o‘zgaradi. Maktabgacha yosh davrida bolaning oyoqlari nis-
batan ko‘proq o‘sadi. Biroq shunday bo‘lsa ham 6–7 yosh-
darajada egilish yuz beradi. Keyinchalik bolaning umurtqa
da saqlanib qolishi juda katta ahamiyatga ega. Bog‘cha yoshi-
dagi bolaning bosh suyagi ham tez o‘sadi. Bola uch yoshga
lari tez o‘sadi.
jiddiy o‘zgarishlar ro‘y beradi. Masalan, bolaning yura-
293
barobar kattalashgan, biroq uning muskullari hali yetar-
li darajada mustahkamlanmagan bo‘ladi. Mana shuning
uchun bog‘cha yoshidagi bolaning yuragi bir qisqarish-
da organizm uchun yetarli qon siqib chiqara olmaydi. Bo-
la yuragining katta odamlar yuragiga qaraganda nisbatan
tezroq urishining sababi ham mana shundadir. Chunon-
chi, agar 1 yoshdagi bolaning yuragi bir marta qisqarishda
10,2 kub/sm qon siqib chiqarsa, 7 yoshli bolaning yuragi bir
marta qisqarishda 23 kub/sm dan qon siqib chiqaradi. Katta
yoshdagi odamning yuragi esa bir marta qisqarishda 60 kub/
sm dan ortiqroq qon siqib chiqaradi. Maktabgacha yoshda-
gi davrda yurakning nisbatan tezroq ishlashi tufayli bolaning
qon bosimi katta kishilarga nisbatan biroz kuchliroq bo‘ladi.
Maktabgacha yoshdagi bolalar nafas olish a’zolarining ishi da
ham anchagina o‘zgarishlar yuzaga keladi. Bu yoshdagi bolalar
o‘pkasining normal ishlashi va rivojlanishiga ko‘krak qafasi ning
o‘sishi ko‘p jihatdan ta’sir etadi. Chunki, o‘pkaning faoliyati
asosan ko‘krak qafasining shakli va elastikligiga (harakatchan-
ligiga) bog‘liq bo‘ladi. Bolalarning ko‘krak qafaslari nafas
olish uchun qulay emas. Bolalarda diafragmaning bir qadar tik
joylashganligi ko‘krak qafasining vertikal uzunligini qisqarti-
rib qo‘ygan. Bundan tashqari, maktabgacha yoshdagi bolalar-
da ko‘krak qafasi ning doirasi ham kattalarnikiga qaraganda
juda tor bo‘ladi. Shu sababli bolalarning nafas olishlari kat-
ta odamlarning nafas olish lariga nisbatan nozikiroq bo‘ladi.
Bolalar o‘pkasining hajmi yetarli darajada kattalashmagun-
cha chuqur nafas ololmaydilar. Natijada bolalar chuqur na-
fas olishning o‘rniga tez nafas olish bilan qoniqadilar. Bola-
ning bog‘cha yoshidagi davrida boshqa organlari kabi ko‘krak
qafasi ning o‘sishi ham biroz sekinlashadi. Lekin ko‘krak qafa-
si doirasining kengayishi bu davr da ancha tez davom etavera-
di. Bola ko‘krak qafasining doirasi yiliga 1–2 sm dan kenga yib
borib, 13–14 yoshga yetganda o‘z shakli va hajmi jihatidan kat-
ta odamlarning ko‘krak qafasiga yaqinlashadi.
Bolaning 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan davrida nafas
olishi ning miqdori deyarli o‘zgarmaydi. Lekin bu davrda bola
haddan tashqari harakatchan bo‘lgani uchun uning organizmi
294
juda ko‘p miqdorda kislorod talab qiladi. Shuning uchun bola
mumkin qadar ko‘proq ochiq havoda bo‘lishi kerak.
Ana shu yuqoridagilardan xulosa qilib aytish mumkinki,
maktabgacha yoshiga kelib organizmining ishchanlik qobiliya-
ti ancha oshadi. Shuning uchun bog‘chada va oilada ta’lim-tar-
biya ishlari hamda bola faoliyati rejimini tuzishda bola ning jis-
moniy taraqqiyoti xususiyatlarini doimo hisobga olish zarurdir.
Do'stlaringiz bilan baham: