Ilk yoshdagi bolalarda nerv sistemasining rivojlanishi
Bolaning ilk yoshdagi davrida ham nerv sistemasi tez rivoj- lanishda davom etadi. Bu davrda bosh miyaning hajmi va vaz- ni anchagina ortadi. Masalan, bola bir yoshdan ikki yoshga kirguncha bosh miyasining vazni 940 g dan 1025 g ga ortadi. Ikki yoshdan uch yoshgacha bo‘lgan davrda esa bola miyasining vazni 1025 g dan 1112 g ga ortadi. Bu davrda bola mi- yasi vaznining ortishi bilan birga miyaning ichki qismlarida ham jiddiy o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Miya po‘stidagi nerv hu- jayralarining (neyronlarning) tuzilishi murakkablashadi, ya’ni neyronlarning shoxsimon o‘simtalari tobora orta boradi. Bosh miya po‘stidagi nerv hujayralarining takomillashuvi turli assot- siatsiyalarning (muvaqqat aloqalarning, shartli reflekslarning) yuzaga kelishini osonlashtiradi va tezlashtiradi.
Ilk yosh davridagi bola nerv sistemasining rivojlanishida ham nerv tolalarining miyelinizatsiyalanishi davom etadi. Bu davrda asosan bosh miya yarimsharlaridagi nerv hujayralarini bir-bi- ri bilan bog‘lovchi nerv tolalari miyelin pardasi bilan qoplanib, bir-biridan ajratiladi. Bola psixikasining rivojlanishida buning ahamiyati g‘oyat kattadir. Chunki shu munosabat bilan, ya’ni miyelinizatsiya orqali nerv tolalarining bir-biridan ajratilishi bilan turli taasurotlar (qo‘zg‘alishlar) nerv sistemasida tezroq tar- qaladi va ravshanroq aks ettiriladi. Nerv hujayralarini bir-bi- ri bilan bog‘laydigan juda ham nozik nerv tolalarining miyelin pardasi bilan qoplanib, bir-biridan ajratilishi butun nerv sistemasining tobora uyg‘un va puxta ishlashiga yordam beradi. Bu miya po‘sti nerv sistemasidagi barcha quyi boblar faoliyatini as- ta-sekin o‘ziga bo‘ysundira boradi. Shu tariqa bolaning butun hayotida oliy nerv faoliyatining roli orta boradi.
272
Ilk yoshdagi bolalarda shartli reflekslar tez va oson- lik bilan yuzaga keladi, xili orta boradi. Bog‘chagacha tar- biya yoshidagi bolalar nerv sistemasining rivojlanishidagi eng xarakterli tomonlardan biri shundan iboratki, bu davrda shartli tormozlanishning oddiy turlari yuzaga kela boshlaydi. Shartl i tormozlanishning ishlay boshlashi tufayli bu yoshda- gi bolalar ayrim harakatlardan o‘zlarini darhol to‘xtata oladigan bo‘ladilar. Masalan, ikki yoshli bolaga «tegma», «jim bo‘l», «to‘xta», «yo‘q» kabi so‘zlarni tegishli qo‘l yoki boshqa ishoralar bilan aytilsa, u o‘zini ba’zi harakatlardan tiya oladi. Shartl i tormozlar ko‘paya borgan sari ularning hosil bo‘lishi ham yengillasha boraveradi va bola o‘z xatti-harakatlarini ifo- da qila olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Oliy nerv faoliyatining ishida signallar sistemasining nisbati o‘zgaradi. Agar bir yoshgacha bo‘lgan bola asosan birinchi signallar sistemasi orqali tashqi muhitni aks ettirsa, ikki yoshga to‘lgandan so‘ng ikkinchi signallar sistemasi ham ishga tusha boshlaydi. Lekin ilk tarbiya yoshidagi davrda birinchi signallar sistemasining faoliyati ustun bo‘ladi. Bu davrda ikkinchi signallar sistemasi doi- rasida, ya’ni nutq materiallari, so‘zlar, gaplarga nisbatan shartli reflekslar yuzaga kela boshlaydi. Bu yoshdagi bolalar anchagi- na so‘zlarning ma’nosini to‘gri tushuna oladigan bo‘ladilar.
Ilk yosh davridagi bolalar analizatorlari ham tobora takomil- lashib boradi. Ularning ko‘rish, eshitish, ta’m va hid bilish, teri hamda harakat sezgilarining sezgirligi ancha o‘tkirlashadi. Ana shularning hammasi ilk yosh davridagi bolalar psixikasi- ning yanada rivojlanishi uchun qulay sharoit tug‘diradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |