28-rasm.
Skolioz kasaliga uchragan bolaning qiyshayib qolgan umurtqa
suyagi.
Skolioz kasalligiga uchramaslik uchun bola yotadigan to‘shak
tekis, boshiga qo‘yiladigan yostiq ham ortiqcha baland bo‘lmasligi
kerak. Bola yurishga o‘rganayotganida goh o‘ng, goh chap qo‘lidan
ushlab unga yordam berish lozim. Ana shu kabilarga rioya qil-
gandagina bolani skolioz kasalligidan saqlab qolish mumkin.
Yangi tug‘ilgan bolaning bosh suyagi hali yaxshi qotmagan
bo‘lib, uning oldingi qismida peshana liqildog‘i va orqa qis mida
esa ensa liqildog‘i bo‘ladi. Bola bir yoshga to‘lguncha uning kal-
la suyagi qotib, bu bo‘shliqlar (liqildoqlar) tutashib ketadi. Li-
qildoqlarning biri 2–3 oy mobaynida, ikkinchisi bola 12–14 oy-
lik bo‘lgandagina tutashib, bitib ketadi. Chaqaloq bolalar kal la
suyagining hali yaxshi qotmaganligi va ayrim joylarining tu-
250
tashmaganligini nazarda tutib, ularni doimo ehtiyot qilish lozim.
Bola yoshga to‘lib, yurib ketgach u jismoniy jihatdan ancha mus-
tahkamlanib boradi.
Chaqaloqlik va go‘daklik davrida bola nerv sistemasining
rivojlanishi
Bola psixik taraqqiyotining anatomik va fiziologik asosini
tashkil etuvchi nerv sistemasining rivoj lanishi bolaning bir yosh-
gacha bo‘lgan davrida juda jadal sur’at bilan boradi. Bola ancha-
gina takomillashgan nerv sistemasi bilan tug‘iladi. Biroq chaqaloq
bolalarning nerv sistemasi o‘zining tuzilishi va vazifasi (funksiya-
si) jihatidan katta odamlar nerv sistemasidan keskin farq qiladi.
Go‘dak bolalar nerv sistemasining hamma qismlari barobar
rivojlanmaydi. Ularda eng oldin nerv sistemasining quyi qismlari,
ya’ni orqa miya, uzunchoq miya takomillashadi. Chunki nerv sis-
temasining bu qismlari tug‘ma yo‘l bilan o‘tadigan shartsiz ref-
lekslarning markazlari hisoblanadi. Eng keyin nerv siste masining
yuksak qismlari, ya’ni oliy nerv faoliyati bi lan bog‘liq bo‘lgan kat-
ta miya yarimsharlari va uning po‘stloq qismi takomillashadi.
Yangi tug‘ilgan chaqaloq bolalarning katta miya yarimsha rlari
o‘zining tuzilishi va tashqi ko‘rinishi jihatidan katta odamlar mi-
yasidan deyarli farq qilmasada, vazni jihatidan keskin farq qiladi.
Masalan, yuqorida ko‘rsatib o‘tganimizdek, katta odam lar mi-
yasining o‘rtacha vazni 1400 g bo‘lsa, yangi tug‘ilgan chaqaloq
miyasining vazni 350–400 g bo‘ladi. Bundan tashqari, chaqaloq
bolalar bosh miya yarimsharlari po‘stining burmalari katta odam-
larnikiga qaraganda juda kam bo‘ladi. Yangi tug‘ilgan chaqaloq
bolalar bosh miya katta yarimsharlari po‘stidagi nerv hujayrala-
rining soni katta odamlarnikidan kam bo‘lmaydi, ya’ni 14–15
milliard bo‘ladi. Bosh miya katta yarimshar lari po‘stidagi nerv
hujayralari (neyronlar) odamga tug‘ilishdanoq ma’lum miqdor-
da berilgan bo‘ladi. Keyinchalik odamning individual hayoti da-
vomida bunday nerv hujayralari birorta ham qo‘shilmaydi. Farq
faqat shundaki, chaqaloq bolalar bosh miyasi katta yarimshar-
lari po‘stidagi nerv hujayralari hali tuzilishi jihatidan juda sodda,
hajm jihatidan kichik, o‘simtalari (dendrit va neyrit) yaxshi rivoj-
lanmagan bo‘ladi. Bolalar nerv sistemasining rivojlanishi davo-
251
mida har bir hujayradan ko‘proq miqdorda dendritlar o‘sib chiqa-
di. Shu tariqa bolalar bosh miyasi katta yarimsharlari po‘stining
sathi orta boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |