8. Sistemalashtirish. Fikr obyektiv hisoblangan narsa va
hodi salarni zamon (vaqt), makon (fazo) va mantiqiy jihatdan
ma’lum tartibda joylashtirishdan iborat fikr yuritish operatsi-
yasidir. U bilimlarni o‘zlashtirishda, ko‘nikma va malakalar-
ni tartibga so
lishda muhim o‘rin tutadi. Sistemalashtirish
yordamida narsa va hodisalar, faktlar, fikrlar va obyektlar ma-
konda, vaqtda egallagan o‘rniga qarab mantiqiy joylashtiriladi.
Muammoli vaziyatlar
Tafakkur maqsadga yo‘naltirilganlik xarakteriga egadir.
Qachonki hayot va amaliyot jarayonida kishi oldida yan-
gi maqsad, yangi muammo, yangicha vaziyat paydo bo‘lsa,
unda dastavval tafakkur qilishga zarurat tug‘iladi. Masalan,
o‘qituvchi qandaydir yangi metodni qo‘llamoqchi bo‘lganda
yangi usul, vositalarni qidirganda, yangi maqsadlar tug‘ilib,
bu maqsadlarga eri shish uchun faoliyatning eski, avvalgi vo-
sita va usullari ye tishmay qoladi. Bunday vaziyatlar muam-
moli vaziyat deb yuritiladi. Muammoli vaziyatlardan bosh-
lanadigan aqliy faoliyat yordami bilan maqsadga erishish va
ehtiyojlarni qondirish ning yangi usullari hamda vositalarini
yaratish, ochish, topish, kashf etish mumkin bo‘ladi. Tafak-
kur – yangilikni izlash, ochish demakdir. Harakatning il-
garidan ma’lum eski bilimlar va malakalar bilan cheklash
mumkin bo‘lgan hollarida muammoli vaziyat yuzaga kel-
maydi va shuning uchun tafakkur ham mutlaqo talab qilin-
153
maydi. Masalan, 2-sinf o‘quvchisini «2x2 qancha bo‘ladi?»
tipidagi savol fikr yuritishga majbur qilmaydi. Bunday savol-
ga eski bilimlarning o‘zi kifoya, bu yerda tafakkur ortiqcha-
dir. Muammoli vaziyat bilan masalani farq qilish zarurdir.
Muammoli vaziyatda kishi faoliyat davomida ko‘pincha ku-
tilmaganda, qandaydir, tushunib bo‘lmaydigan, noma’lum,
tashvishli narsalarga duch kelib qoladi. Muammoli vaziyat
bamisoli «nimalardir ko‘ngildagidek emasligi»dan go‘yo sig-
nal beradi. Masalan, uchuvchi samolyotni boshqarib keta-
yotganda, to‘satdan motorda noaniq shovqinni payqay bosh-
laydi. Lekin u motorning qaysi qismida, nima sababdan,
qanday hodisa ro‘y berayotganini aniqlay olmagan. Bundan
tashqari, u yuz berishi mumkin xavfning oldini olish uchun
qanday harakat qilish ke rakligini hali bilmaydi. Mana shun-
day tarzdagi muam moli vaziyatdan tafakkur jarayoni bosh-
lanib ketadi. Muammoli vaziyatni tah lil qilish natijasida sof
ma’nodagi masala, sof ma’nodagi mu ammo paydo bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |