Shunday qilib,
motiv
odamni faoliyatga undovchi sabab-
dir, maqsad esa odamning nimagadir intilishi, muayyan ishni
bajarishidir. Maqsad hamisha ham motiv bilan mos kelavermay-
di. Ammo odamning maqsadi faoliyatning motiviga aylangan
taqdirdagina muhim omil bo‘la oladi. Bunda odamda o‘z ol diga
qo‘yilgan vazifani mumkin qadar yaxshiroq bajarishga intilish
paydo bo‘ladi. Bu esa uning ehtiyoji bo‘lib qoladi.
Bu sistemada maqsadlardan biri eng yaqin, boshqalari olis-
roq maqsadlar hisoblanadi. Faoliyat motivlari xuddi shu sin-
gari eng yaqin yoki qisqa muddatli va olis motivlar bo‘ladi. Agar
odam faqat qisqa vaqtga mo‘ljallangan motivlar bilan ish ko‘rsa,
uning faoliyati istiqbolga ega bo‘lmasligi mumkin. Bu esa
odamning qiziqishlari cheklanganligidan yoki unda zarur prin-
sipiallikning yo‘qligidan dalolat beradi. Eng yaqin motivlargagi-
na amal qilgan holda ish tutuvchi kishilarning odatda o‘z oldila-
riga qo‘yadigan maqsadlari ham yengil bo‘ladi. Bu toifa odamlar
katta qiyinchiliklarni yengishga odatlanmagan bo‘ladi. Olisni
ko‘zlab ish ko‘ruvchi odam yaqin maqsadlarga o‘z faoliyatining
bosh maqsadiga erishish yo‘lidagi zarur bosqich, pog‘ona sifati-
da qaraydi. Qiyinchiliklar bunday odamlarni ishdan voz kechish-
ga unday olmaydi, ayrim muvaffaqiyatsizliklar bunday kishi-
larning o‘z ol dilariga qo‘ygan vazifalarini amalga oshirishlarini
susaytirmaydi, balki kuchaytiradi, xolos.
Faoliyatning amalga oshirish va shaxs xulq-atvorini tushunti-
rish uchun psixologiyada motiv va motivatsiya tushunchalari ish-
latiladi.
Motivatsiya –
inson xulq-atvori, ularning bog‘lanishi,
yo‘nalishi va faolligini tushuntirib beruvchi psixologik sabablar
majmuini bildiradi. Bu tushuncha u yoki bu shaxs xulqini tu-
66
shuntirib berish kerak bo‘lganda ishlatiladi. Motiv aniq tushun-
cha bo‘lib, u shaxsdagi u yoki bu xulq-atvorga nisbatan turli
moyillik, hozirlikni tushuntirib beruvchi sababni nazarda tuta-
di. Motivlar, ya’ni u yoki bu faoliyatni bajarish uchun moyillik-
ni aniqlashda psixolog Kurt Levin ish olib borgan. Inson kayfi-
yatiga qarab har qanday harakat motivlarini turlicha talqin qilish
mumkin.
Amerikalik psixologlarning fikricha shaxs motivining ikki tu-
ri mavjud:
– muvaffaqiyatga erishish motivi;
– muvaffaqiyatsizlikdan qochish motivi.
Odamlar ham u yoki bu faoliyatlarga kirishishda qaysi motiv-
ga mo‘ljal qilishlariga qarab farqlanadilar. Masalan, faqat muvaf-
faqiyat motivi bilan ishlaydiganlar oldindan ishonch bilan shun-
day ish boshlaydilarki, nima qilib bo‘lsa ham yutuqqa erishish
ular uchun oliy maqsad bo‘ladi. Ular hali ishni boshlamay tu-
rib, yutuqni kutadilar va shunday ishni amalga oshirishsa, odam-
lar ular ning barcha harakatlarini ma’qullashlarini biladilar. Bu
yo‘lda ular nafaqat o‘z kuch va imkoniyatlarini, balki barcha
tashqi imkoniyat laridan – tanish-bilishlar, mablag‘lar kabi omil-
lardan ham foydalanadilar.
Muvaffaqiyatsizlikdan qochish motivatsiyasiga tayangan
shaxs larda birinchilardan farqli, ishni boshlashdan avval nima
bo‘lsa ham muvaffaqiyatsizlikka duchor bo‘lmaslikni o‘ylaydilar.
Shu tufayli ularda ko‘proq ishonchsizlik, yutuqqa erishishga
ish on maslik, pessimizmga o‘xshash holatlar kuzatiladi. Shu-
ning uchun bo‘lsa kerak, oxir-oqibat ular baribir muvaffaqi-
yatsizlikka uchraydilar. Agar birinchi toifali shaxslar bir ish-
ni muvaffaqiyatli tugatgach, ko‘tarinki ruh bilan ikkinchi ishga
kiri shi sh sa, ikkinchi toifa vakillari, har qanday ishni yakunla-
gandan so‘ng, uning natijasidan qat’i nazar, ruhan tushkunlik-
ka tushadilar va og‘rinish hissi bilan boshqa ishga kirishadilar.
Bu o‘rinda talabchanlik sifatining roli katta bo‘lib, agar mu-
vaffaqiyatga yo‘nalgan shaxslarning o‘zlariga nisbatan qo‘ygan
talablari darajasi ham yuqori bo‘lsa, ikkinchi toifa vakillari-
ning talablari aksincha, past bo‘ladi. O‘zidagi qobiliyatlarga
ishon gan shaxs hattoki mag‘lubiyatga uchrasa ham, unchalik
67
qayg‘urmaydi, keyingi safar hammasi yaxshi bo‘lishiga ishona-
di, ishonchsiz shaxs esa kichkina berilgan tanbeh yoki tanqidni
ham juda katta ruhiy azob bilan qayg‘urib boshdan kechiradi.
Uning uchun ham shaxsning u yoki bu vaziyatlarda qayg‘urish
sifati ham ma’lum ma’noda motivlar xarakterini belgilaydi.
Qiziqishlarning psixologik mohiyati
Kishilarda ehtiyojlar asosida qiziqishlar va mayllar vujudga
keladiki, ular shaxsning ko‘zlagan maqsadini ma’lum darajada
belgilab beradi.
Kishining nimagadir e’tibor berishiga, qandaydir predmet
va hodisalarni bilishga intilishi
Do'stlaringiz bilan baham: |