Maktabgacha yoshdagi



Download 12,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/344
Sana31.12.2021
Hajmi12,55 Mb.
#268394
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   344
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi

Realistik baho shaxsni o‘rab turganlar – ota-ona, yaqin qarin-

doshlar, pedagog va murabbiylar, qo‘ni-qo‘shni va yaqinlarning 

o‘rinli va asosli baholari, real, samimiy munosabatlari mahsuli 

bo‘lib, shaxs ushbu munosabatlarni ilk yoshligidanoq xolis qabul 

qilishga, o‘z vaqtida kerak bo‘lsa to‘g‘rilashga o‘rgatilgan bo‘ladi. 

Bunda shaxs uchun ibratli hisoblangan insonlar guruhi – refe-

rent guruhning roli katta bo‘ladi. Chunki, biz kundalik hayotda 

hamma ning fikri va bahosiga quloq solavermaymiz, biz uchun 

shunday insonlar mavjudki, ularning hattoki, oddiygina tanbeh-

lari, maslahatlari hamda maqtab turib bergan tanbehlari ham 

katta ahami yatga ega. Bunday referent guruh real mavjud bo‘lishi 

(masalan, ota-ona, o‘qituvchi, ustoz, yaqin do‘stlar)  yoki nore-

al, xayoliy (kitob qahramonlari, sevimli aktyorlar, ideal) bo‘lishi 

mumkin. Shuning uchun yoshlar tarbiyasida hamda real jamoa-

dagi odamlarga maqsadga muvofiq ta’sir yoki tazyiq ko‘rsatish 

ke rak bo‘lsa, ularning etalon, re ferent guruhini aniqlash katta 

tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘ladi.

Shunday qilib, o‘z-o‘ziga baho sof ijtimoiy hodisa bo‘lib,  

uning mazmuni va mohiyati shaxsni o‘rab turgan jamiyat 

normalariga, shu jamiyatda qabul qilingan va e’zozlanadigan 

qadriyatlarga bog‘liq bo‘ladi. Demak, o‘z-o‘zini baholash o‘z-

o‘zini tarbiyalashning muhim mezonidir. O‘z-o‘zini tarbi-

yalash omillari va mexanizmlariga esa quyidagilar kiradi:

●  o‘z-o‘zi bilan muloqot (o‘zini konkret tarbiya obyekti sifati-

da idrok etish va o‘zi bilan muloqotni tashkil etish sifatida);

●  o‘z-o‘zini ishontirish (o‘z imkoniyatlari, kuchi va irodasi-

ga ishonish orqali, ijobiy xulq normalariga bo‘ysundirish);

● o‘z-o‘ziga buyruq berish (tig‘iz holatlarda o‘zini qo‘lga 

 olish va maqbul yo‘lga o‘zini chorlay olish sifati);

●  o‘z-o‘ziga ta’sir (ijtimoiy normalardan kelib chiqqan hol-

da o‘zida ma’qul normalarni shakllantirish);

● ichki intizom – o‘z-o‘zini boshqarishning muhim me-

zoni, har doim har yerda o‘zining barcha harakatlarini mun-

tazam ra vishda tuzatib borish.




74

Shaxsning qanday sifatlarga ega ekanligi, undagi baho-

larning obyektivligiga bog‘liq tarzda o‘z-o‘zi bilan muloqotga 

kirishib, jadvaldagiga muvofiq shaxs o‘zini nazorat qila oladi. 

Shuning uchun ham hayotda shunday kishilar uchraydiki, kat-

ta majlisda ishi tanqidga uchrasa ham, o‘ziga xolis baho berib, 

kerakli to‘g‘ri xulosalar chiqara oladi, shunday odamlar ham 

borki, arzimagan xatolik uchun o‘z «ich-etini yeb tashlaydi». 

Bu o‘sha ichki dialog ning har kimda har xil ekanligidan darak 

beruvchi faktlardir.



Shaxsning shakllanishi va uning rivojlanishiga ta’sir  

qiluvchi omillar

Shaxs kishining hayot kechirishi sharoitlarida, faoliyati, 

mehnat qilishi, o‘qish jarayonida shakllanadi. Shaxsning shakl-

lanishi jarayonlarida guruh va jamoalarda amalga oshiri ladigan 

ta’lim-tarbiya yetakchi o‘rin egallaydi. Shaxsning shakl lanishi 

ikki xil ma’noda qo‘llaniladi:

1. Shaxsning shakllanishi uning rivojlanishi, ana shu rivojla-

nish jarayoni va uning natijasi ekanligi. Bu ma’no shaxs shakl-

lanishiga psixologik yondashuv hisoblanadi. Uning vazifasi 

biror maqsadga qaratilgan tarbiyaviy ta’sirlar o‘tkazish sharoi-

tida rivoj 

lanayotgan shaxsda nimalar mavjudligini (mavjud 

bo‘lgan, tajriba yo‘li bilan aniqlanadigan, namoyon bo‘ladigan) 

va nimalar bo‘lishi mumkinligini aniqlashdan iboratdir. Psixo-

logiya ma’lum jamoa 

dagi kon 

kret insonlarda shaxsiy fa-

zilatlar shakllanganligi 

ning boshlang‘ich darajasini, ma’lum 

ta’sirlarning natijasini, nimalar shakllandi-yu, nimalar vazifa 

bo‘lib qolganini, qaysi o‘zgarish bola shaxsining shakllanishiga 

samarali ta’sir etdi yoki samarasiz bo‘lganini, qanday qiyinchi-

liklarga duch keldi-yu, qanday yutuq lar bo‘lgani va boshqalar-

ni aniqlaydi.

2.  Shaxsni maqsadga yo‘naltirilgan tarzda tarbiyalash sifati-



da shakllantirish. A.S. Makarenko bu jarayonni «shaxsni loyi-

halash» deb atagan. Bu pedagogik yondashuv shaxsni jami-

yat talablariga javob beradigan bo‘lishi uchun nimalar qilish 

va qanday qilib shakl lantirish kerakligini aniqlash zarur deb 

hisoblaydi. Pe dagogika tarbiya jarayonida nima shakllantiril-



75

gan bo‘lishi kerakligini aniq laydi hamda o‘z usul va vositalarini 

tavsiya qiladi. Shaxsni shakllantirishda pedagogik va psixologik 

yondashuvni aralashti rib yuborib bo‘lmaydi. Turli davlat das-

turlari, xususan «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da, «Bola-

jon» davlat dasturi da belgilangan vazifalar o‘qituvchi-murabbiy-

lar e’tiborini bolalarda mav jud bo‘lgan shaxs xislatlariga emas, 

balki shakllantirish lozim bo‘lgan xislatlarga qaratadi. Bu ik-

ki yondashuv aynan bir-biriga o‘xshamasa ham lekin bir-birini 

to‘ldiruvchi birlikni tashkil etadi.

Inson shaxsining rivojlanishi to‘rt manbaga: irsiyat, ijti-

moiy muhit, ta’lim-tarbiya, shaxsiy faollikka bog‘liqdir. Har 

bir odam o‘ziga xos ijtimoiy muhitda, ma’lum oilada, odam-

lar orasida yashaydi. Tug‘ilgan kunidanoq atrofidagi odamlar 

bilan ma’lum ijtimoiy munosabatlarda bo‘ladi. Uzoq davom 

etadigan bu munosabatlarning hammasi shaxsning xulq-

atvo riga ta’sir etadi. Yoshlik chog‘idanoq atrofidagi odamlar-

ning fazilatla rini (mehnatsevarlik, halollik, rostgo‘ylik va ak-

si) o‘zlariga singdirib boradilar. Bu xususiyatlar keyinchalik 

shaxsiy sifatlarga aylanib qoladi.

Inson shaxsining tarkib topishiga tashqi ijtimoiy muhitning 

ta’siri haqida gap borar ekan, shuni ko‘rsatib o‘tish kerakki, 

ayrim g‘ayritabiiy hodisalar inson shaxsining tarkib topishi-

ga tashqi muhit ta’sirining hal qiluvchi ahamiyatga ega ekan-

ligini to‘la tasdiqlaydi. Bunda, ayrim tasodifiy hollarda odam 

bolalari ning yovvoyi hayvonlar muhitiga tushib qolishi hodisa-

si nazarda tutiladi. Masalan, 1920-yilda Hindistonda, Kalkut-

ta shahrining g‘arbiy-janubiga joylashgan Midnapura shahar-

chasi yaqinidagi o‘rmonzorda doktor Sing ona bo‘ri va uning 

bolalari bilan birga chopib yurgan ikkita odam bolasini ko‘rib 

qoladi. Odam bola lari xuddi bo‘ri bolalari kabi to‘rt oyoqlab 

yugurib yurar edi. Doktor Sing bo‘ri uyasini topib, bolalarni 

olib keladi. Ularning ikkisi ham qiz bolalar bo‘lib, bittasi yet-

ti-sakkiz yoshlar, ikkinchisi ikki-uch yoshlar chamasida edi. 

U bolalarning biriga Amala, ikkinchisiga Kamala deb nom 

beradi. Bu nodir hodisada shu narsa juda xarakterliki, bola-

lar yoshlikdan boshlab bo‘rilar muhitida yashaganliklari tufay-

li tashqi ko‘rinishlari odam qiyofasida bo‘lsa ham, butun fe’l-




76

atvorlari va xatti-harakatlari bo‘rilarga o‘xshab qolgan edi. Bu 

hodisa odamning shaxs sifatida tarkib topishi uchun eng avva-

lo insoniy muhit, ya’ni ijtimoiy muhit bo‘lishi shartligini to‘la 

tasdiqlaydi.

Oila va maktab tomonidan amalga oshiriladigan ta’lim-tar-



biya jarayoni shaxsning shakllanishida muhim ahamiyatga ega. 

Hozirgi vaqtda oiladagi tarbiya ishlari ta’lim-tarbiya muassasa-

lari ishlari bilan birga davlat tomonidan belgilangan dastur 

asosida berilmoqda. Uzoq muddat davomida bolaga beriladi-

gan ijtimoiy ta’ lim-tarbiya bolaning butun psixik taraqqiyotiga, 

unda shaxsiy psixologik xislatlarning tarkib topishiga ta’sir qil-

may qolmaydi. Ta’lim muassasalarida fanlararo uzviy ravish-

da uzluksiz beriladigan ta’lim-tarbiya ishlari bolalarda ma’lum 

bilim, malaka va ko‘nikmalarni hosil qiladi.

Ota-onalar va o‘qituvchilarning vazifasi bolalarni faollik ru-

hida tarbiyalashdan iboratdir. Bu faollik avvalo ularning jami-

yat manfaatlari yo‘lida qiladigan ongli mehnatida ko‘rinishi 

lo 

zim. Ta’lim-tarbiya natijasida bolalarning bilim, malaka-



si, qiziqish va e’tiqodlari, dunyoqarashlari o‘rtasida ma’lum 

umumiylik yuzaga keladi. Odamga tug‘ma ravishda beriladigan 




Download 12,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish