17
Psixologiya fanining tarmoqlari
Psixologiya fani jamiyatdagi barcha sohalarga kirib borgan
bo‘lib barcha fanlar bilan chambarchas bog‘langan. Har bir soha-
si o‘z yo‘nalishida psixologiyaning ma’lum bir yo‘nalishini ochib
berish bilan, kasb-psixologiyasiga oid tushuncha va qarorlarni il-
gari suradi:
pedagogik
psixologiya
umumiy
psixologiya
savdo
psixologiyasi
PSIXOLOGIYA
FANINING
PSIXOLOGIYASI
maxsus
psixologiya
eksperimental
psixologiya
bolalar
psixologiyasi
ijtimoiy
psixologiya
qiyosiy
psixologiya
muhandislik
psixologiyasi
sotsial
psixologiya
yuridik
psixologiya
mehnat
psixologiyasi
yosh davrlari
psixologiyasi
Psixologiya fani jamiyatdagi barcha sohalarga kirib borgan bo‘lib
hozirgi kunda uning 300 dan ortiq tarmog‘i mavjud.
–
umumiy psixologiya
– psixologiya tomonidan aniqlanadigan
eng
umumiy qonuniyatlarni, bu fanda qo‘llaniladigan tadqiqot
metodlarini, nazariy prinsiplarni, ilmiy tushunchalarni ta’riflaydi.
Psixik jarayonlar, psixik holatlar, psixik xususiyatlardan iborat
uchta asosiy
kategoriyani birlashtiradi;
18
–
pedagogik psixologiya
– ta’lim-tarbiya jarayonining psixologik
qonuniyatlarini o‘rganishni o‘z predmeti deb biladi. O‘qituvchi
va tarbiyachilar uchun bolalar psixologiyasini va pedagogik psi-
xologiyani bilish, ayniqsa, katta ahamiyatga ega. Pedagogik psi-
xologiya ta’lim jarayonida o‘quvchilar psixikasini, ularni muvaf-
faqiyatli o‘qitish va tarbiyalashning psixik sharoitlarini tekshiradi.
Pedagogika va maxsus fanlar psixologiyaning ma’lumotlari negi-
zida ish ko‘radi;
–
yosh davr psixologiyasi
– turli yoshdagi odamlarning
tug‘ilgandan to umrining oxirigacha psixik rivojlanishi jarayoni-
ni, shaxsning shakllanishi va o‘zaro munosabatlari qonuniyat-
larini o‘rganadi. Bolalar psixologiyasi bola rivojlanishining turli
bosqichlarida uning psixikasini o‘rganadi;
–
maxsus psixologiya
– psixik rivojlanishda normadan og‘gan
bolalar, ya’ni anomal taraqqiyot psixologiyasini o‘rganadi. Patopsi-
xologiya – kasallar psixologiyasi. Oligofrenopsixologiya – aqli
zaiflar psixologiyasi, surdopsixologiya –
kar-soqovlar psixologi-
yasi, tiflopsixologiya – ko‘zi ojizlar psixologiyasi;
–
ijtimoiy psixologiya
– jamiyatda odamlarning birgalikda-
gi ish faoliyatlari natijasida ularda hosil bo‘ladigan tasavvur-
lar, fikrlar, e’tiqodlar, hissiy kechinmalar
va xulq-atvorlarni
o‘rganadi;
–
mehnat psixologiyasi
– kishi mehnat faoliyatining psi xologik
xususiyatlarini, mehnatni ilmiy asosda tashkil etishning psi-
xologik jihatlarini o‘rganadi;
–
muhandislik psixologiyasi
– avtomatlashtirilgan boshqaruv
sistemalari operatorining faoliyati, odam-texnika o‘rtasida funksi-
yalarni taqsimlash va muvofiqlashtirish xususiyatlarini o‘rganadi;
–
yuridik psixologiya
– huquq sistemasining amal qilishi bilan
bog‘liq masalalarning psixologik asoslarini o‘rganadi;
–
harbiy psixologiya
– kishining harbiy harakatlar sharoitida
namoyon bo‘ladigan xulq-atvorini, boshliqlar bilan ijro etuvchilar
o‘rtasidagi munosabatlarning psixologik jihatlarini o‘rganadi;
–
savdo psixologiyasi
– jamiyatda tijoratning psixologik sha-
roitlari, ehtiyojning individual, yoshga
va jinsga oid xususiyat-
larini, xaridorga xizmat ko‘rsatishning psixologik omillarini aniq-
laydi, modalar psixologiyasi kabi masalalarini o‘rganadi;
19
–
tibbiyot psixologiyasi
– shifokor faoliyati psixologiyasini, be-
mor xulq-atvorining psixologik jihatlarini o‘rganadi.
Shuningdek, psixologiyada etnopsixologiya, oilaviy hayot psi-
xo logiyasi, boshqaruv psixologiyasi, shaxs psixologiyasi, rahbar
psixologiyasi, parapsixologiya va boshqa ko‘plab sohalar mavjud.
Psixologiyaning qaysi tarmog‘ini olmang ular oldida turgan asosiy
vazifalar mehnat faoliyatida odamlar ishini yengillashtirish va ta-
komillashtirishdan iboratdir.
Psixologiya fanining fanlar tizimida tutgan o‘rni
XVIII asrga kelib psixologiya falsafa tarkibidan ajra-
lib chiqdi va mustaqil fan darajasiga ko‘tarildi.
Uning mus-
taqil bo‘lishi tez rivojlanishga olib keldi. Natijada XX asrga
ke lib o‘zining eng muhim muammolarini ishlab chiqa bosh-
ladi. Hozirgi davr ga ke lib psixologiya fani o‘zining alohida
o‘rganish metod la riga, o‘ziga xos vazifalariga va o‘z predmeti-
ga ega bo‘lib qoldi. Hozirgi vaqtda psixologiya inson haqidagi
eng muhim fanlardan biri sifatida tan olinmoqda. Psixologiya
falsafa, tabiatshunoslik, pedagogika, sotsiologiya, tabiiy fanlar,
texnika fanlari, kibernetika iqtisodiyot kabi ko‘plab fanlar bi-
lan bog‘langan.
Do'stlaringiz bilan baham: