Ilk yosh davridagi, ya’ni ikki yoshga to‘lib uch yosh- ga qadam qo‘ygan bolalarda diqqatning ixtiyoriy turi ham
279
rivojlana boshlaydi. Bu yoshdagi bolalarda ko‘rinadigan ix- tiyoriy diqqat alomatlari katta odamlarning buyruq va top- shiriqlarini bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyatlarda rivojlana boshlaydi.
Ilk yosh davridagi bolaning yoshi ulg‘ayib, atrof-muhit- dagi turli-tuman narsalar haqida tasavvurlari ko‘paygan sari uning xotirasi ham tez rivojlana boshlaydi. Bu yoshdagi bolaning xotirasi asosan ixtiyorsiz xotiradir. Har kimning o‘z taj- ribasidan ma’lumki, ikki-uch yoshlik davridagi ko‘rgan-bilgan narsalari esida yaxshi saqlanib qolmaydi, chunki bu yoshda turmush tajlibasi hali juda oz bo‘ladi hamda esda olib qo- lishda hech qanday sistema bo‘lmaydi. Shu sababli esda olib qolish tufayli yuzaga kelgan assotsiatsiyalar muvaqqat aloqalar lokal xarakterga ega bo‘ladi. Boshqacha qilib aytganda, bu yoshda esda olib qolingan narsalar uzun-yuluq, ya’ni bir-bi- ri bilan bog‘lanmagan bo‘ladi. Shu sababli bir-biri bilan bog‘liq bo‘lmagan, yakka-yakka holda yuzaga kelgan muvaqqat alo- qalarni tiklab bo‘lmaydi. Shuning uchun ham odatda «men es- es bilaman» yoki «sal-pal esimda qolgan» deb gapiriladi.
Ilk yoshdagi bolalarda xotiraning barcha jarayonlari ko‘rina boshlaydi. Masalan, kichik yoshdagi bolalar dastlab mexanik ravishda, ya’ni ma’nosiga tushunmasdan esda olib qolaveradi- lar. Buning o‘z sabablari bor, albatta. Birinchidan, yuqorida ay- tib o‘tganimiz kabi bolalarda turmush tajribasi juda oz bo‘ladi va ular ko‘p narsalarni hali mutlaqo bilmaydilar, lekin hayotda to‘qnash kelganlari sababli eslarida olib qoladilar. Ikkinchidan, bolalar nerv sistemasining plastikligi, ya’ni juda egiluvchan- ligi kattalarnikidan ustunroq bo‘ladi. Ana shu sababli bolalar ko‘pincha mexanik esda olib qoladilar. Buni bolalarning juda ko‘p so‘zlarni tezda eslab qola olishida ko‘rish mumkin, lekin ular hamma so‘zlarning ham ma’nosiga tushunavermaydi.
Bolalarda ma’nosiga tushunib esda olib qolish ham juda er- ta rivojlana boshlaydi. Masalan, ilk yoshidagi bolalar o‘zlari yoqtirgan hikoyalarni ma’nosiga to‘la tushungan holda eslarida olib qoladilar. Bu hikoyalardagi ayrim qahramonlarni sevadi- lar, ba’zilarini esa yomon ko‘radilar. Umuman hikoyalarning mazmuni bolalarga ta’sir qilib, ularda ma’lum hissiyotlarni
280
uyg‘otadi, bu esa bolalar hikoyaning mazmunini tushunayot- ganliklaridan darak beradi. Bolalarda dastlab ixtiyorsiz esda olib qolish va ixtiyorsiz esga tushirish vujudga keladi. Ular o‘zlarini biron jihatdan qiziqtirgan, diqqatlarini o‘ziga tortgan narsa va hodisalarni beixtiyor ravishda eslarida olib qoladilar. Biron narsani eslash, esiga tushirish assotsiatsiya tarzida namoyon bo‘ladi. Ularni o‘zlari ataylab esga tushirmaydilar. O‘yin faoliyatida biron narsani eslash lozim bo‘lib qolganda, assotsiatsiya tariqasida boshqa shunga o‘xshash narsalar ham beixtiyor eslariga tusha- veradi. Bolaning nutqi o‘sib, so‘z boyligi tobora ortgan sari mantiqiy xotirasi rivojlana boshladi.
Ilk yosh davridagi bolalar tafakkurining o‘silhiga nutq juda katta ta’sir ko‘rsatadi. Chunki, til bilan tafakkur o‘zaro uzviy bog‘liq jarayonlardir. Lekin bog‘chagacha tarbiya yoshidagi bolalarda hali tom ma’nodagi tafakkur bo‘lmaydi. Bu yoshdagi bolalarning tafakkurlari o‘ziga xos xususiyatlarga hamda konkret xarakterga egadir. Ular ayni chog‘da idrok qilib turgan narsalari haqidagina juda sodda tafakkur qila oladilar. Bundan tashqari, bu yoshdagi bolalarning tafakkur jarayonlarda harakat elementlari ko‘p bo‘ladi. Shuning uchun ham ularning tafak- kurini ba’zan harakatli tafakkur deb ham yuritiladi. Bunda kat- talar harakatning mohiyatini tushuntiradilar va harakatni qan- day bajarishni o‘rgatadilar, bolani «olib kel», «joyiga qo‘y», «rasm chiz», «ushlab tur» kabi so‘z birikmalaridan iborat topshiriqning mohiyati bilan tanishtirib, keyin unga harakatni bajarish yo‘llari («Qalamni mana bunday ushla», «Avval qo‘lingga ol», «Oldin o‘ng qo‘ling bilan tut», «Qoshiqni bunday ushlab og‘zingga olib bor» deb) ko‘rsatiladi va asta-sekin bola bu harakatlarni o‘zlashtirib, bajarishga harakat qiladi. Shuning uchun ham bolada predmetli harakatni o‘stirish murakkab jarayondir.
Ilk bolalik davri amaliy harakat tafakkuri vujudga keladigan davr hisoblanib, qo‘l jarayonlari turli narsalar va qurilmalar bilan almashinadi. Jismlar bilan turli harakatlarni o‘zlashtirishda ulardagi muhim va o‘zgarmas alomatlarni ajratish ko‘nikmasi hosil bo‘ladi, natijada umumlashtirish va umumiy tushun- chalarni o‘zlashtirish jarayoni ro‘y beradi. Yangi sharoit- da predmetli harakatdan foydalanish bolaning aqliy o‘sishiga
281
ijobiy ta’sir qiladi. Bolaning o‘z xatti-harakatini kattalarning harakati bilan solishtirish (onasiga, yoki onasiga o‘xshatib pi- yolani ko‘tarish yoki arg‘imchoqni aylantirish, sakrashga inti- lish) va uning o‘xshash jihatlarini topish bolaning aqliy o‘sishi uchun muhim ahamiyatga ega.
Ko‘rsatmali-harakat tafakkuri kichik yoshdagi bolalarga, ya’ni ko‘proq endi tili chiqqan 2—3 yoshli bolalarga xosdir. Bu yosh- dagi bolalar konkret narsalarni harakatlantirish, har tomonla- ma timirskilab, sinchiklab ko‘rish orqali tafakkur qiladilar. Ular- ning tafakkurlarida albatta so‘zlar ishtirok qiladi. Lekin konkret ko‘rgazmali harakatlar so‘zlardan ustunlik qiladi. Agar bolalar- ning oldidan harakatlantirib o‘ynayotgan narsalari olib qo‘yilsa, ular faqat so‘zlar orqali (ya’ni konkret narsalarsiz) tafakkur qilmay qo‘yadilar. 2—3 yoshli bolalar turli narsalar bilan o‘ynar ekanlar, ular bu narsalarni oldindan o‘ylay olmaydilar, o‘z xatti-harakat- larini hali oldindan rejalashtira olmaydilar. Kichik yoshdagi bola- lar konkret, ya’ni ko‘z o‘ngidagi narsalarning harakatiga qarab fikr yuritadilar. Ana shuning uchun ularning tafakkurlari ko‘rgazmali harakat tafakkuri deb yuritiladi. Kichik bolalarga xos bo‘lgan ko‘rsatmali harakat tafakkurini nutq orqali, tushunchalar orqali amalga oshiriladigan tafakkurga tayyorgarlik davri desak bo‘ladi.
Ilk yoshdagi bolalarda tafakkurning fikriy operatsiyalarini, ya’ni analiz, sintez, umumiylashtirish kabilarni ko‘rmaymiz. Ular qo‘llaridagi o‘yinchoqlarini yoki qo‘llariga tushib qolgan narsalarni amaliy (aylantirib, paypaslab, buzib) analiz qiladilar. Lekin sintez qilishga hali qurbilari yetmaydi. Ilk yosh davri- ning oxiriga kelib tafakkurning o‘sishida nutqning roli juda oshadi. Bola yangi so‘zlarni mumkin qadar ko‘proq bilib olib, ulardan o‘z tafakkurida keng foydalana boshlaydi. Bu esa fikr- lash operatsiyalarining o‘sishiga yordam beradi. Bolada so‘zlar vositasi bilan analiz va sintez qilish, abstraksiyalash hamda umumlashtirishning dastlabki alomatlari ko‘rina boshlaydi.
Ilk yosh davrining oxiriga kelib bola ayrim tushunchalar- ni bilib olishga va bu tushunchalarning eng muhim belgilarini o‘zlashtirishga muvaffaq bo‘ladi. Masalan, bola ko‘pincha katta kishilar bilan bolalar o‘rtasidagi farqni bilishga qiziqadi. U bu farqni kuzatib, taqqoslab, ko‘pgina savollarga javob topadi.
282
Natijada bola tegishli tushunchalarning ayrim belgilarini bilib oladi. Uch yoshga to‘lay deb qolgan bola katta yoshdagi hamma odamning ishga barvaqt ketishini juda yaxshi biladi. Agar bu yoshdagi bolaga «Adang endi barvaqt ishga ketmaydi» deyilsa, u hayron bo‘lib qoladi. Chunki katta odam bo‘lgan adasining ishga bormasligi uning tushunchasiga to‘g‘ri kelmaydi. Uning tushunchasida hamma katta odamlar barvaqt ishga ketishi kerak. Shuning uchun u hech bir o‘ylab o‘tirmay, «Adam katta- lar-ku!» deb javob beradi. Bog‘chagacha tarbiya yoshidagi bolalar o‘z tushunchalaridan foydalanib katta, kichik, baland, past, ko‘p, oz kabi sodda xulosalar chiqara oladilar, bu esa bola ta- fakkurining yanada rivojlanishi uchun zamin yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |