400
tu shuntiriladi. Agarda, ijtimoiy nazorat pasaytirilsa, bola ko‘p
hollarda vaziyatdan kelib chiqib o‘z xohishiga ko‘ra harakat qi-
lishga tayyor bo‘ladi. «Ko‘rinmas odamga aylanib qolsang nima
qilar ding?» – degan savol bola uchun ijtimoiy nazorat go‘yoki
pasay ganday bo‘ladi. Etalonga muvofiq axloqiy harakatni amal-
ga oshirib, bola kattalarning ijobiy bahosini kutadi, chun-
ki ma’qullanish uning tan olinishga
intilishini mustahkamlay-
di. Atrofdagilar tomonidan ma’qullanishni kutishda bola ataylab
o‘zining fazilatlarini ko‘rsatishga moyil bo‘lib qolishi mumkin.
Ba’zan bola maqtov olish uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni qil-
sa, unda axloqni namoyish etish shakllari paydo bo‘lishi mumkin.
U ataylab o‘zining yaxshi fazilatlarini ko‘rsatadi. Aynan eng yu-
qori axloqiy harakatda bola oxir-oqibat o‘zi uchun qanoatlanish
hissini boshidan kechiradi. Ko‘pgina bolalar muloqot shakllarini
yaxshi biladilar, muloyimlikning natijasini tushuna oladilar. Bi-
roq muloyimlik turli vaziyatlarda turlicha namoyon bo‘ladi. Maz-
munli-rolli o‘yin davomida bolalar orasidagi munosabatlarda mu-
loyimlikning ko‘rinishi, real munosabatlardagi muloyim so‘zlarni
bolalar ko‘pincha manfaatdor bo‘lgan vaziyatlarda qo‘llashlaridir.
Psixik zo‘riqish holatida muloyimlik osonlik bilan buziladi. Ijti-
moiy tajribalar go‘yoki o‘yindagi sherigidan kelib chiqqan yutuq-
qa tahdid holatida bola tomonidan muloyimlikning «yo‘qotilish»
dinamikasini namoyon qiladi.
Katta bog‘cha yoshidagi bolalarda o‘yindagi sherigining mu-
vaffaqiyatsizligi holatidagi muloyimligi va hamdardligi, umuman
olganda ko‘p hollarda o‘z o‘rnini jahl va qo‘pollik bilan almash-
tiradi. Bolaning boshqalarga nisbatan muloyim, g‘amxo‘r muno-
sabatga bo‘lgan ehtiyojini tarbiyalash, agar bolaga nafaqat mu-
loyimlikning mohiyatini tushuntirganda, balki ular bilan doimiy
tarzda muloyimlik me’yorlariga muvofiq muloqot qilganda muva-
faqiyatli bo‘ladi. Faqat bu holatda muloyimlik namoyon qilinadi-
gan harakatdan mustahkam ko‘nikmaga aylanadi.
Oilaning bola shaxsini shakllanishi va rivojlanishidagi o‘rni.
Oila bolani o‘rab turgan ijtimoiy muhitning eng muhim bo‘g‘inidir.
Uning bola shaxsi shakllanishiga ko‘rsatadigan ta’siri
benihoya
kattadir. Bolaning mustaqilligi nisbiy bo‘lib, u ko‘p jihatdan kat-
talar qaramog‘i va yordamiga muhtoj bo‘ladi. Ota-onaning fikri
401
va munosabati bu davrda shunchalik katta undovchi kuchga ega
bo‘ladiki, u xulq-atvorning regulatori va psixik rivojlanishning
stimulatori bo‘lib xizmat qiladi. Psixiatrlarning ta’kidlashicha,
bolani haddan tashqari qattiqqo‘llik bilan tarbiyalash unda nev-
rozlarni va psixosteniyani keltirib chiqaruvchi omillardan biridir.
Har bir oiladagi munosabatlar o‘ziga xos hamda takrorlan-
masdir. Biroq ota-ona va bola munosabatlarining umumiy jihat-
lari ham mavjuddir. Ota-onalar bolalar xulq-atvorini boshqarishda
qanday usullardan foydalanishlariga ko‘ra o‘rtadagi munosabatlar
ko‘pincha «demokratik» va «avtoritar» kabilarga ajratiladi. Bolalar-
ga oilaviy ta’sir etishning «demokratik» shakli uchun quyida gilar
xos: bolaga ko‘p narsaga ruxsat beriladi, bola bilan ko‘p muloqot
qilinadi, unga ishonch va hurmat bilan munosabatda bo‘linadi, ota-
onalar bo‘lar-bo‘lmas taqiqlar qo‘ymasikka harakat qiladilar, bu-
ning o‘rniga ular bolalarga oiladagi tartib-qoidalarni tushun tirishga
intiladilar, iloji boricha bolalarning
savollariga javob be rishga,
ularning qiziquvchanliklarini qondirishga harakat qiladilar. Oila-
dagi «avtoritar» muhit bolalarga nisbatan haddan tashqari taqiqlar-
ning ko‘pligi bilan xarakterlanadi. «Hukmron» ota-onalar bola-
dan to‘liq bo‘ysunishini talab qiladilar. Bunday oilalarda bolalarga
xulq-atvor qoidalarini tushuntirishga qaratilgan muloqot kamdan
kam o‘tkaziladi. Shu narsa aniqlanganki, «avtoritar» va «demokra-
tik» oilalarda tarbiyalanuvchi bolalarning shaxsiy xususiyatlarida
muayyan farq mavjud bo‘ladi. «Demokratik» oilalarning farzand-
lari ijodkorlikka moyil, tashabbuskor, liderlikka intiluvchan, kon-
formizmni (guruh fikriga tobe bo‘lishni)
inkor etuvchi, ijtimoiy
munosabatlarida ko‘proq emotsiyalarni his etuvchi bo‘ladilar.
Sotsiometrik tajribalardan ma’lum bo‘lishicha oiladagi muhit
iliq, ota-ona va bola o‘rtasidagi munosabatlar demokratik asosga
qurilgan bo‘lsa, bola o‘z tengdoshlarining orasida jamoada yuqori
mavqega, aksincha, nosog‘lom oilada
tarbiyalanayotgan bolalar
ancha past mavqega ega bo‘ladilar. Shu narsa aniqlanganki, bola
qanchalik ko‘p erkalatilsa, shaxs sifatida shuncha sekin yetiladi,
u passivlikka moyil bo‘ladi, ehtimol, keyinchalik uning xarakteri
kuchsiz bo‘lib shakllanadi. Oiladagi psixologik iqlim, ya’ni bolalar
bilan bo‘lgan muloqot xarakteri, ularga mehr-muhabbat, diqqat-
e’tibor bilan munosabatda bo‘lish o‘sib kelayotgan inson axlo-
402
qiy qiyofasining shakllanishida o‘ta muhim rol o‘ynaydi. Shuning
uchun ham barkamol inson tarbiyasi avvalo oiladagi muhitning
sog‘lom bo‘lishini taqozo qiladi. Bog‘cha yoshidagi bolalarning
oila a’zolariga bo‘lgan munosabatlari o‘g‘il va qiz bolalarda farq-
lanadi. Masalan, o‘g‘il bolalar qizlarga nisbatan ko‘proq o‘z jin-
sidagi oila a’zolari – otasi, akasi, bobosiga o‘zini yaqin tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: