Maktabgacha yoshdagi


Guruhlar haqida tushuncha, turlari



Download 12,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/344
Sana31.12.2021
Hajmi12,55 Mb.
#268394
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   344
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi

Guruhlar haqida tushuncha, turlari. Har bir odam kon-

kret shaxs sifatida odamlar qurshovida yashaydi. Ma’lum gu-

ruh va jamoalar doimo o‘zgarib turadi, shaxs esa ana shu 

o‘zgarishlarga moslashib, shu guruhdagi murakkab munosa-

batlarga kirishadi.

Guruh – faoliyat va munosabatlarga kirishish jarayonida ay-

rim yoki umumiy belgi va xususiyatlari bilan ajralib turadi-

gan kishilar birligidir. Shaxsning guruh va jamoadagi muno-

sabatlarini sotsial psixologiya o‘rganadi. Guruhlar tuzilishiga 




95

ko‘ra shartli guruhlar – biror tadqiqotchi tomonidan odam-

larni ma’lum belgilar aso sida (yoshi, jinsi, millati kabilar) bir-

lashtiriladi. Shartli guruhlar keyinchalik munosabatga kirish-

masalar, real guruhlar doimo munosabatda bo‘ladilar (mas. 

bir korxonadagi kasbdoshlar). Rasmiy guruhdagi munosabatlar 

rasmiy normalar va huquqiy burchlar ti zimi bilan belgilana-

di. Masalan: boshliq bilan xodimlar o‘rtasidagi munosabat-

larni ta’minlovchi guruh rasmiy bo‘lsa, norasmiy – bevosi-

ta psixologik munosabatlarni ta’minlovchi guruh hisoblanadi. 

Masalan: do‘stlar guruhi yoki talabalar guruhi dagi barcha qiz-

larning tanaffus paytidagi muloqoti.

Guruhlar, ulardagi o‘zaro munosabatlarga ko‘ra kat-

ta va kichik guruhlarga bo‘linadi. Kichik guruhlar – tarki-

bi jihatidan ko‘p a’zolari bo‘lmagan, umumiy maqsad bi-

lan bog‘langan kishilar uyushmasi, bu turmush qurgan yangi 

oila yoki ikki do‘st. Katta guruh – bu chegarasi 12–15 kishi 

(G.M. Andreyeva), 30–40 kishi (amerikalik psixolog More-

no)dan iborat, bu guruh a’zolari o‘zaro yaqin munosabatda 

bo‘lmasligi mumkin. 

Shaxsga bir vaqtning o‘zida turli ijtimoiy guruhlarning ta’siri 

bo‘  lib turadi. Ma’lum davrda bir ijtimoiy guruhning shaxsga 

ta’siri sezilarliroq va ahamiyatliroq, ikkinchisining ta’siri esa 

sal kamroq bo‘ladi. Masalan: o‘quvchilik yillarida maktabdagi 

o‘quvchilar guruhining ta’siri, mahalladagi o‘rtoqlar davrasini-

kidan kuchliroq bo‘lishi, ya’ni xonadonga kelin bo‘lib tushgan 

qiz uchun yangi oila muhitining ta’siri talabalik guruhinikidan 

kuchliroq bo‘lishi tabiiy.



Referent guruh – bunda shaxs guruh a’zolarining niyatlari, 

g‘oyalari, qiziqishlari, fikrlariga ergashishga, harakatlaridan an-

daza olishga, ularga taqlid qilishga intiladi. 

Normativ guruhlar – bu shaxs uchun shunday insonlar gu-

ruhiki, ularning normalarini u ma’qullaydi, ularga amal qilish-

ga hamisha tayyor bo‘ladi. Bunday guruhlarga birinchi navbatda 

oilani, diniy yoki milliy uyushmalarni, professional guruhlarni 

kiritish mumkin. Masalan: o‘zbek xalqi uchun dasturxon solib 

o‘tirilgan zahoti yuzga fotiha tortish, mezbonlarning mehmon-

larga «Xush kelibsizlar» deyishlari norma hisoblanadi.



96

Qiyoslash guruhi – bu shunday guruhki, shaxs o‘sha guruh-

ga kirishga, uning ma’qullashiga muhtoj bo‘lmaydi, lekin o‘z 

harakatlarini yo‘lga solishda unga asoslanadi. Masalan: talabalar 

guruhida shunday yoshlar bo‘lishi mumkinki, shaxs ular  bilan 

umuman muloqotda bo‘lmaydi, ularning fikrlari yoki qarashlari-

ni yoqlamaydi, lekin bu guruh aynan o‘shalarga o‘xshamaslik va 

o‘z ustida ko‘proq ishlashga o‘zini ko‘proq safarbar qilishi uchun 

kerak.


Negativ guruhlar – shaxs ularning xatti-harakatlaridan atay-

lab voz kechadi, chunki ular shaxsiy qarashlardan mutlaq farq 

qiladi. Masalan: bir-biri bilan chiqisha olmagan ikki qo‘sh de-

vorlarini alohida rangda bo‘yaydi, biri tanlagan rangni ikkin-

chisi xohlamaydi. Biri oq desa ikkinchisi aksincha qora deb 

turaveradi. Guruhlar shaxsning shakllanishiga ham ijobiy, ham 

salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Jamoalar deganda biz umumiy faoliyat maqsadi asosida 

birlashgan, jamiyatning bir qismi hisoblangan va shu jamiyat 

maqsadlariga to‘la bo‘ysunadigan odamlar guruhini tushuna-

miz. Jamoa inson shaxsini shakllantirish uchun eng qulay 

shart-sharoitlar yara tadigan birlik hisoblanadi. Oila jamoasi, 

maktabdagi o‘quv-tarbiya jamoasi, bolalar jamoasi, mehnat ja-

moalari shunday bir muhit hisoblanadiki, unda shaxsning har 

tomonlama rivoj lanishi yuz beradi. Bir-biriga yordam, xay-

rixohlik, uyush qoqlik, intizom kabi axloqiy motivlar jamoada 

tarkib topadi. Bolani mumkin qadar tezroq jamoaga qo‘shish, 

undagi munosabatlarda, birgalikdagi faoliyatda ishtirok eti-

shi muhim hisoblanadi. Maktab o‘quvchilari jamoasi ning ahil 

bo‘lishi uchun turli tadbirlar, olim 

piadalar, ko‘rik-tanlovlar, 

sport bellashuvlari, kechalar, intellek tual o‘yinlar uyushtirish 

jarayoni va birgalashib tashvish tortishlari g‘oyat muhimdir. Bu 

jamoani shakllanishiga yordam beradi, bolalarni bir-biriga ya-

qinlashtiradi, ularni dardi va quvonchini his etishga o‘rgatadi. 

Jamoada «men» va «ular» degan bir-biriga qarshi bo‘lgan aza-

liy so‘zlar «biz» degan tushuncha vositasida barham topadi.


Download 12,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish