Maktabgacha yoshdagi


Iroda to‘g‘risida tushuncha. Tavakkalchilik



Download 12,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet121/344
Sana31.12.2021
Hajmi12,55 Mb.
#268394
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   344
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi

Iroda to‘g‘risida tushuncha. Tavakkalchilik

Faoliyatni ma’lum yo‘nalishda tashkil qilish, muammolarni 

yechish uchun bir qarorga kelish, uni amalga oshirish jarayoni-

dagi qiyinchiliklarni yengish harakatlar yordamida amalga oshi-

riladi. Odatda, ixtiyorsiz harakatlar anglangan yoki anglanmagan 

istak, xohish, mayl, ustanovka va shu kabilarning ichki turtki-

si ta’sirida ro‘yobga chiqadi. Ular impulsiv (lot. impulses – ix-

tiyorsiz qo‘zg‘alish) xususiyatga ega bo‘lib, anglanilmagan, re-

jalashtirilmagan bo‘ladi. Masalan, bolalar bir-birini turtib biri 

yiqilib tushdi, tarbiyachi ularga beixtiyor baqi rib yubordi-yu 

keyin o‘zi afsuslandi. Bunday harakatlar kutilmaganda bexos-

dan bo‘lgan refleksiv harakatlar de yiladi. Kishining hamma 

ta’sirlanishilari reflektor xa rakterga ega bo‘ladi. Lekin yuqori-

da tasvirlangan harakatlarlar ong ning nazoratisiz yoki uning 

yetarli ishtirokisiz maxsus niyatni ko‘zlamay amalga oshiril-

gan bo‘ladi va shu sababli ixtiyorsiz ha rakatlar yoki ataylab qi-

linmagan harakatlar deyiladi. Lekin har bir kishi juda ko‘p od-

diy harakatlarni amalga oshiradiki ular batamom ongli ravishda 

maqsadni ko‘zlab bajariladi. Bunday harakatlar ixtiyoriy yoki 

ataylab qilingan harakatlar deyiladi. Ular ning atalishining o‘zi 

bu harakatlarda iroda ning ishtirok eti shini ko‘rsatadi.



189

Ongli ra vishda amalga oshiriladigan va maqsadni ko‘zda 

tutgan barcha ixtiyoriy harakatlar irodaviy harakatlar deb ata-

ladi. Kishi suv ichgisi kelib stakanga qo‘l uzatdi va unga suv 

quyib ichdi. Bu garchi bajarish qiyin bo‘lsa ham aniq maqsad-

ga qaratiladi shu sababali irodaviy harakatdir. Har bir kishi-

ning qandaydir qiyinchiliklarni, qo‘yilgan maqsad yo‘lida g‘ov 

bo‘lib turgan to‘siqlarni yengishi, lozim bo‘ladigan harakat-

larni amalga oshi rishiga to‘g‘ri keladi. Bu harakat chinakam 

irodaviy harakatlar deyiladi. Ularda ong 

ning ishlashi bilan 

bog‘liq shaxsiy faollik namoyon bo‘ladi. Kishi ning o‘z oldiga 

qo‘yilgan maqsadiga erishish uchun ichki va tashqi to‘siqlarni 

yengish vaqtida vujudga keladigan psixik jarayon iroda deb ata-

ladi. Kishi yengadigan tashqi to‘siqlar deganda ishning o‘ziga 

xos qiyinchiliklari, uning murakkabligi, har xil xalal berishlar, 

boshqa kishilarning qar shilik ko‘rsatishi, ishning og‘ir sharoit-

lari va shu kabilar tushu niladi.

Ichki to‘siqlar kishi o‘zini ishlashga, charchoqni, bajari-

lishi kerak vazifasiga aloqasi bo‘lmagan boshqa biror narsa bi-

lan shug‘ullanish istagini yengishga majbur qilish, qiyin vaqtda 

belgilangan narsani bajarishga xalal beradigan shaxsiy mayl-

lardir. Ichki to‘siqlarga zararli odatlar, mayllar, istaklar kira-

di. «Iroda» termini deganda shaxsning qiyinchiliklarni yen-

gib aniq maqsadni ko‘zlab harakat qilish qobiliyati tushuniladi.

Zo‘r iroda bu biror narsani qilishga intilish va unga erisha  

olishgina emas balki zarur bo‘lib qolganda o‘zini biror narsadan 

voz kechishga majbur qila olish hamdir. Iroda shunchaki istak va  

uning qondirilishi emas, balki bu ham istak, ham uni 

to‘xtatilishi, ayni vaqtda undan voz kechish hamdir.

Kishi hayotida irodaning ahamiyati nihoyatda kattadir. Iro-

da oddiy kundalik hayotda, ayniqsa, katta qiyinchiliklarni yen-

gishga to‘g‘ri keladigan qiyin paytlarda zarur bo‘ladi. Irodaning 

o‘ziga xos ko‘rinishlari shaxsning tavakkalchilik vaziyatidagi 

xatti-harakatida ko‘rinadi. O‘ziga mahliyo qiluv chi maqsadga 

erishish yo‘lida xavf-xatar, yo‘qotish dahshati, muvaffaqiyatsiz-

lik bilan hamohang, ogoh, dadil harakat tavakkalchilik deyila-

di. Tavakkalchilikda yutuq bilan yo‘qotish uyg‘unlashib keladi, 

yutuq quvonch nashidasini uyg‘otsa, omadsizlik jazo, moddiy 



190

va ma’naviy yo‘qotishni keltirib chiqaradi. Shunga qaramay, 

insonlar tavakkal qilish haraka tidan voz kechmaydilar. Tavak-

kalchilik harakatining ikki sababi farqlanadi:

1)  yutuqqa umidvorlik hissi, ya’ni ehtimol tutilgan mag‘lubi-

yat oqibati ko‘rsatkichidan yuksakroq bo‘lishiga ishonch;

2) xatti-harakatning xavfli yo‘lini afzal bilish yoki «ta-

vakkalchining tavakkalchiligidir». Shaxsdagi tavakkalchilikni 

riskometr degan asbobda o‘lchash mumkin.

Irodasi zaif kishilar ulkan ishlarni bajarish u yoqda tur-

sin kundalik hayotda uchraydigan vazifalarning ham ud-

dasidan chiqa olmaydilar, yetarli darajada ishchan bo‘lmaydilar, 

boshqalarning yordamiga muhtoj bo‘ladilar. Ularda ana shu xu-

susiyatlarni yengish uchun iroda kuchi yetishmaydi. Iroda kuch-

sizligining patalogiyasi mavjud bo‘lib u abuliya (yunon. abuli-

ya – qat’iyatsizlik) miya patalogiyasi negizida vujudga keladigan 

faoliyatda intilish ning mavjud emasligi, harakat qilish, amal-

ga oshirish uchun qaror qabul qilish zarurligini anglagan hol-

da shunday qila olmaslikdan iborat inson ojizligidir. Apraksiya 

– (yunon. apraxiya – hara katsizlik) miya tuzilishining shikast-

lanishi tufayli yuzaga keladigan harakatlar maqsadga muvofiqli-

gining murakkab buzi 

lishidir. Abu 

liya va apraksiya psixikasi 

xasta insonlarga xos no yob fenomenal psixopatologik hodisadir.

Irodaning nerv-fiziologik asoslari

I.M. Sechenovning so‘zlari bilan aytganda har qanday xatti-

harakatning dastlabki sababi tashqi hissiy qo‘zg‘alishdir. Keyin-

chalik hayot tajribasi asosida ko‘pgina xatti-harakatlar bevosita 

hissiy qo‘zgalmasdan unga qarama-qarshi tarz da amalga oshi-

riladi. Tashqi qo‘zgatuvchi masalan, televizor kishini qiziqarli 

ko‘rsatuvlarni tomosha qilishga undaydi, u bo‘lsa burch haqi-

dagi yoki ish bajarilmay qoladigan bo‘lsa ro‘y beradigan noqu-

lay oqibatlar haqidagi fikrga amal qilib, ishlash uchun o‘tiradi. 

Irodaviy harakatning fiziologik asosi miya po‘stlog‘ida avval-

gi tajriba natijsida ilgari hosil bo‘lgan nerv aloqalarining ik-

kinchi signal sistemasidir. Bu sistemalar irodaviy harakat payti-

ga kelib qo‘zg‘algan bo‘ladi. Bu esa ayrim harakatlarni amalga 

oshirishga imkon beradi, natijada kishi o‘zini, garchi televi-




191

zordagi ko‘rsatuv qiziqarli bo‘lsa ham uni ko‘rishga emas, balki 

ishlashga majbur qiladi.

Qo‘zgatuvchi vosita – so‘z irodaviy harakatda alohida 

o‘rin egallaydi. So‘z kishiga tashqaridan ta’sir qiladigan signal 

bo‘lishi mumkin. Lekin u ko‘pincha kishining o‘z-o‘ziga ich-

ki talabi, mustaqil buyrug‘i ham hisoblanadi. Hamma hollarda 

ular  javob tariqasida ixtiyoriy harakat uchun real qo‘zgatuvchi 

bo‘ladilar. Qo‘zg‘alishning barqaror manbai mavjud bo‘lgan ki-

shi o‘z oldiga qo‘yilgan maqsadiga erishadi. Bizning harakatla-

rimizni boshqa rib turadigan miya hujayralari katta yarimshar-

lar po‘stlog‘idagi boshqa hujayralar bilan hamisha bog‘langan 

bo‘ladi. Har qanday boshqarishni nazoratsiz yoki tuzatish ki-

ritmasdan amalga oshirib bo‘lmaydi. Kishi o‘z harakatlari ni va 

ishlarini boshqarishga qodir bo‘ladi va haqiqatdan ham boshqara 

oladi. Bunga sabab: miya hujayralari bir tomondan gavda mus-

kullariga impulslar yuborib turadi, ikkinchi tomondan harakat 

a’zolaridan amalga oshirilgan ish to‘grisida qaytish signalla rini 

olib turadi. Miya po‘stlog‘ida shu axborotlar qayta ishlanadi va 

u yerdan harakatga kiritilishi lozim tuzatishlar haqida yana sig-

nallar keladi. Katta yarimsharlar po‘stlog‘idagi tormozlanish ja-

rayonlari ortiqcha ixtiyorsiz harakatlarni to‘xtatib qoladi. Bu 

jarayonlar haddan tashqari qo‘zg‘alishni (mas. affektiv holat-

dagi) bostirib turadi va vazminlik, o‘zini tuta bilish, chidam, 

harakatlar izchilligi va hokazolar ning paydo bo‘lishiga yordam 

beradi. Iroda katta yarimsharlar po‘stlog‘ining miya po‘stlog‘i 

osti ishini boshqarib turish qobili yatiga to‘gridan to‘g‘ri bog‘liq 

bo‘ladi. Miya po‘stlog‘ining osti kishi organizmidagi ko‘pgina 

qo‘zgatuvchi jarayonlarning (ins tinktlar, mayllar va h.k.) man-

bai hisoblanadi.



Irodaviy sifatlar, tuzilishi va talqini

Kishi faoliyati jarayonida irodaviy xatti-harakatlarni amal-

ga oshirar ekan, o‘zida o‘z shaxsini xarakterlab beradigan va 

hayo ti hamda mehnati uchun juda katta ahamiyatga ega sifat-

larni hosil qiladi. Ayrim xususiyatlar kishini yanada faol qiladi, 

bu hol yarimsharlar po‘stlog‘ida qo‘zg‘alish jarayonlari ning us-

tunlik qilishi bilan bog‘langan bo‘ladi. Boshqa sifatlar yoqim-



192

siz psixik jarayonlarga va harakatlarga xalaqit berishda ularni 

to‘xtatib qo lishda, yo‘q qilishda namoyon bo‘ladi.

1.  Faollik bilan bog‘liq bo‘lgan sifatlarga qat’iylik, dadillik, 

sabot-matonat, mustaqillik kiradi: 


Download 12,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish