erkin harakatlar va nutq katta ahamiyat kasb etadi.
Bu yoshdagi davrda sezgilarning rivojlanishi analizatorning tobora takomillashuvi bilan bog‘liqdir. Ikki yoshdan oshgan bolaning sezgilari (ko‘rish, eshitish, hid va ta’m bilish, teri va harakat kabi) uning har kungi xilma-xil harakatlari davomida turli narsalarga bevosita to‘qnash kelishi natijasida rivojlanadi. Bola yoshiga to‘lib yura boshlagach, harakat sezgilarining rivojlanishi uchun juda keng imkoniyatlar maydonga keladi. Bu yoshda bola ko‘p narsalarni o‘zi mustaqil ravishda qo‘liga olib ushlab, timirskilab ko‘radi, stulga chiqib tushadi, karavot tagiga kiradi, quti va eshiklarni tartib bilan ochib yopadi. Ana shuning uchun bola yurgandan so‘ng uning predmetlarni bilish doirasi juda kengayib, har kungi tinimsiz harakatlarida juda ko‘p narsalarni bilib oladi va uning harakat sezgilari ham takomillashadi hamda fazoni va fazoviy munosabatlarni (ba- land, past kabi) anglay boshlaydi.
Ilk yoshiga kelib bolaning barcha sezgi a’zolari tuzilishi ji- hatidan deyarli to‘la takomillashgan bo‘ladi. Ilk yoshda ko‘proq sezgi a’zolarining markaziy qismlari takomillashadi. Ilk yoshda- gi bolalarga xos bo‘lgan miya po‘stida har qanday qo‘zg‘alishning keng irradiatsiyalanish (yoyilish) xususiyati qisman bog‘cha yoshidagi davrda ham saqlanib qolgan bo‘ladi. Bu esa bolalarda farq ajratish sezgilarining takomillashuviga to‘sqinlik qiladi. Shuning uchun, 2—3 yoshli bolalar narsalarning farqini tez ajra- ta olmasliklari tufayli har bir narsani bevosita ushlab, timirskil- ab ko‘rishga bo‘lgan intilishlari bog‘cha yoshidagi davrda ham qisman saqlanib qoladi. Keyinchalik turmush tajribasining bir- muncha ortishi bilan ko‘rish va eshitish sezgilari teri, muskul va harakat sezgilaridan (ya’ni narsalarni hamisha bevosita timirski- lab ko‘rishdan) ustunlik darajasiga ko‘tariladi.
276
Sezgilarning normal rivojlanishi bola idrokining taraqqiyo- ti uchun zamin bo‘ladi. Yoshidan oshib, bemalol yura va yu- gura oladigan bolaning idroki uning har kungi tinimsiz hara- katlari jarayonida takomillashib, narsalar haqidagi tasavvurlari aniqlalhib boradi, lekin katta odamlar idrokidan keskin farq qiladi. Bilinchidan, bog‘chagacha tarbiya yoshidagi bolalarda turmush tajribasi yo‘qligi tufayli ularning idroklari ham angla- shilmagan xarakterga ega bo‘ladi. Ular ko‘p narsalarga birinchi marta duch keladilar. Shuning uchun bolalar idrok qiladigan ko‘p narsalar ularga yangilik, ya’ni dastlabki taassurot kuchiga ega bo‘ladi. Ikkinchidan esa, bolalarning idroki ko‘pincha ixti- yorsiz xarakterga ega bo‘ladi, ya’ni ularning idrokida muayyan bir maqsadni ko‘zlash hali sezilmaydi. Shuning uchun ularning idroki bir narsadan boshqa bir narsaga beixtiyor ko‘chib ke- taveradi. Lekin bu yoshdagi bolalarda hissiyoti kuchli bo‘lgani uchun ular o‘zlarini qiziqtiradigan, hayron qoldiradigan, hissiy kechinmalar uyg‘otadigan narsalarni idrok qiladilar.
Bu yoshdagi bolalar idrokining yana farqlanadigan tomo- ni shundaki, ular idrok qilayotgan narsalarni umumlashtira ol- maydilar. Atrof-muhitdagi narsalarni qanday bo‘lsa shunday- ligicha idrok qiladilar. Bu xususiyat ularning rasmlarni idrok qilishlarida yaqqol ko‘rinadi. Masalan, bir yarim, ikki yoshli bolaga otning kallasi solingan surat ko‘rsatilsa, u «Otning o‘zi qani?» deb so‘raydi.
Ikki yoshga yaqinlashib qolgan bolaning idrokida narsalarni bir-biridan farqlash juda yaqqol ko‘rinadi. Masalan, bola surat- da tasvirlangan it, ayiq, qarg‘a, koptok, mashina va hokazolar- ni bemalol tanib, ajrata oladi.
2-3 yoshli bolalarning idroklarida ayrim fazoviy element- lar ham ko‘rina boshlaydi. Masalan, ular narsalarning katta- kichikligini farqlay boshlaydilar. Bu yoshdagi bolalar «katta», «kichik» so‘zlarini hali ayta olmasalar ham bunday tushunchani imo-ishora va allaqanday ovoz chiqarish bilan ifodalashga in- tiladilar. Katta narsalar haqida qo‘llarini baland ko‘tarib «u-u- u» deyishlari kichkina narsalarni ifodalamoqchi bo‘lganlarida esa «burunlarini bujmaytirib, ko‘zlarini yarim yumib, ingichka ovoz chiqarib «i-i-i» deyishlari mumkin.
277
Ilk yoshidagi bolalarning nutqni egallashlari idrokning yana ham rivojlanishi uchun juda katta imkoniyat tug‘diradi. Nutqni egallagan bola idrok qilayotgan narsalarning nomini ataydigan bo‘ladi. Bu idrokning onglilik darajasini yanada o‘stiradi. Ana shu davrdan boshlab bola endi nutq orqali ham (ya’ni narsalar- ning nomini eshitish orqali) idrok qila oladigan bo‘ladi. Bola nomini bila olmagan narsalari haqida «Bu nima?», «Buning oti nima?» deb savol bera boshlaydi.
Ilk yoshidagi bolalarda vaqtni idrok qilish juda sodda, ya’ni boshlang‘ich holatda bo‘ladi. Bu yoshdagi bolalar faqatgina ho- zirgi zamon vaqti bilan yashaydilar. Ular shu kunni, ayni shu daqiqani yaxshi tasavvur etib, o‘tgan va kelasi zamonni noa- niq, pala-partish tasavvur etadilar. Eng ko‘p ishlatiladigan vaqt tushunchalaridan «kecha», «bugun», «ertaga» va «indinga» ka- bilarni ham ko‘pincha almashtirib yuboradilar. Vaqt tushun- chalarini idrok qilishdagi bu qiyinchiliklar bolalarda ko‘pincha bog‘cha yoshining dastlabki davrlarida ham saqlanib qoladi.
Shunday qilib, ilk yoshdagi bolalarning idroki kundalik faoli- yatlarida tevarak-atrofidagi narsa va hodisalarni kuzatish va ular bilan bevosita munosabatda bo‘lishi jarayonida har tomonlama rivojlanib boradi. Bolalar idrokining mazmunan boyishiga nutq- ni egallash juda katta ta’sir qiladi. Ana shu jihatdan olganda, tar- biyachisining vazifasi nutqdan bolalar idrokini o‘stiradigan vosi- ta sifatida keng foydalanishdir. Bolalar bilan ko‘proq gaplashish, tevarak-atrofdagi narsalar haqida ko‘proq so‘zlab berish, bolalarning turli-tuman savollariga mum kin qadar javob qaytarish- ga harakat qilish, narsalarning asosiy va muhim xususiyatlari- ga bolalarning diqqatlarini jalb qilish lozim. Bularning hammasi bolalar idrokini o‘stirishning zarur va muhim yo‘llari hisoblanadi.
Ilk yosh davridagi bolalarda diqqatning ixtiyorsizligi va be- qarorligi ularda tormozlanish jarayonining hali kuchsizligi bilan bog‘liqdir. Bu yoshdagi bolalarda tormozlanishga nisbatan qo‘zg‘alish jarayoni kuchli (ustun) bo‘lganligi sababli qo‘zg‘alish jarayoni bilan tormozlanish jarayoni muvozanatlasha olmay, qo‘zg‘alish ustunlik qiladi va bosh miya yarimsharlarining to- bora yangi-yangi qismlariga tarqalib ketaveradi. Ana shuning uchun kichik bolalarning diqqati bir narsadan ikkinchi narsaga
278
chalg‘ib ketaveradi. Masalan, bolaga yangi o‘yinchoq bersangiz u o‘yinchoqni juda qiziqib ko‘ra boshlaydi. Lekin ayni shu paytda yana bir boshqa o‘yinchoqni ko‘rsatsangiz, birinchi o‘yinchoqni tashlab, ikkinchisiga talpinadi. Ilk yoshdagi bolalar diqqatining beqarorligi fiziologik nuqtayi nazaridan ularda hali tormozlanish jarayonlarining kuchsizligi bilan bog‘liqdir. Tormozlanish jarayoni qo‘zg‘alish jarayonining keng yoyilib ketishini to‘xtata olmaydi.
Ilk bolalik davridagi bolalar diqqatining g‘oyat beqaror bo‘lishi turmush tajribalarining juda ozligi bilan ham bog‘liqdir. Bolalarga hamma narsa yangilik bo‘lib tuyilaverganidan ular- ning diqqatlari bir narsadan ikkinchi narsaga tez-tez chalg‘ib ketaveradi. Bola ko‘z o‘ngidagi narsaning o‘zi bolaga juda qiziq tuyilgani sababli ham diqqati chalg‘ib ketadi. Masalan, N.M. Menchinskayaning hikoya qilishicha, Sasha (1 yosh-u 8 oylik) «Echki va uning bolalari» haqidagi ertakni zo‘r qiziqish bilan tinglaydi. Bo‘ri kelib eshikni taqillatgani hikoya qilinganda, Sasha bo‘rining qanday taqillatganini ko‘rmoqchi bo‘lib, devorga «tap-tap» etib uradi, lekin ba’zan taqillatishga shu qadar mah- liyo bo‘lib ketadiki, ertakni tamomila unutib qo‘yadi.
Ilk bolalik davridagi bolalarda diqqatning bo‘linuvchanligi juda zaif, ko‘lami esa tor bo‘ladi. Bu yoshdagi bolalar diqqat- larini faqat ko‘zlariga yaqqol ko‘rinib turgan bir narsagagi- na qarata oladilar. Ilk bolalik davridagi bolalar diqqatining rivojlanishida nutqning roli juda kattadir. Bolaning tili chi- qib nutqni egallay boshlashi, katta kishilar bilan muloqot- da bo‘lishdan tashqari, ularning ko‘rsatmalarini bajarish im- koniyatini ham beradi. Yuqorida aytib o‘tganimizdek, kichik yoshli bolalar kattalarga qarashishni, imkoni boricha ularning mehnatlariga aralashishni juda yoqtiradilar. Kattalarning ilti- mos va topshiriqlarini bajonu dil ado etadilar, o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatishga oid oddiy yumushlarni qiziqib bajaradilar, ota-onalariga xo‘jalik ishlarida qarashishga harakat qiladilar. Mana shularning hammasi, diqqatni ma’lum darajada to‘plash va muayyan bir maqsadga qaratishni talab etadi. Bu esa bolalarda ixtiyoriy diqqatning rivojlanishiga asos yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |