Maktabgacha yoshdagi


Ilk yoshda lug‘at hajmining ko‘rinishi



Download 12,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet172/344
Sana31.12.2021
Hajmi12,55 Mb.
#268394
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   344
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi

Ilk yoshda lug‘at hajmining ko‘rinishi:

Bola yoshi

So‘z boyligi

1 yoshda


12–20

1,6 yoshda

30–40

2 yoshda


300–400

3 yoshda


1200–1300

So‘z bilan predmet o‘rtasida har xil bog‘lanish bo‘ladi, lekin 

dastlabki tushunish vujudga kelgan vaziyatga bog‘liqdir. Agar 

bola «koptok» so‘zi boshqa ko‘rinishdagi koptoklarga ham daxl-

dorligini tushunsa, «Koptok qani?» degan savolga koptok ning 

u yoki bu xilini ham ko‘rsata oladi. Yangi predmet bola o‘z taj-

ribasida uchratgan jismga o‘xshasa, tanishdek tuyulsa, yangi 

harakat bilan uni bildiradigan so‘zni o‘zaro bog‘lash birmun-

cha yengil ko‘chadi. Shunga o‘xshash vaziyat bola ning turmush 

tajribasida qanchalik ko‘p uchrasa, idrok qilingan predmetlar 

ko‘lami ham shunchalik tez kengayadi va bolaning lug‘at boyli-

giga qo‘shiladi. Bo laning faoliyatida unga beriladigan savollar-

ni tu shunish muhim ahamiyat kasb etadi va uning oddiy xatti-

harakatlarni amalga oshirish imkoniyatini yaratadi.

Tadqiqotchi E.K. 

Kaverinaning tajribasida tasdiqlangani-

dek, bolaning predmet nomini tushunishi quyidagi tartibda 

aks etishi mumkin:




285

a)  bola eng avval atrofidagi predmetlarning nomlarini;

b)  kat ta yoshli odamlar va o‘yinchoqlarning nomlari va 

rasmlarini;

d)  odamlarning gavdasining tuzilishini, uning bo‘laklari 

va hokazolarni tushunadi.

Tushunishning eng qulay, senzitiv davri bir yoshdan bir 

yarim yoshgachadir. Bu davrda bola predmet va jismlarning 

nomlarini yengil o‘zlashtirib oladi. Ikki yoshgacha davrida 

kattalar bilan muloqotga kirishishda uy jihozlari va boshqalar-

ni o‘rganadi.

Bola 2 yoshga to‘lganda nutqning rivojida yangi davr bosh-

lanadi. U ona tilining grammatik qoidalariga muvofiq gap tu-

zishga harakat qiladi. Uning nutqida deyarli barcha so‘z tur-

kumlari, murakkab bog‘lovchisiz gaplar uchray boshlaydi.

Bola uch yoshga qadam qo‘yganda, unda nutqni tu-

shunishning ko‘lami kengayadi, sifati esa yuqori darajaga 

ko‘tariladi. 2–3 yoshli bola kattalarning amaliy faoliyatni ba-

jarishga doir nutqini tu shunishdan tashqari ertak, hikoya, she’r 

kabilarni tinglashni ham yoqtirishi sababli ularda bayon qilin-

gan fikrlarni ham tushunishga intiladi. 3 yoshli bola faqat ya-

qin kishilari bilan emas, balki be gonalar, tengqurlari bilan ham 

muloqot ko‘lami kengayishi natijasida unda tom ma’nodagi 

nutq faoliyati vujudga keladi. Bolada kattalarning nutqiga, xat-

ti-harakatiga qiziqish kucha yadi, o‘ziga daxlsiz fikr va mulo-

hazalarni tinglash mayli paydo bo‘ladi, shuningdek, uning o‘zi 

atrof-muhitda, kattalar davrasida olgan ma’lumotlar va axborot-

lar bo‘yicha boshqalar bilan muloqotga kirishish istagi tug‘iladi. 

Uch yoshli bolaning nutqi muloqot quroli vazifasini bajarib, 

amaliy faoliyat bilan uzviy bog‘liq holda ro‘yobga chiqadi. Un-

da dialogik nutq paydo bo‘ ladi, chunki uning o‘ziga yoqadigan 

narsalar haqida savollar berishi yoki kattalarning savoliga javob 

qaytarishi dialogik nutqni taqozo etadi. Dialogik nutq zamiri-

da ona tilining grammatik tuzilishini faol egallash uchun keng 

imkoniyatlar yotadi, dialogik nutq bolaning kattalar bilan ham-

korlikdagi faoliyatining ajralmas tarkibiy qismi hisoblanadi.



Xayol jarayonining dastlabki ko‘rinishlari bolada ikki yosh-

ga to‘lib, uch yoshga qadam qo‘yganida ko‘rina boshlaydi. Ik-




286

ki yoshli bolalarda ko‘rinadigan dastlabki xayol ma’lum bir 

maqsadni ko‘zlamaydigan ixtiyorsiz xayoldir.

Til chiqishi bolalarda xayol jarayonining o‘sishiga ta’sir 

ko‘rsatadi. Ana shu davrdan boshlab bola tevarak-atrofdagi 

kishilarning so‘zini yaxshi tushunadigan bo‘lib o‘zidagi tasavvur-

lar zaxirasini bevosita idrok qilingan narsalar orqaligina emas, 

balki katta yoshli odamlar nutqi bilan ham to‘ldirib boradi. Bo-

la o‘ziga tushunarli mavzulardagi hikoya va ertaklarni qiziqib 

tinglaydi. O‘zi asosiy qahramon bo‘lib qatnashadigan hikoyalar-

ni jon-u dili bilan eshitadigan bo‘ladi. Bunday hikoya bolaga ju-

da tushunarli bo‘ladi, chunki bola hikoyani eshitib turib, bevosi-

ta, o‘zining idrokiga tayanadi. Bu yerda o‘ylab chiqarilgan voqea 

bolaning o‘zi haqiqatdan ishtirok qilgan voqealarga ulanib keta-

di. Bolaning hikoya va ertaklarni eshitishga juda ham qiziqishi, 

hikoya va ertaklarni tinglayotganida bolalar ning tajribasini ort-

tiradigan va xayolini o‘stirishga yordam beradigan xilma-xil va 

 aniq tasavvurlar hosil bo‘lishini ko‘rsatadi.

Nutqning o‘sishi bolaning yangi taassurotlar hosil qilishi va 

uni boyitishi bilangina cheklanib qolmay, balki u miyada hosil 

bo‘lgan yangi-yangi obrazlarni so‘zlar bilan ifodalashga yordam 

beradi. Masalan, ikki yarim yoshlardagi qizcha derazalardagi 

pardalar hilpirab va quyosh nurlarining shu’lalaridan tovlanib 

turganini ko‘rib, o‘zini polga tashlaydi va, «... qarang, oyi, go‘yo 

dengizga o‘xshaydi. Men cho‘milayapman...», – deydi. Bola nut-

qida shu go‘yo so‘zining paydo bo‘lishi juda ham xarakterlidir. 

Bola xayolidagi vaziyatni shu so‘z bilan ifodalaydi, real narsalar 

bilan xayolidagi narsalarni bir-biridan ajratadigan bo‘ladi.

Bola kattalarning gaplariga tushunadigan bo‘lgach, turli ertak 

va hikoyalarni qiziqib tinglaydigan bo‘ladi. Bolalar o‘zlari biladi-

gan, o‘zlariga yaxshi tanish bo‘lgan narsalar (hayvonlar, bolalar 

kabi) haqidagi hikoyalarni jon-u dili bilan eshitadilar. Bola bun-

day hiko yalarni eshitishda bеvosita o‘zining idrokiga, tasavvur-

lariga tayanadi. Bunday hikoyalarda («Uch ayiq», «Qizil shapka-

cha») o‘ylab chiqarilgan voqеa bolaning o‘zi haqiqatda ishtirok 

qilgan, idrok qilgan voqеalarga ulanib kеtadi. Natijada bolaning 

tajribasi ortadi va mustahkamlanadi. Bu esa o‘z navbatida bola 

xayolining o‘sishiga yordam bеradi. Har bir hikoyani eshitgan-




287

da bolada xilma-xil tasavvurlar yuzaga kеladi. Bola bu tasavvur-

lari yordamida xayol qilish qobiliyatiga ega bo‘ladi. Bola hikoya 

eshitish orqali olgan tasavvurlarini so‘zlar bilan ifodalaydi, taj-

ribasi oshib boradi. 3 yoshda bolaning xayol obrazlari tеvarak-

atrofdagi prеdmеtlarning ta’sirida tug‘iladi va ma’lum maqsadga 

bo‘ysunadi. Bola qo‘g‘irchoqni ko‘rib bo‘lgandan kеyin, uni ki-

yintiradi va «uxlashga» yotqizadi. Bordi-yu shu on «ayiqcha»ni 

ko‘rib qolsa diqqatini qo‘g‘irchog‘dan olib, ana shu «ayiqcha»ga 

qaratadi va u bilan «o‘rmonga sayr qilishga» kеtadi. Bolada tajri-

ba ortib, o‘yin faoliyati murakkablashib borishi bilan xayol ham 

boyib boradi.

Bolalar xayolining dastlabki rivojlanishida ular o‘yinining 

roli juda kattadir. Ularning yoshi ulg‘aygan sari ular o‘yinining 

mazmuni ham o‘zgarib boradi. Ikki yoshga to‘lish oldidan 

bolalar o‘yinida muhim o‘zgarishlar ro‘y beradi. Manipulat-

siya o‘yinlari bilan bir qatorda tasviriy o‘yin elementlari ham 

paydo bo‘ladi. Bola turmushda ko‘rgan ish harakatlarini o‘z 

o‘yinida aks ettiradi. Masalan bola qo‘g‘irchog‘ini «ovqatlanti-

radi», yotqizib «uxlatadi», uni «erkalaydi», «arg‘imchoqda uchi-

radi». Bola katta bo‘lgani sayin o‘yinda katta yoshli kishilarning 

harakatlariga taqlid qi lish tobora ko‘p o‘rin egallay boshlaydi. 

Ayni vaqtda o‘yinlar murakkablashib, mazmuni ham turli-tu-

man bo‘la boradi. Masalan, bola o‘ziga g‘amxo‘rlik qilayotgan 

onasining harakatlariga, duradgor, haydovchi, sartaroshning 

harakatlariga taqlid qila boshlaydi. Bolaning bunday o‘yinlarida 

esa endi tiklovchi xayolning yuzaga kеla boshlaganini ko‘ramiz.

Ilk yosh davridagi bolalarning harakatlarida tasviriy faoli-

yat elementlarining paydo bo‘lishi xayolning o‘sayotganligidan 

dalolat beradi. Masalan, bola bir nimalarni qog‘ozga chizib, 

nimanidir tasvirlashga urinib ko‘radi. Lekin dastlab bunday 

chizmakashlik faoliyati almoyi-aljoyi chiziqlar chizishdangina 

iborat bo‘ladi. Ikki yoshga tolganda bog‘chagacha tarbiya yoshi-

dagi bolaning tasviriy faoliyatida yangi, muhim element pay-

do bo‘ladi. U endi o‘zi chizayotgan rasmiga nom beradigan 

bo‘ladi. Tasviriy faoliyatining yuzaga kelishi bog‘chagacha tar-

biya yoshidagi bolaning tasavvur xayolini o‘stirishga yordam 

beradi. Ammo bu yoshda xayolning dastlabki nihollarigina pay-




288

do bo‘la boshlaydi. Bu nihollarni diqqat-e’tibor bilan doimo 

parva rish qilib turish tarbiyachi va ota-onalarning vazifasidir.

Mustaqil harakatlar.




Download 12,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish