Miyaning rivojlanishi
Asosiy nerv tolalari bosh miya- da bola tug‘ilishidan avval paydo bo‘ladi.
|
Homiladorlik davrida miyaning bazaviy arxitekturasi, ya’ni shakli paydo bo‘lib, uning asosiy uchast- kalari shakllanadi (stvol, talamus, miyacha), ammo nerv tolalari hali to‘liq shakllanmaydi.
|
Bolaning miyasi 3 yoshlik davri- da miya tuzilishidagi nerv to- lalarining (sinaps) eng yuqori zichligiga egadir.
|
Ilk yosh davridagi bolaning mi- yasida sinapslarning tezkor paydo bo‘lishi ro‘y beradi. Shundan so‘ng «tekis bosqich» vujudga keladi, so‘ng kamayish bosqichi bo‘lib, un- da nerv tolalarining zichligi kama- yib, kattalar darajasini eslatadi.
|
Yaxshi ovqatlanish miyaning sog‘lom rivojlanishini ta’minlashning eng yaxshi usullaridan biridir.
|
Yaxshi ovqatlanish homilador ayol uchun ham, bola uchun ham juda muhimdir. Homilador ayollarga yod, foliy kislotasi va temir moddalari- ning yetarli miqdori kerak; ular ni- kotin, alkogol va man etilgan dori- darmonlardan butun homiladorlik davrida voz kechishlari lozim.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |