

15573500,0

37,4

18783400,0

37.2

1.1

Maorif

7223700,0

22,0

8984600,0

21,6

10765900,0

21.3

1.2

Sog‘liqni saqlash

2820300,0

8,4

3768600,0

9,0

4495300,0

8.9

1.3

Madaniyat va sport

226900,0

0,7

279100,0

0,7

334600,0

0.7

1.4

Fan

140400,0

0,4

173100,0

0,4

199200,0

0.4

1.5

Ijtimoiy ta’minot

93800,0

0,3

107300,0

0,3

125900,0

0.2

1.7

Oilalarga ijtimoiy nafaqalar, shu jumladan bolali oilalar

1899000,0

5,7

1839900,0

4,4

2047000,0

4.0

1,8

Qishloq joylarida individual uy joylarni qurish Dasturini o‘z-o‘zini moliyalashtirish kredit liniyalari

-

-

374700,0

0.9

760000,0

1.5

1.9

Oliy o‘quv yurtlarini moddiy-texnik bazasini rivojlantirish fondi

70000

0,1

175000,0




215000,0

0.4

2.

MNJ, MPJ va fuqarolar jamiyatlari institutlarini rivojlantirish mablag‘lari va grantlari

6000,0

0,02

7000,0

0,02

8200,0

0.02

3.

Iqtisodiyot xarajatlari

2372000,0

7,1

2791900,0

6,7

3385300,

6.7

4.

Markazlashtirilgan investitsiyalarni moliyalashtirish xarajatlari

1059300,0

3,2

1300000,0

3,1

1500000,0

3.0

5.

Davlat xokimiyati, boshqaruv va sud organlarini saqlash xarajatlari

629200,0

1,9

825900,0

2,0

1000800,0

2.0

6.

Fuqarolarni o‘z-o‘zini boshqarish organlarini saqlash xarajatlari

191700,0

0,6

287300,0

0,7

343700,0

0.7

7.

Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasi

70900,0

0,2

85000,0

0,2

91000,0

0.2

8.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Umum.mak., kasb-hunar kol.i, ak.lits. va tib muas. rek. qilish, muk. ta’m. va jih.jamg‘armasiga o‘tkaziladigan mablag‘lar

264000,0

0,8

311500,0

0,7

407400,0

0.8

9

Boshqa xarajatlar

4465400,0

13,3

5441800,0

13,1

6469900,0

12.8

II.

Davlat maqsadli jamg‘armalarining (Pensiya jamg‘armasi, Respublika yo‘l jamg‘armasi, Ish bilan ta’minlashga ko‘maklashuvchi jamg‘arma, Davlat mulk qo‘mitasining mahsus raqami) xarajatlari

10499800,0

31,3

13571900,0

32,6

16720700,0

33.1

III

Moliya vazirligi xuzuridagi budjetdan tashqari maktab ta’limi jamg‘armasining xarajatlari

-

-

-

-

-

-

IV

Moliya vazirligi xuzuridagi sug‘oriladigan erlarni meliorativ yaxshilash jamg‘armasining xarajatlari

210000,0

0,6

227500,0

0,5

272100,0

0.5

V.

O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirish va taraqqiyot jamg‘armasining xarajatlari

1496800,0

4,5

1541100,0

3,7

1984200,0

3.9




Jami xarajatlar

33570400,0

100,0

41652900,0

100,0

50559300,0

100,0


21 O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ma’lumotlari asosida tayyorlandi



    • yuridik shaxslarga budjet ssudalari va kredit liniyalari hamda chet davlatlarga kreditlar belgilangan tartibda ajratilishi mumkin.

2.8-jadval ma’lumotlaridan ko‘rish mumkinki, ya’ni davlat budjeti xarajatlari tizimida davlat budjetining ijtimoiy sohalar uchun qiladigan xarajatlari tizimi eng yuqori ulushga ega bo‘lib, ular 2012 yilda jami jamlangan davlat budjeti xarajatlarining 37,0 % ni, 2013 yilda 37,4%ni tashkil etgan va 2014 yilda 37,2 % ni tashkil etishi rejalashtirilgan.O‘zbekiston Respublikasi davlat budjeti xarajatlarining boshqa davlatlarga nisbatan alohida xususiyati uning ijtimoiy yo‘naltirilganligidadir. Jadval ma’lumotlarida ham buni ko‘rishimiz mumkinki, ya’ni oxirgi yillarda davlat budjetidan ijtimoiy sohalarni rivojlanishi va aholi turmush farovonligini oshirishga qaratilgan mablag‘lar sarfi xajmi o‘sib borayapti. Budjetning bu turkum xarajatlari nafaqat ijtimoiy, balki iqtisodiy ahamiyatga ega. Ular mamlakat fuqarolarining O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bilan kafolatlangan ijtimoiy xuquqlarini amalga oshirishning moliyaviy bazasi bo‘lib xizmat qiladi va o‘z navbatida, ijtimoiy ishlab chiqarishga bilvosita ta’sir ko‘rsatib, mehnat resurslarining sifat tarkibini yaxshilash, fan yutuqlaridan foydalanish asosida mehnat unumdorligini oshirish uchun shart-sharoit yaratish, fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirish vazifalarini bajaradi. Ijtimoiy-madaniy sohalarda olib borilayotgan iqtisodiy o‘zgarishlar, bu sohalarni moliyaviy ta’minlashni takomillashtirish muvaffaqiyati ko‘p jihatidan ijtimoiy kafolatlar qanday hal etilishiga bog‘liq bo‘ladi. Chunonchi, ijtimoiy- madaniy sohalarning umumjamoatchilik maqomi uning ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati va ijtimoiy takror ishlab chiqarish tizimidagi roli bilan bog‘liq holda qayta ko‘rib chiqiladi, bu sohalar xodimlari mehnati xususiyatining iqtisodiy baholanishi belgilab olinadi. Ijtimoiy-madaniy muassasalar faoliyatining natijalarini baholashga yangicha yondoshuvlar ishlab chiqiladi. Qo‘yilgan vazifaning hal etilishigina ijtimoiy muammolarni hal etish, moliyaviy ta’minlash manbalarini belgilab olish, shuningdek, ijtimoiy-madaniy sohalarga davlat tomonidan ajratilayotgan moliyaviy zahiralar miqdorini ilmiy asoslab berish imkonini yaratadi.
  1. BOB. IQTISODIYOTNI MODERNIZATSIYALASH SHAROITIDA DAVLAT BUDJETI GAZNA IJROSI TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI


Respublikamizda budjet ijrosini belgilangan parametrlar doirasida amalga oshirish, budjetdan mablag‘ bilan ta’minlashni takomillashtirish hamda mablag‘lardan maqsadli va samarali foydalanish, budjet intizomini ta’minlash budjet tizimi oldida turgan muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Budjet jarayonlarida, jumladan, budjet ijrosini qat’iy ta’minlashda budjetdan birinchi darajali ustuvor ijtimoiy xarajatlarni moliyalashtirish va boshqa olib borilayotgan ishlar bilan bir qatorda yechimini kutayotgan muammolar ham mavjud.
O‘zbekiston Respublikasida G‘aznachilik tizimi joriy etilgandan so‘ng, uning yanada samarali faoliyat yuritishi uchun tizimdagi mavjud muammolar, kamchiliklarni bartaraf etish, g‘aznachilik tizimining xorijiy tajribalaridan keng foydalangan holda, yanada takomillashtirish, rivojlantirish zarur bo‘ladi.
Respublikamizda G‘aznachilik tizimiga o‘tilib boshlaganda, bir qator rivojlangan mamlakatlarning tajribalaridan va ko‘plab iqtisodchi olimlarning g‘aznachilik tizimiga oid bilim va ko‘nikmalaridan keng foydalanilib kelinmoqda.
Respublikamiz moliya tizimining hozirgi sharoitida g‘aznachilik tizimining samarali faoliyat yuritishi uchun to‘sqinlik qilayotgan quyidagi muammo va kamchiliklarni keltirishimiz mumkin:

  • Respublikamizda G‘aznachilik tizimining samarali faoliyat yuritishi uchun me’yoriy–huquqiy asoslarning yetarli darajada emasligi va mavjud hujjatlarda ham kamchiliklar borligi;

  • O‘zbek iqtisodchi olimlarining g‘aznachilik tizimiga oid ilmiy

izlanishlarining, kitoblarining kamligi;

  • Respublika g‘aznachilik organlarida g‘aznachilik yo‘nalishi bo‘yicha

  • ta’lim olgan mutaxassislarning kamligi, ishlab kelayotgan xodimlarning g‘aznachilik bo‘yicha tajribalari yetishmasligi va yetarlicha bilim ko‘nikmasiga ega emasligi;

  • Respublika budjet tashkilotlarining hisobchi xodimlariga ushbu tizimning

  • yangiligi va kerakli darajada tizim bilan tanish emasligi;

  • Respublikaning barcha hududlarida zamonaviy axborot texnolo-giyalari, aloqa tizimlaridan foydalanishning etarli darajada tashkil etilmaganligi va boshqa bir qator muammolarni keltirishimiz mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi G‘aznachilik tizimining samarali faoliyati uchun uning mukammal me’yoriy–huquqiy asoslarini yaratish va mavjudlarini yanada mustahkamlash zarur bo‘ladi. Bu yo‘lda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining Budjet kodeksi budjet tizimining samarali faoliyat yuritishi uchun juda katta xizmat qilishi aniq. G‘aznachilik tizimiga oid huquqiy hujjatlarning yagona, izchil tarzda amal qilishi nafaqat moliya, g‘aznachilik organlari xodimlarining shu o‘rinda budjet tashkilotlari hisobchi xodimlarining tezkor, samarali va bexato faoliyat yuritishlari uchun zamin yaratadi.
G‘aznachilik tizimining jahon tajribasini o‘rganib, ularni tahlil qilgan holda, o‘sha davlatlar yo‘l qo‘ygan xato va kamchiliklarni o‘z g‘aznachilik tizimimizda imkoniyat darajasida bartaraf etish zarur hisoblanadi. G‘aznachilik tizimi tashkil etilgan ilk yillardan boshlab, maxsus ishlab chiqilgan dasturlar orqali Davlat budjeti g‘azna ijrosi mukammallashtirib borilmoqda. Bunda rivojlangan davlatlar g‘aznachilik tizimining afzallik tomonlari asos bo‘lib xizmat qilmoqda. G‘aznachilikda budjet tashkilotlarini moliyalashtirish mexanizmiga bog‘liq mahalliy budjet xarajatlarini optimallashtirish imkoniyatlarini to‘xtatib turuvchi quyidagi omillarni ko‘rsatib o‘tish lozim:

    • turli darajadagi budjetlarda tashkilotlarni moliyalashtirishda budjet mablag‘lari bilan bir qatorda, budjetdan tashqari manbalardan to‘liq foydalanilmay qolmoqda;

    • Mablag‘ga haqiqiy talabni belgilovchi budjet xarajatlari rejasini tuzishda uslubiy bazaning ishlab chiqilganligiga qaramasdan, cheklangan budjet mablag‘laridan samarasiz foydalanish holatlari uchramoqda.

O‘zbekiston Respublikasida G‘aznachilik tizimini joriy etishning asosiy sabablaridan biri, bu dastlabki va joriy nazoratni amalga oshirgan holda, budjet mablag‘laridan samarali foydalanishni ta’minlash hisoblanadi. Bunda esa oldingi tizimda yo‘l qo‘yilgan xatolarni takrorlamasdan nazoratni amalga oshirish zarur bo‘ladi.
Hozirgi kunda davlat xaridlarini amalga oshirish jarayonida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini rolini yanada oshirish va ularni jalb etishga alohida e’tibor berish lozim. Chunki kichik biznes sub’ektlari davlat xaridlarini amalga oshirishda raqobatni vujudga keltiradi va qulay narxlarda xarid amalga oshiriladi. Shuningdek, davlat xaridlarini amalga oshirishda birjalar faoliyatidan kengroq foydalanish, tender savdolarini elektron tarzda amalga oshirishni yanada tezlashtirish zarur hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi G‘aznachilik organlari xodimlarini muntazam ravishda maxsus tashkil etilgan o‘quv markazlarida o‘qitib malakasini oshirish, Davlat budjeti g‘azna ijrosining samaradorligi va tezkorligini oshirish mumkin. Bunga qo‘shimcha tarzda budjet tashkilotlarining hisobchi xodimlarini kiritilayotgan o‘zgarishlar bilan muntazam tanishtirib borish ham g‘aznachi-lik xodimlari va budjet tashkiloti xodimlarining o‘zaro munosabatlarda muammolar kelib chiqishining oldini oladi.
O‘zbekiston Respublikasi G‘aznachilik tizimida mavjud muammolarni bartaraf etishda rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlar g‘aznachilik tizimida qo‘llanilayotganchora-tadbirlarni tatbiq etilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi.
G‘aznachilik tizimi – yosh moliyaviy struktura bo‘lishiga qaramasdan uning rivojlanish darajasi juda yuqori. Davlat budjetini boshqarishda g‘aznachilik organlari zimmasiga yuklatilgan vazifalar va funksiyalar yildan yilga takomillashib boradi.
G‘aznachilik instituti budjet daromadlari va xarajatlarini to‘g‘ri rejlashtirish hamda ijro qilish imkonini beradi. Eng asosiysi, kelgusi yil loyihasini tayyorlash uchun prognoz ma’lumotlarini shakllantirilishida xizmat qiladi. Davlat budjeti daromadlari va xarajatlarining barqarorligi mamlakatimizda hududlarda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning muvafaqqiyatini belgilab berishda davlat budjeti g‘azna ijrosi muhim ahamiyatga ega.
Davlat budjetining ijrosida ko‘pgina o‘zgarishlar amalga oshirildi. Respublika-mizda 2010-2014 yillarda quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha rivojlanish kuzatildi:

  • davlat budjeti daromadlari hisobi va ularni budjet tizimi bo‘g‘inlarida

tartibga solish;

  • mahalliy soliqlar va yig‘imlar, respublika soliqli va soliqsiz daromadlari

hisobi;

  • davlat va mahalliy budjetlarning kassa ijrosi;

  • quyi budjetlarni moliyalashtirishning pog‘onali moliyalashtirilishiga chek qo‘yildi;

  • budjet mablag‘laridan maqsadli foydalanish ustidan nazorat kuchaytirildi;

  • mahalliy budjet ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni tayyorlash muddati

qisqartirildi va sifati yanada yaxshilandi.
Davlat budjeti g‘azna ijrosini boshqarish sohasidagi dolzarb muammolarni hal etish zarur bo‘lganda, g‘aznachilik organlarining faoliyati Davlat budjeti islohotlarida o‘zining ijobiy tomonlarini ko‘rsatmoqda.
Davlat budjeti kassa ijrosini amalga oshirish bo‘yicha belgilangan tartibni to‘g‘ri amalga oshirilishini nazorat qilishga qaratilgan “Ichki nazorat” xizmatini rivojlantirish va takomillashtirish budjet mablag‘laridan foydalanish samaradorligini sezilarli darajada oshiradi. Bu borada g‘aznachilik organlarida tashkil etilgan ichki nazorat bo‘limlarining moddiy-texnik bazasini barcha pog‘onalarda mustahkamlash, uni malakali kadrlar bilan ta’minlash kabi keng
ko‘lamli ishlarni amalga oshirish muhim ahamiyat kasb etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining davlat moliyasini boshqarishni isloh qilish strategiyasiga ko‘ra, Moli vazirligi G‘aznachiligida ichki nazorat tizimini rivojlantirish konseptsiyasiga muvofiq Davlat moliyasini boshqarish tizimi ustidan nazoratni takomillashtirish pirovard maqsad qilib belgilandi. Hozirgi kunda budjet intizomiga rioya qilish, moliyaviy nazoratning rolini oshirish masalasi nazariy jihatdan ham, amaliy jihatdan ham avvalo, umumjamiyat manfaatlari nuqtai-nazaridan namoyon bo‘lmoqda. Budjet intizomiga rioya etilishi, shu jumladan, g‘azna ijrosidagi ichki nazorat aksariyat rivojlangan davlatlarda samarali tarzda amalga oshirilmoqda.
Davlat budjetining g‘azna ijrosi jarayonida ichki nazorat boshqarmalarida va bo‘linmalarida amalga oshirilayotgan g‘aznachilik operatsiyalari va umuman faoliyat jarayonida yuzaga kelgan har qanday ko‘rinishdagi risk, o‘rnatilgan tartibga nomuvofiq bo‘lgan xato va kamchiliklar yomon oqibatlarga olib kelmasdan avval operativ aniqlangan taqdirda samarali hisoblanadi. Jahon standartlariga muvofiq davlat moliyasini boshqarish sohasida tashkil etilgan ichki nazorat va audit rivojlangan
jamiyatga erishishning zarur quroli deb baholanmoqda.
Markazlashgan budjet mablag‘laridan belgilangan maqsadda ishlatilishini nazorat qilish, mahalliy budjetlarni bajarilishida investitsiya va kapital qo‘yilmalarga yo‘nal-tirilgan xarajatlar ustidan nazorat qilish tartibini mukammallashtirish lozim. Shuning-dek, ijtimoiy-madaniy tadbirlarga ajratilgan budjet mablag‘laridan foydalanish, dastur asosida aniq ro‘yxatli bo‘lishini, budjetdan mablag‘ oluvchilarni moliyalashtirish mexanizmini soddalashtirish, budjet mablag‘laridan foydalanish hisobini yuritishda kuchli moliyaviy nazoratini ta’minlashni taqozo etadi.
O‘zbekiston Respublikasi G‘aznachilik tizimini yanada takomillashtirishning yana bir muhim masalalaridan biri bu davlat xaridlar tizimi hisoblanadi. Davlat xaridini boshqarish tizimini takomillashtirish uchun quyidagi elementlardan foydalanish samarali yo‘nalish hisoblanadi:

  • davlat xaridi siyosatini davlatning iqtisodiy siyosati maqsadlariga muvofiqlashtirish;

  • davlat xaridi sohasidagi amalga oshirilayotgan siyosatni monitoring va baholashni tatbiq etish.

Davlat xaridlar tizimini takomillashtirishni muhim strategik masalalaridan biri – davlat xaridini rejalashtirishni qisqartirishdir. Davlat xaridi faoliyatini rejalashtirish-ning tamoyili budjet mablag‘larining ishlatilishi samaradorligini va tejamkorligini oshirish deb baholanishi kerak.
Respublikamizda kelgusida g‘aznachilik tizimi faoliyatini yanada takomil- lashtirish uchun doimiy g‘aznachilikning Yagona g‘azna hisobvarag‘i monitoringini o‘tkazish kerak.
Hozirgi kunda budjet amaliyotida g‘aznachilik takomillashtirish va davlatning moliyaviy resurslarini samarali boshqarish uchun Davlat budjeti mab-lag‘larini prognozlashtirish va kassali rejalashtirishni takomillashtirish bilan birga, davlat budjeti mablag‘larini likvidligini oshirishga olib keladigan G‘aznachilikning Yagona g‘azna hisobvarag‘idagi operatsiyalarni boshqarish mexanizmini takomil-lashtirish zarur.
Davlat budjetini bajarishga qaratilgan g‘aznachilik xizmati institutini rivojlantirish va mustahkamlash budjet mablag‘larining foydalanish samaradorligini ancha oshiradi. Bu borada Moliya vazirligi huzurida yangi tashkil etilgan G‘aznachilik tuzil-masining moddiy-texnik bazasini barcha pog‘onalarda mustahkamlash, uni malakali kadrlar bilan ta’minlash, sohalarda budjet tashkilotlarini moliyalash mexanizmini yanada takomillashtirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.1 Budjet tashkilotlari xaridni to‘g‘ri va samarali tashkil qilish uchun mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) xarid qilish jarayoniga kompleks yondashish zarur.
Milliy iqtisodiyotni rivojlantirish bosqichida budjetdan tashqari fondlarning
mablag‘larini oqilona sarflashning eng maqbul mexanizmini shakllantirishimiz



1 Karimov I.A. Erishgan marralarimizni mustahkamlab, islohotlar yo‘lidan izchil borish-asosiy vazifamiz.

    1. ‘zbekiston. 2004y. 4-bet.

kerak. Shu sababli, kelajakda Davlat budjeti tarkibidagi davlatning maqsadli pul jamg‘armalari faoliyatini takomillashtirishni ta’minlaydigan chora-tadbirlarni amalga oshirish muhim ahamiyatga ega.
Bir qator rivojlangan davlatlarda budjet ishlab chiqish jarayonida yanada samarali uslublardan foydalanish maqsadida yangi “maqsadli-dasturli rejalashtirish uslubi” yoki “natijaviylikka yo‘naltirilgan budjetlashtirish” uslubi qo‘llaniladi.
Budjet islohotining muhim yo‘nalishlaridan biri - natijaviylikka yo‘naltirilgan budjetlashtirishni joriy etishdir. Natijaviylikka yo‘naltirilgan budjetlashtirish – moliya-viy resurslarni taqsimlash va foydalanishning tiniqligi, nazorat ostida bo‘lishi va samaradorligini oshirishni ko‘zda tutadi. Bunda cheklangan moliyaviy resurslar jami-yatda ko‘zda tutilgan aniq maqsadga erilishiga qarab hamda davlat budjeti siyosatining ustuvor yo‘nalishlariga muvofiq taqsimlanadi. Natijaviylikka yo‘naltirilgan budjetlashtirishdan foydalanganimizda xarajatlarning alohida moddalari bo‘yicha bud-jet g‘azna ijrosida maqsadli ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlarni bajarishga o‘tiladi.
Dasturiy-maqsadli uslubda rejalashtirish uzoq muddatli baholash asosida, budjet xarajatlarini qismlarga ajratish esa – maqsadlar va dasturlardan kelib chiqib amalga oshiriladi. Dasturiy-maqsadli tamoyillar asosida tuzilgan budjetning o‘zida belgilanadi. Bunda budjet faqatgina xarajatlar tasnifining “an’anaviy” turlari yordamidagina emas, balki aniq dasturlar bo‘yicha ham ishlab chiqiladi. Dastur doirasidagi har bir tadbirga xarajatlar alohida ko‘rsatiladi. Ular shu dastur doirasida moliyalashtirilayotgan obyekt yoki xizmatning holatini va dastur yakunlanganda erishilishi rejalashtirilayotgan holatini aks ettiradi.
NYB uslubi g‘aznachilikda quyidagi vazifalarni yechishga imkon beradi:

      • aholi talablariga mos xizmatlarni taqdim etish;

      • xarajatlarning nafaqat qiymatini, balki ijtimoiy samaradorligini aniqlash;

      • budjet xarajatlarining asosliligi va tiniqligini oshirish;

      • budjet tasnifi bo‘yicha resurslarni xarajat turlari bo‘yicha emas, strategik maqsadlar bo‘yicha taqsimlash.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznichiligining rivojlanish darajasi juda yuqori, davlat moliyasini boshqarishda g‘aznachilik organlari zimmasiga yuklatilgan vazifalar yildan-yilga takomillashtirildi. G‘aznachilik tizimida budjet tasnifi tizimiga asoslangan davlatning moliyaviy nazorati kuchaytiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetini boshqarishni takomillashtirish, budjet jarayonini tizimlashtirish, budjet tasnifini mukammallashtirish bo‘yicha nazariy ishlanmalar va amaliy asoslarning sezilarli darajada zamon talabidan ortda qolmasligi uchun budjet tasnifi bo‘yicha aniq tavsiyalar va takliflar ishlab chiqish zarur.
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida davlat moliyaviy xavfsizligini ta’minlashda budjet jarayonlarini samarali boshqarish yanada murakkablashadi. Bu esa budjet mablag‘larini boshqarish, ularni budjet tizimi bo‘g‘inlari o‘rtasida taqsimlash mexanizmini takomillashtirish zarurligini talab etadi. Davlat moliyaviy xavfsizligini ta’minlashda budjet ijrosini samarali boshqarish muammosi dolzarbligicha qolmoqda.
Respublikamizda amalga oshirilgan tadbirlar qatorida bank, moliya, budjet, g‘aznachilik tizimini mustahkamlash masalasiga qaratiladi. Shunday sharoitda Davlat budjetidan samarali foydalanish milliy iqtisodiyotni rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi bilan birga mamlakat ichida ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikni yuzaga kelishini ta’minlaydi. Har qanday mamlakatda oqilona yuritilgan budjet siyosati mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishga xizmat qiladigan Davlat budjetini boshqarishning takomillashtirishga olib keladi.

Download 0,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish