XULOSA
Bitiruv malakaviy ishini yozish davomida amalga oshirilgan tatqiqot ishi
yakunlari yuzasidan quyidagi xulosalarga kelishga muvaffaq bo‘lindi: G‘aznachilik - davlat budjetining ijrosini ta’minlashning bir shakli bo‘lib,
unda maxsus idora davlat soliqlarini yig‘imini va ulardan foydalanishni ta’minlaydi, mablag‘lar ustidan nazoratni amalga oshiradi, shuningdek, davlat tashqi va ichki qarzlarini boshqaradi hamda budjetdan tashqari maqsadli jamg‘armalar, budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag‘lari pul oqimlarini monitoringini olib boradi.
G‘aznachilik tizimini joriy etish orqali Davlat budjetini ijro etishning afzalliklari:
qisqa fursatlarda davlatning moliyaviy resurslarining real hajmini va uning istiqbol ko‘rsatkichlarini aniqlash;
davlat moliyasining holati to‘g‘risidagi tezkor axborotlarni yig‘ish, ishlov berish va tahlil qilish;
davlat budjetining ham daromadlari, ham xarajatlar qismini kassali ijrosining har kungi monitoringini o‘tkazish;
tasdiqlangan budjet mablag‘lari doirasida budjet tashkilotlarini tovarlar va xizmatlar yetkazib beruvchilar oldida majburiyatlar qabul qilish bosqichida (shartnomalar, kontraktlar tuzish vaqtida) dastlabki nazorat qilish;
moliya organlari tomonidan budjet xarajatlarini o‘z vaqtida va manzilli moliyalashtirish bilan budjet mablag‘larini bosh taqsimlovchilari tomonidan suiste’mol qilinishini va noto‘g‘ri ishlatilishini oldini olish maqsadida joriy nazorat amalga oshirish;
budjet tashkilotlari majburiyatlarini olgandan keyin pul mablag‘larini yagona g‘aznachilik hisobraqamidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’minotchilarning hisobraqamiga o‘tkazish natijasida pul oqimlari harakati bo‘yicha jarayonlarni qisqartirish;
G‘aznachilik tizimining bir pog‘onasidan ikkinchi pog‘onasiga pul mab- lag‘larini o‘tkazishni soddalashtirish natijasida g‘aznachilik tizimidagi budjet mablag‘larini tezkor ishlatish.
G‘aznachilik institutining joriy qilinishi Davlat budjeti holatini yaxshilashda ijobiy burilish yasadi. Budjet jarayonining ijro bosqichidagi islohotlar mamlakatning moliyaviy resurslarini samarali boshqarish va moliyaviy nazoratni ta’minlash, budjet tasnifini mukammallashtirish g‘aznachilik tizimini rivojlantirish bilan bog‘liq. Budjet daromadlarini tshliq va o‘z vaqtida tushirish, respublika va mahalliy budjetdan moliya-lashtiriladigan ijtimoiy-iqtisodiy soha xarajatlarini moliyalashtirish, budjet taqchilligini tartibga solish, ish haqi va nafaqalarni o‘z vaqtida to‘lash, g‘aznachilik tizimida budjet mablag‘laridan foydalanish jarayonida shtat-smeta, budjet intizomiga rioya etish masalalari turadi.
G‘aznachilik tizimini qo‘llash natijasida budjet ijrosi samaradorligini oshirishga erishildi, ya’ni maqsadsiz xarajatlarni amalga oshirish holatlariga chek qo‘yilmoqda.
Budjetdan ajratilayotgan to‘lovlarni o‘z muddatlarida o‘tkazilishida hamda iqtisodiy tahlillarni o‘tkazishda qo‘llaniladigan hisobotlar sifatini oshirishda buxgalteriya hisob-kitobi ma’lumotlar tezkorligi va aniqligi o‘sishiga olib keldi. Davlat budjeti g‘azna ijrosida budjet mablag‘lari oluvchilarining buxgalteriya hisobini yuritishning hisob registrlari yanada takomillashtirildi.
G‘aznachilik tizimining xorijiy tajribalari bilan tanishib, shu narsa ma’lum bo‘ldiki, G‘aznachilik tizimining yagona modeli mavjud emas, har bir mamlakatda g‘aznachilik boshqarmalari va bo‘linmalarining tuzilishi hamda ularning aniq funksiyalari turlicha belgilanadi. Bundan tashqari g‘aznachilik tizimining vazifalari vaqt o‘tishi bilan, albatta, o‘zgaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |