Sog‘lom turmush tarzini shakllantirish. Sog‘lom turmush tarzi tushunchasi odam xulq atvorining hamma jihatlarini chuqur qamrab oladi. Sanitariya-gigiyena qoida va talablariga rioya qilish, atrofdagilarga iltifotli bo‘lish, o‘zining psixik holatlarini boshqara bilish, to‘g‘ri ovqatlanish, jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanish, zararli odatlardan voz kechish kabilar odam o‘z-o‘zini bilishining asosiy mazmunidir.
Sog‘lom turmush tarzini shakllantirishda kun tartibi, ratsional ovqatlanish, shaxsiy gigiyena, aqliy va jismoniy mehnat gigiyenasi, zararli odatlar (tamaki chekish, nos otish, spirtli ichimliklar iste`mol qilish, giyohvandlik va hakozo) ga berilmaslik kabilar muhim ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |