Maktabgacha yoshdagi bolalarning ekologik madaniyatini rivojlantirishning zamonaviy mexanizmlari



Download 406,42 Kb.
Pdf ko'rish
bet21/31
Sana25.02.2023
Hajmi406,42 Kb.
#914560
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   31
Bog'liq
disertatsiya 2

Rus adabiyotlarida
bolalarning ekologik tarbiyasi va ta’limi hozirgi 
davrning g’oyat dolzarb muammosi: faqat ekologik dunyoqarash, tirik 
odamlarning ekologik madaniyati sayyorani va insoniyatni hozirgi halokatli 
holatdan olib chiqishi mumkin deya ta’riflangan. Bolalarda tabiatga 
ma’suliyatli munosabatni shakllantirish murakkab va uzoq davom etadigan 
jarayondir. Ishning shakllari va usullari har xil: bu tabiat burchaklarida va 
hovlida o’simliklar va hayvonlarning t-siklik kuzatuvlari, maqsadli sayrlar, 
ekskursiyalar, o’yinchoqlar, qo’g’ichoqlar va adabiy qahramonlar yordamida 
o’yin o’rganish vaziyatlaridir. 
1.
Ekologik faoliyat; 
2.
Ekologik mazmundagi o’yinlar; 
3.
Og’zaki muhokamalar va rolli vaziyatlar; 
4.
Kichik ekologlarning mehnat guruhi; 
5.
Ekologiya labarotoriyasi; 
6.
Ekologik ekskursiyalar; 
7.
Sport va ekologik dam olish; 
8.
Teatrlashtirilgan tomoshalar; 
Bolalarni o’rab turgan mavzu va tabiiy muhitning xilma-xilligini 
N.A.Rijova
tomonidan tavsiya etilgan bo’lib, turli xil ussullarni o’z 
tadqiqotlarida qo’llashga harakat qilib ko’rganlar. Guruhda va maydonchada 
ekishni uzoq muddatli kuzatish, bog’ ekotizimlari bilan tanishish, 
hayvonlarni yashash joylarini kuzatish, o’yinni mashg’ulotlarga kiritish, 
ekskursiyalar, kalendarlar bilan ishlash. Bulardan o’yin mashg’ulot vaziyatini 
yoritib beramiz: bu holda mashg’ulotlar o’yin tarzida tashkil etiladi. 
O’qituvchi bolalarga biror bir o’yinni taklif etadi, asosiy rolni o’z zimmasiga 
oladi va qolgan qismini bolalarga taqsimlaydi. O’yin holatini qo’llab-
quvvatlaydi. Syujetni ishlab chiqish rejasi didaktik muammolarni, darslarni 
va kuzatishlarni yechish mantiqiga mos keladi. O’yin doirasida bolalar yangi 


bilimga ega bo’ladilar, tabiat ob’ektlarini kuzatadilar, so’rovlar va mehnat 
faoliyatini amalga oshiradilar. O’yin mashg’ulotlarida biz qo’g’irchoq 
manbalaridan foydalanishimiz mumkin: Pinokkio, Lesovichka, Aibolita. 
Qo’g’irchoq qahramonlar o’yin davomida o’z-o’zidan paydo bo’ladi.
Adabiyotlarga yana nazar soladigan bo’lsak, ularda bolalarni uy 
hayvonlari va yovvoyi hayvonlar bilan tanishtirish mushuk, itni kuzatish, 
rasmlarga qarash orqali amalga oshiriladi. Bolalardagi hayvonlarning hayoti
haqidagi g’oyalar asta-sekin haqiqatga aylanib boradi deyilgan. Bolalar 
hayvonlarni kuzatish orqali ularning bolalari haqida, tashqi ko’rinishining 
xususiyatlari haqida bilib oladilar.
Tabiat dunyosi bolalarning har tomonlama rivojlanishi uchun katta 
imkoniyatlarga ega. Tematik suhbatlarning, kuzatishlarning tizimli va izchil 
tashkil etilishi bolalarning tafakkurini, ko’rish va his qilish qobiliyatini 
rivojlantirishga, atrofdagi, dunyodagi katta va kicchik o’zgarishlarni sezishga 
imkon beradi.
Ekskursiya va sayrlarning o’rni ekolgik madaniyatda alohida hisoblanadi. 
Bolalar bilan “Gullar” darslarini o’tkazish uchun dastlabki ishlarni bajarish 
lozim. Bolalarni o’sayotgan gullar bilan tanishtirish, ularning go’zalligini 
sevishga o’rgatish, ularni sindirmaslik, parvarishlashni, himoya qilishni 
o’rgatish lozim.
Ekologik ta’lim bolalarda ekologik ta’limning rivojlanish darajasi 
diagnostikasi bilan birga bo’lishi kerak-o’quv yilining boshida va oxirida. 
Bolalarning tabiiy dunyoga bo’lgan munosabatini o’rganayotganda quyidagi 
fikrlarga e’tibor qarating: 
1.
Bolalarning tabiatga qiziqishi: o’simlik va hayvonlarni umuman 
o’rganadimi, o’zi anglab tushunib savol beradimi yoki 
o’qituvchining iltimosiga binoan savol berishadimi?, o’simlik yoki 
hayvonning holatida muammo bo’lsa ular xafa bo’ladimi? 


2.
Bolalarda hayvonlar va o’simliklarni parvarish qilishda ishtirok etish 
istagi mavjudligi; 
3.
Tabiat burchagidagi o’simliklar va hayvonlarning nomlari, yashash 
sharoiti to’g’risida qiziqishadimi yoki yo’q shu kabilarga e’tibor 
berish lozim. 
N.A.Rijova o’z tadqiqotlarida bloklar to’plamini yaratdi. Unga ko’ra, 
bloklarda taxmin qilingan bilimlarning ketma-ketligi ifodalangan bo’ladi 
hamda bu ishni bajarilishini osonlashtiriladi. Masalan, “suv” blokiga misol 
keltirsak, bolalarga tarbiyachi suv bizga nima uchun zarur deb savol bersa 
bolalarning beradigan javobini oldindan bizda taxminiy uch guruhga 
bo’lingan javoblari bo’ladi. 
Birinchi guruh bolalari- pragmatik yoki iste’molchi hisoblanadi 
(bolalarning javobi: ichish uchun, qo’l yuvish uchun, ovqat qilish uchun…); 
Ikkinchi guruh bolalari- aralash tipdagi suvning ahamiyati ko’rsatilgan 
javoblar (odamlar ichishi uchun, baliqlar ichishi uchun, hayvonlar ichishi 
uchun); 
Uchinchi guruh bolalari- tabiat markazli ya’ni suvning tabiatga 
ahamiyati ko’rsatilgan javoblar (gullarni sug’orish uchun, ekinlarni o’sishi 
uchun);
Bunday diagnostikalar bolalar bilimini baholashda ham juda qo’l 
keladi. Bunday tashqari “Quyosh”, “Tuproq”, “Havo” bloklarida ham bolalar 
bilan tajriba o’tkazib ko’rish mumkin. 
Bolada ekologik ta’limni amalga oshirishning muhim shartlari: 
Birinchi, rivojlanayotgan fan muhitini to’g’ri tashkil etish va 
ko’kalamzorlashtirish hisoblanadi. 
Ikkinchi, asosiy vazifa- bolada ekolgik madaniyat elementlarini, 
ekologik jihatdan to’g’ri xulq-atvorni shakllantirish uchun sharoit yaratish; 


Uchinchi, 
bolalar 
bog’chasini 
binosi 
va 
atrofi 
yaxshi 
ko’kalamzorlashtirilgan bo’lishi kerak. Guruh xonasi funksional maydonga 
ega bo’lishi kerak. Mashg’ulotlar uchun, ko’rgazmalar uchun, kutubxonalar 
uchun alohida joylar tashkil etilgan bo’lishi kerak; 
To’rtinchi, guruh xonasida to’plamlarning (toshlar, qobiqlar, o’simlik 
urug’lari,quruq burglar…) bo’lishi; 
Beshinchi, labaratoriya xonasining mavjudligi; 
Oltinchi, jonli burchak- kuzatishlarni tashkil etish uchun joy. Bolalar 
hayvonlar va o’simliklarga, ularni hayot tarziga juda qiziqadi; 
Yettinchi, aniq tabiiy ob’yektlar. Ularni yaratishdan maqsad- tabiat 
bilan muloqot qilish va unga g’amxo’rlik qilish.
Sakkizinchi, tarbiyachining ijodkorligi. 
Rus manbalarida aytilishicha, ekologiya sohasida ish olib bormoqchi 
bo’lgan inson avvalo o’zining hatti-harakatlarini “ekologik toza” ekanligi 
haqida dastavval yaxshilab o’ylashi lozimligi uqtiriladi. 
Mutaxassislar inson rivojlanishidagi bir qancha yoshni aniqlaydilar
ularning har biri psixik rivojlanishning sifat jihatidan alohida bosqichni 
ifodalaydi. Maktabgacha yosh boshqa yoshlardan yashash sharoiti va 
talablari bilan ajralib turadi. Ko’pgina rus olimlari maktabgacha yoshdagi 
bolalarga qachondan boshlab ekologik bilim berish lozimligi haqida o’z 
fikrlarini atib o’tganlar. Ulardan 

Download 406,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish