Maktabgacha yoshdagi



Download 12,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet248/344
Sana31.12.2021
Hajmi12,55 Mb.
#268394
1   ...   244   245   246   247   248   249   250   251   ...   344
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi

Nazorat savollari:

1. Bolalarning maktabga o‘tishlari ularning hayotida qan-

day o‘zgarishlarga sabab bo‘ladi? 

2. Maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabga tayyorlashda 

ular ning qiziqishlaridan qanday foydalanish kerak? 

3. Olti yoshli bolaning maktabga psixik jihatdan tayyorligi 

qanday tekshiriladi?



434

MUAMMOLI PSIXOLOGIK MASALALAR

Maktabgacha (3–6 yosh) davri

1. 6 yoshli Nigoraning onasi shunday dedi: «Mening qizim 

menga uy ishlarida doimo yordam berishni xohlaydi. Men qay-

si ishga qo‘l urmay u darrov yordamga keladi. Lekin u ishim-

ni tez bitirib olishimga faqat xalal beradi xolos, keyin men uni 

o‘ynashga chiqarib yuborib, o‘zim uy ishlarini tezda bajarib 

olaman». 

Savol: Nigoraning onasi to‘g‘ri yo‘l tutyaptimi? Siz onaga 

qanday maslahat berar edingiz?

2. 5 yoshli Sanjar notinch oilada o‘syapti. Otasi, har kuni 

mast holda o‘g‘li oldida onasini haqorat qiladi, uradi. Bog‘chada 

rasm mashg‘ulotida Sanjar xunuk bir erkakning rasmini chizdi. 

Tarbiyachining: «Bu kim?», – degan savoliga: «Bezori…Aroq  

ichish yomon», – deb javob berdi.

Savol: Tarbiyachi Sanjar bilan ishlashda nimalarga e’tibor 

be rishi  kerak? 

3. Nuriddin to‘xtamasdan savol beraveradi: «Bu nima?», 

«Bu qanday mashina?», «O‘tirgan qanaqa odam?», «Nimaga 

shar qizil?» va hokazo. Javobni oxirigacha eshitmay ketib qola-

di, qaytib kelib yana savollar bera boshlaydi: «Fil kuchlimi, 

sherchi?», «Yomg‘ir qayerdan tushadi?» va h.k..

Savol: Qaysi yoshdagi bolalar bunday savollarni berishadi. 

Qanday hollarda savollar berishga ehtiyoj tug‘iladi? 

4. Maktabga tayyorlov guruhi bolalari o‘yin vaqtida bir-

birini itarishib bir bolani yiqitib yuborishdi. Natijada bolaning 

qo‘li qattiq og‘rib yig‘lab yubordi. Bu vaqtda tarbiyachi guruh-

da yo‘q edi.



Savol: Bunday vaqtda tarbiyachining birinchi qiladigan ishi 

nimadan iborat? Bunday vaziyatlarda tarbiyachiga qanday jazo 

qo‘llaniladi? Siz tarbiyachi bo‘lganingizda bolaning ota-onasi-

ga vaziyatni qanday tushuntirar edingiz?

5.  6 yoshli Madinaning onasi qizini kattalar suhbatiga quloq 

solib o‘tirishni yaxshi ko‘rishini sezib qoldi. Madina suhbatga 

goho aralashib ketar, boshqalardan eshitganlarini xursand hol-

da aytib berar edi. Onasi bu holatni ijobiy qarshilar edi.




435

Savol: Ona to‘g‘ri yo‘l tutyaptimi. Agar xato deb hisobla-

sangiz izohlab bering. Onaga qanday maslahat berar edingiz?

6. Anvar 4 yosh-u 5 oylik bog‘chada kunduzgi uyqu vaqti-

da to‘polon qiladi. Boshqa bolalarning uxlashiga xalal beradi. 

Karavotida tinch yota olmaydi. 

Savol: Siz Anvar bilan ishlashda qanday yo‘l tutar edingiz?

7.  Bolalar ota-onalar olib bergan o‘yinchoqlarni ichini kov-

lab, buzib tashlab yana yangisini olib berishni talab qilishadi. 

Ular ni urishishganida, nimadan yasalganini ko‘rmoqchi edim, 

deb o‘zlarini oqlashadi. 

Savol: Bolalardagi bunday holatni izohlab bering. Ulardagi 

asosiy motiv nimadan iborat? 

8. Ayrim ota-onalar, agar ularning farzandlari quloq sol-

masa, shunday deyishadi: «Buyoqqa kel, bo‘lmasam seni hozir 

bo‘bo‘ yeb qo‘yadi», «Ovqatingni yemasang doktor kelib sen-

ga ukol qiladi», «Quloq solmasang militsioner kelib olib ketib 

qoladi», «Ana olabo‘ji kelyapti» va h.k..

Savol: Bola tarbiyasida bunday usullardan foydalanish mum-

kinmi? Agar yo‘q bo‘lsa, nega? Xulosalaringizni tushuntirib bering.

9. Ayrim bolalar qorong‘iliqdan, sichqonlardan, biron 

narsa ning ustidan sakrab o‘tishdan, kasal bo‘lishdan va boshqa 

shu kabi narsalardan qo‘rqa boshlaydilar.

Savol: Nimaga bolalarda qo‘rquv paydo bo‘ladi? Psixologik 

tomondan asoslab bering.

10. Po‘lat maktabning tayyorlov guruhiga qatnaydi. Tarbi-

yachi ayrim paytlarda Po‘latni maqtaydi, lekin onasining ko‘ngli 

to‘lmaydi. Bola hamma narsani sekin, ishonchsizlik bilan ba-

jaradi. Onasi uni dangasalik qilyapti deb hisoblaydi. U o‘g‘liga 

o‘qishni va yozishni o‘rgatishni boshladi. U daftarlarga yozmoq-

da, agar yomon yozsa yoki xato qilsa, uni boshidan bajarishga 

majburlamoqda. Oxiri Po‘lat shunday dedi: «Men bilmayman, 

o‘xshamayapti, yaxshisi men o‘ynayman». Ona tushunmagan 

holda hayron bo‘ladi: «Qanchongacha o‘ynash mumkin? Balki 

uni ko‘proq maqtash kerakdir. Lekin nima uchun?»




Download 12,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   244   245   246   247   248   249   250   251   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish