11. “Qarorlar shajarasi” (qarorlar qabul qilish texnologiyasi) deb
nomlanadi. Uning asoschisi - D.Kolb. Bu metod ma’lum murakkab mavzuni
o’zlashtirish, undagi g’oyalarni har tomonlama, puxta tahlil etish asosida muayyan
xulosalarga kelish, bir muammo xususida bildirilgan bir nechta xulosalar orasidan
eng maqbuli va to’g’risini ajratib olishga yo’naltirilgan. Qarorlar shajarasi metodi
tarbiyalanuvchilarning bilimlari darajasini aniqlash, ularning fikrlarini bir joyga
jamlash va baholash imkonini beradi.
Har bir guruhning qarori ikkinchi guruh tomonidan baholanadi. Belgilangan
vaqt tugagach har bir guruhdan bir a‘zo o’z guruhining qarori haqida axborot
beradi. Zarur bo’lganda qarorlar tahlil qilinadi, savollar tug’ilganda javob beriladi,
aniqliklar kiritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |