233
Bola o‘z tabiatiga ko‘ra juda ham taqlidchan bo‘ladi. Taqlid-
chanlik bola psixikasi taraqqiyotini belgilovchi omillardan biri-
dir. Bola har doim o‘z oilasidagi katta odamlar qurshovida yashar
ekan, u hamisha ana shu o‘ziga yaqin odamlarning xatti-ha-
rakatlariga taqlid qiladi. Taqlid qilish orqali har xil insoniy mu-
nosabatlar va fazilatlarni o‘ziga sekin-asta singdirib bo radi. Tash-
qi muhitning, ya’ni oila muhitining bola psixikasiga ta’siri nutq
(til) taraqqiyotida juda yaqqol ko‘rinadi. Bola tug‘ilishidan bosh-
lab qanday nutq turi muhitida yashasa, ana shu tilda gapiradi-
gan bo‘ladi. Bola o‘sgan sari muhit doirasi ham kengaya boradi.
Ijtimoiy muhit (dastavval oila, hovli, ko‘cha, mahalla)dan sekin-
asta kengaya borib, shahar, respublika va butun mamlakat miq-
yosiga o‘tadi. Ana shunga mos ravishda ijtimoiy muhitning bola-
ga ta’siri manbalari ham borgan sari kengaya va ko‘paya boradi.
Bola oila doirasidan tashqariga chiqqandan so‘ng unga o‘zgalar
ham ta’sir eta boshlaydi. Bola endi faqat o‘z
oilasidagi katta
odamlarning xulq-atvori va xatti-harakatlarigagina emas,
balki
yaqin atrofidagi boshqa odamlarning, o‘z tengqurlarining xulq-
atvorlari va xatti-harakatlariga ham taqlid qila boshlaydi. Ana
shu tariqa ijtimoiy muhit bolaning psixikasiga bo‘lgan ta’sirini
kengaytira boradi.
Shunday qilib, ijtimoiy muhit bolalar psixikasi ning taraqqiyo-
tiga faol ta’sir etadigan eng muhim omillardan biri bo‘lib, uning
o‘zgarishi bola psixikasining o‘zgarishiga sabab bo‘ladi.
Psixik taraqqiyot va ta’lim
Bolaning psixik taraqqiyotida ta’lim va tarbiya juda kat-
ta ahamiyatga ega. Uzoq muddat davomida beriladigan ta’lim-
tarbiya ishlari hozirgi vaqtda oiladagi tarbiya ishlari bilan birga
qo‘shib olib borilmoqda.
Boshqacha qilib aytganda, bolaga ju-
da yoshlik chog‘idan boshlab qat’iy dastur asosida ta’lim-tarbiya
berila boshlanadi.
Bola maktabgacha ta’lim muassasasida maktabda izchil surat-
da ta’lim va tarbiya oladi. Bunday uzoq muddatdagi maxsus ijti-
moiy ta’lim va tarbiya bolaning psixik taraqqiyotiga ta’sir etmay
qolmaydi. Shuning uchun bolaning
umumiy psixik taraqqiyoti
ko‘p jihatdan ta’lim-tarbiyaning ta’siriga bog‘liqdir.
234
Psixolog L.S. Vigotskiyning fikri-
ga ko‘ra, ta’lim-tarbiya jarayoni psixik
taraqqiyot jarayoniga mos kelmaydi.
Bola ijtimoiy tajribani ta’lim-tar biya
jarayonida o‘zlashtirib, rivojlanadi. De-
mak, ta’ lim-tarbiya
jarayoni har doim
psixik taraqqiyotdan bir qadam oldin-
da boradi. Ta’lim-tarbiya
jarayoni bo-
laning psixik taraqqiyoti uchun sha-
roit yaratib, zamin hozirlaydi va psixik
taraqqiyotni o‘z ketidan ergashtirib bo-
radi.
L.S. Vigotskiy psixik taraqqiyotning 2
bosqichini belgilab
berdi:
Do'stlaringiz bilan baham: