25-rasm. Ezilgan shlapaning turli temperamentdagi kishilarga turlicha ta’sir ko‘rsatishi (Xerlof Bidstrup rasmi).
202
Bolalar temperamenti
Kuzatishlar orqali bolalar temperamentini aniqlash mumkin:
Tez harakat qilish zarur bo‘lgan vaqtda bola o‘zini qanday tutadi?
oson ishga kirishadi;
faol harakat qiladi;
osoyishta, so‘zsiz harakat qiladi;
ishonchsiz harakat qiladi.
Kattalarning tanbehlariga qanday qaraydi?
«Boshqa qilmayman» deydi-yu, biroz vaqt otgach yana qilaveradi;
quloq solmay o‘z bilganini qilaveradi;
jim eshitadi;
l im turadi, xafa bo‘ladi, hayajonlanadi.
Zarur bo‘lgan sharoitlarda bola boshqa bolalar bilan qan- day gaplashadi?
tez, qiziqqonlik bilan, lekin boshqalarning ham fikrini eshitadi;
tez, hayajon bilan, boshqalarni eshitmaydi;
sekin, ohista, ishonch bilan;
ishonchsizlik bilan.
Odat bo‘lmagan sharoitda o‘zini qanday tutadi?
tez moslashadi, faollik ko‘rsatadi;
faol, yuqori hayajonlanish bilan;
tinch atrofni kuzatadi;
o‘zini yo‘qotib qo‘yadi, tashvishlanadi.
Mehnat topshiriqlarini bajarishda o‘zini qanday tutadi?
topshiriqlarni tez bajaradi;
tashkilotchilik qobiliyatlarini ko‘rsatadi;
sekin, shoshmasdan bajaradi, ishni oxiriga yetkazadi;
ovoz chiqarmay, ohista bajaradi.
Natija:
agar, a — varianti ko‘p chiqsa bola sangvinik; b — varianti ko‘p chiqsa bola xolerik; c — varianti ko‘p chiqsa bola flegmatik;
203
d — varianti ko‘p chiqsa bola melanxolik tipiga mansubdir.
Quyida har bir temperament tipini ko‘rib chiqamiz.
Bolalar temperamentiga tavsifnoma
Flegmatik mijozli bolalar
Harakatlari sust, kamgap, muayyan bir narsani kuzatib, uzoq vaqt tinch o‘tira oladi. O‘z diqqatini bir narsaga qaratib, tevarak-atrofdagilarga e’tiborsiz bo‘la oladi. Uning har bir ishi va faoliyatida qandaydir erinchoqlik holatlarini kuzatish mum- kin. O‘ziga berilgan topshiriq va vazifalarni sira shoshilmay ba- jaradi. Bunday bola ovqat tanlamaydi, bori bilan qanoatlanadi. U biror vazifani bajarishda tengqurlaridan orqada qolib ketishi mumkin. Lekin siz amin bo‘lavering, ishi boshqalarnikiga nisbatan puxtaroq va sifatliroq bo‘ladi. Bolaning xatti-harakatiga ko‘proq e’tibor bersangiz, uning sustligi, savolingizga turib-tu- rib javob berishi, hozirjavob emasligi ma’qul tushmaydi. Bo- la o‘ylab ish ko‘radi, o‘z faoliyatini rejalab, puxta bajaradi, u zehnli, xotirasi yaxshi. Uy-ro‘zg‘or ishlariga pishiq. Yangi g‘oya va kashfiyotlardan yiroqdir. Murg‘aklik chog‘laridanoq uning tartibga, doimiy bir tizimga intilishini sezasiz. O‘z narsalarini taxlab, belgilangan joyga qo‘yishini, o‘yinchoqlariga ham hech kim tegmasligini, ular saqlanadigan joyni o‘zgartirmasligini xohlaydi. Choy ichganda o‘z piyolasini talab qilib, janjallashi- shi mumkin. Yangi joy, sharoitlarga ko‘nikib ketishi qiyinroq bo‘lib, atrofdagilarni qiyin ahvolga solib, qiynab qo‘yishi ku- zatiladi. Tengdoshlari bilan tez kirishib keta olmaydi. Hamma uni zerikarli bola deb biladi, chunki u chopmaydi, to‘polon qil- maydi. «Zarur», «shuni qilish kerak» degan so‘zlar uning uchun katta mohiyatga ega. Bu uning turmush tarzi, burch va javob- garlik hissi unda yaxshi rivojlangan. Kelgusida bunday bolalar ota-onaning ishongan suyanchig‘i bo‘lib qoladilar. Bunday bolalar ichida tasviriy san’atga qiziqadiganlari ko‘p bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |