Maktabgacha yoshdagi imkoniyati cheklangan bolalar bilan korreksion ishlarni tashkil etish Mansurova Lobar Luqmon qizi



Download 12,74 Kb.
Sana25.03.2022
Hajmi12,74 Kb.
#510300
Bog'liq
MT-202 Mansurova Lobar


Maktabgacha yoshdagi imkoniyati cheklangan bolalar bilan korreksion ishlarni tashkil etish
Mansurova Lobar Luqmon qizi
QarDUPI ,Pedagogika fakulteti, Maktabgacha ta`lim yo`nalishi 2- kurs talabasi.
Annotatsiya
Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi imkoniyati cheklangan bolalar bilan korreksion ishlarni tashkil etish tog'risida ma'lumot berilgan.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Alohida ta`lim ehtiyoji bo`lgan bolalarga ta`lim–tarbiya berish tizimini yanada takomillshtirish chora- tadbirlari to`g`risida “ gi PQ-4860-son qaroriga muvofiq maktabgacha ta`lim tashkilotlarida imkoniyati cheklangan va alohida ehtiyojli bolalar bilan ishlashda asosan inkluziv ta`limdan foydalanilmoqda.[1] Inklyuziv -so`zi ingliz tilidagi “inclusion” so`zidan olingan bo`lib “uyg`unlashish” degan ma`noni anglatadi. Keng ma`noda inkluziya –kam ta`minlangan oilalarning farzandlari , ijtimoiy zaif oilalarning bolalari, iste`dodli bolalar, sog`ligida muammolari bo`lgan bolalar va boshqalarni o`z ichiga oladi.
Imkoniyati cheklangan bolalarga inklyuziv ta`lim berish tamoyillari:
— Individual yondashuv tamoyili;
— Bolaning mustaqil faoliyatini qo`llab –quvvatlash tamoyili;
— Barcha ishtirokchilarning ta`lim jarayoniga faol qo`shilish tamoyili;
— Kompleks yondashuv tamoyili;
—Ta`lim va tarbiya jarayonlarini tashkil etishda o`zgaruvchanlik tamoyili;
— Oila bilan sheriklik tamoyili.
Yuqorida ta`kidlab o`tilgan tamoyillarning barchasi imkoniyati cheklangan bolalarning rivojlanishi va ularning bilim olishga bo`lgan qiziqishini oshirishga qaratilgan hisoblanadi.Imkoniyati cheklangan bolalar bilan ta`lim tarbiyaviy jarayonni tashkil etish bo`yicha pedagoglarga beriladigan tavsiyalar ham bor.
Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo`yiladigan davlat talablari va “Ilk qadam” davlat dasturini o`zlashtirgan alohida ehtiyojli boladagi kamchiliklarni korreksiya qilish ishlari yoki ularning har bir toifasining rivojlanish xususiyatlarini o`ziga xos ta`lim ehtiyojlarini hisobga olish kerak.[2] Ta`lim- tarbiya jarayonini tashkil etishda pedagoglar guruhlarda quyidagilarga e`tibor berishi kerak:
Zaif ko`ruvchi bola:

  • MTT binosidagi guruhlardan boshqa xonalarga o`tish yo`lida qanday belgilar borligi bo`yicha bolalarga ko`rsatma berish;

  • ko`zida nuqsoni bo`lgan bolani yaxshi ko`rishi uchun ob`yektga yaqinroq o`tkazish kerak yoki individual ko`rinishdagi ko`rgazmadan foydalanish.

Zaif eshituvchi bola:

  • zaif eshituvchi bolaning oldiga birdaniga paydo bo`lish noqulaylik keltiradi. uni yoniga asta-sekin yaqinlashishga harakat qilish,yaqinlashishga harakat qiling, yaqinlashayotganda so`z yoki tovushlar chiqaring;

  • ular bilan eshitish mumkin bo`lgan masofada bo`ling , unga qaratilgan so`zlarni aniq va ravon gapirishga harakat qiling.

Ruhiy tivojlanishda orqada qolgan bolalar:

  • aniq va qisqa ko`rsatmalar berish;

  • bolaga ortiqcha talablar qo`ymaslik;

  • o`quv mashg`uloti va dam olishni almashtirib borish.

Diqqati buzilga va giperfaol sindromli bolalar:

  • bolaga ma`lum bir muddat davomida u tugatib olishi kerak bo`ladigan vazifa bering;

  • vazifalarni birinchi o`ringa qo`yish kerakligini o`rgating;

  • ayniqsa , diqqatni jamlash talab qiladigan faoliyat uchun bolani rag`batlantirish kerak.Bolaga qo`yiladigan talablar o`ziga xos ,aniq ,bemalol bo`lishi kerak.

Aqli zaif bola:

  • bolani imkoniyatlariga qarab vazifalarni bosqichma- bosqich qiyinlashtirib boorish kerak;

  • darhol ishga tushishini talab qilish tavsiya etilmaydi.Har bir mashg`ulotda tashkiliy jihatlarni joriy etish zarur;

  • barcha analizatorlaning ishini faollashtirish tavsiya etiladi.

Miya falaji tufayli matorikasi buzilgan bola:

  • mashg`ulot davomida guruh pedagogi harakat rejimiga rioya qilishi kerak;

  • bolaning hissiy-ixtiyoriy sohasining holatiga ahamiyat berish va mashg`ulot paytida buni e`tiborga olish kerak.

  • har qanday mashg`ulot maxsus nutq rejimini talab qiladi.

Nutqi og`ir buzilgan bola:

  • nutqning namoyon bo`lishi uchun sharoit yaratisha alohida e`tibor berish nutqning negativizmini yengib o`tish;

  • vizual ,eshitish, og`zaki xotirani rivojlantirish;

  • turli vaziyatlar sayr paytida dunyoqarashni rivojlantirish;

  • umumlashtiruvchi tushunchalarni shakllantirish. [3]

Xulosa qilib aytganda,imkoniyati cheklangan bolalarning ta`limga bo`lgan qiziqishini oshishi ayniqsa, pedagogga bog`liq hisoblanadi.Kelajakda bu bolalarning hayotda o`z o`rnini topishi uchun inklyuziv ta`lim ham muhim rol o`ynaydi.Inklyuziv ta`lim orqali imkoniyati cheklangan bolalarni ijtimoiy muhitga kirib moslashishiga ko`nikmalarni shakllantiramiz va ularni kelajakda o`z o`rnini topib, qiziqishidan kelib chiqqan holda o`z kasbini egallashi uchun turtki bo`lamiz desak mubolag`a bo`lmaydi.


Foydalanilgab adabiyotlar ro`yxati:
1. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Alohida ta`lim ehtiyoji bo`lgan bolalarga ta`lim –tarbiya berish tizimini yanada takomillshtirish chora- tadbirlari to`g`risida “ gi 2020-yil 13-oktabrdagi PQ-4860-son qarori.
2. “Ilk qadam” maktabgacha ta’lim tashkilotining davlat o’quv dasturi . Toshkent- 2018.
3. “Maktabgacha ta`limda ta`lim jarayonini individuallashtirish.Alohida ehtiyojli bolalar inklyuziyasi” Metodik qo`llanma.Toshkent-2020.
Download 12,74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish