yapti. Ona har ikkala qiziga bir xil tarbiya usulini qo‘llaydi:
bir xil muomala, bir xil topshiriqlar, bir xil rag‘bat. Lekin qiz-
lar bunga turlicha munosabat bildirishadi. Natijada tortishuv-
437
lar, talashishlar, janjallar…. Ona esa hayron. Men bir xil tarbi-
ya beryapman-ku, nega qizlarim har xil?
Savol: Ona to‘g‘ri yo‘l tutyaptimi? Ona qizlaridagi qanday
individual-psixologik xususiyatlarni hisobga olmayapti?
16. Bolalar bog‘chasidagi asosiy muammolardan biri bu
bolaning bog‘chaga kelishni xohlamasligidir. 6 yoshli endi
bog‘chaga qatnay boshlagan Xolida har kuni buvisi bilan keladi
va har safar yig‘lab, dodlab keladi, buvisi uni majburan tashlab
ketadi. Har kuni quyidagi bir xil manzarani ko‘rish mumkin:
«Buvijon, o‘zimning buvijonim meni tashlab ketmang, jon bu-
vijon, men bu yerda qolsam o‘lib qolaman, uyda hamma ayt-
gan ishlaringizni qilaman, supuraman, pol artaman, idishlar-
ni yuvaman, sizga qarashaman, faqat tashlab ketmang, iltimos
buvijooon…». Xuddi katta odamlardek. So‘ng guruh faoliyati-
da umuman qatnashmaydi, hammaning asabiga tegadigan bir
xil ovozda ming‘irlab 2–3 soatcha yig‘lab o‘tiradi, tarbiyachi-
ning so‘zlariga ham kirmaydi. Bu har kuni davom etavergach
tarbi yachi ham, bolalar ham e’tibor bermay qo‘yishdi, go‘yoki
shunday bo‘lishi kerakdek. Sayr vaqtlarida uni «Yig‘loqi!» deb
mas xaralashadi.
Savol: Xolidadagi bu holat yo‘qola boshlaydimi? U bog‘cha
sharoitiga ko‘nika oladimi? Bunday holat tarbiyachi uchun
qanday qiyinchilik tug‘diradi? Tarbiyachi Xolida bilan qanday
ishlashi kerak, yana kimlarni jalb qilishi kerak?
17. Guruhda ikki bola tarbiyalanadi. Yusufjon og‘ir, vazmin,
savollarga shoshilmasdan javob beradi, mashg‘ulotlarda ham
jonli qatnashmaydi, ishni sekin bajaradi, lekin ishlari va javob-
lari mukammal. Tarbiyachi vaqtni tejash maqsadida bu boladan
ko‘p so‘ramaydi, lekin har safar ishlarini namuna sifatida
ko‘rsatadi. Nuriddin esa chaqqon, hali qarasangiz u yerda, ha-
li bu yerda, bir yerda tinch tura olmaydi. Hamma narsani bi-
lishga intiladi, har bir narsani ushlab ko‘rishi kerak, har bir sa-
volga javob berishi ke rak. Ishlari va javoblari goh to‘liq, gohi
chala. Agar mashg‘ulotga qiziqsa oxirigacha bajaradi, majbur
qilib bo‘lmaydi. Har narsani so‘rayverib, oldingizga kelave rib
joningizga tegib ketadi, lekin ko‘rinmay qolsa qidirib qola siz.
Bu bolalar haqida «Ikkovini qo‘shib, yangidan ikkiga bo‘lib
438
qo‘yish kerak, shunda ikkita normal bola chiqadi», – deyisha-
di.
Do'stlaringiz bilan baham: