Maktabgacha yoshdagi



Download 12,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet253/344
Sana31.12.2021
Hajmi12,55 Mb.
#268394
1   ...   249   250   251   252   253   254   255   256   ...   344
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi

Savol:  Madinaning bolalar bog‘chasi va uyda o‘zini qan-

day tu tishiga baho bering. Nima uchun Madina uyda o‘zini 

shunday tutadi? Onasi Madinaga bo‘lgan munosabatini qanday 

o‘zgartirishi kerak?

27. «Odiljon, avval ovqatingni yeb ol, keyin shokolad be-

raman» – deydi ona bir marta. Odiljon yig‘lab, yo‘q deb be-

rishni talab qiladi. «Mumkin emas!» – deydi ona. Odiljon yana 

yig‘laydi, yana shokolad talab qiladi, bu hol uchinchi, to‘rtinchi 

marta takrorlanadi. Beshinchi martada ona taslim bo‘ladi: 

«Mana shokolad, yeya qol, faqat ovozingni o‘chir, hadeb jo-

nimga tegaverma!» – deydi. Endi Odiljon «Mumkin emas!» 

degan so‘zning kuchi yo‘qligini, ust-ustiga talab qilaversa, har 

bir xohlagan narsasi muhayyo qilinishini biladi. 

Savol: Onaning xatosini tahlil qiling.



441

28. 5 yoshli Ma’sud otasining soati qanday tuzilganini bi-

lishga qiziqib qoldi. U soatni astagina olib, qulog‘ini bura-

di. Keyin soatning ichini ochib, undagi g‘ildirakchalarni ush-

lab ko‘rdi; g‘ildirakchalar ko‘p edi… soat to‘xtab qoldi. Ma’sud 

yig‘lay boshladi. Onasi soatni yurgiza olmadi.

–  Endi menga dadam nima deydilar? – qo‘rqib ketib so‘radi 

Ma’sud.


– Qo‘rqma bolajonim, dadangga soatni mushugimiz yerga 

tushi rib yubordi, – deymiz, deb yupatdi o‘g‘lini ko‘ngli g‘ash 

bo‘l gan  ona.

Savol: Ma’sudning onasi va otasi o‘rtasidagi munosabat ha-

qida nima deyish mumkin? Bu munosabat bolaga qanday ta’sir 

qiladi?

29. «Agar hozir xonangni yig‘ishtirmasang senga multfilm 

ko‘rishga ham, o‘ynagani chiqishga ham ruxsat bermayman!» 

– deydi 6 yoshli Saidaning onasi. Bu hamma oiladagi odatiy 

holat. 

Savol: Bolada ozodalik, batartiblik ko‘nikmasini hosil qilish 

uchun yana qanday usullarni tavsiya qilasiz? Ona bolasini qil-

gan ishi uchun maqtashi kerakmi, nima uchun? Agar bola yu-

mushni bajarmasa ona qanday yo‘l tutishi kerak?

30. Bolasining qilgan o‘g‘irligi haqida birinchi marotaba 

onaga tarbiyachisi yoki uning o‘rtog‘i aytib qoldi. Ona bun-

dan nomus qilib bolasini urishdi, urdi. Tarbiyachi bu xa-

barni onani ayblash, yomon ona ekanligini bildirish uchun 

emas, balki bolani tarbiyalash uchun imkoniyat hisoblab ayt-

gan edi.


Savol: Bunday xabarni eshitgach bolani urish kerakmi? 6 

yosh 


dan kichik bolalar hali o‘g‘rilikning nimaligini, uning 

oqibatini kattalar o‘ylaganchalik tushunmaydilar. Bolaning 

o‘g‘rilik qilgan yoki qilmaganligini bilish uchun boladan qan-

day so‘ragan ma’ qul?

31. 2 yoshli bola kechirim so‘rashning mazmun-mohiyatini 

tushu nib yetmaydi. 3 yoshli bola esa «kechiring» deb ayta oli-

shi mum kin. 4 yoshga yetib bolalar kechirim so‘rashga odatla-

nadilar va ma’lum bir qiliqlaridan voz kechishlari lozimligini 

tushuna boradilar.



442

Savol: Kechirim so‘rash xohlagan qilig‘ini qilaverish uchun 

imkoniyatmi? Qanday hollarda kechirim so‘raladi? Tarbiyachi, 

ota-ona, umuman kattalar boladan qilgan yoki aytgan nojo‘ya 

harakatlari uchun kechirim so‘rashlari kerakmi? Nima uchun?

32.  Ba’zi bolalar ota-onasi aytganini qilishmasa polga yotib 

olib yig‘lashadi.



Savol: Bunday hollarda nima qilgan ma’qul? Bu hol meh-

monda, bog‘chada, do‘konda tez-tez yuz berib tursa ota-ona-

ga qanday maslahat berar edingiz? O‘jar va qaysar bolalar bilan 

ishlash tarbiyachiga qanday qiyinchilik tug‘diradi? 




Download 12,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   249   250   251   252   253   254   255   256   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish