Tinglovchilarga tavsiya etiladigan manbalar:
“Pedagogika” va “Psixologiya”ga oid adabiyotlar.
Tinglovchilar uchun ko`rsatmalar:
Keys mohiyatini etarlicha anglab oling.
Berilgan manbalarga tayangan holda muammoning echimini topishga xizmat qiluvchi tarbiya tamoyillarini aniqlang.
Aniqlangan tarbiya tamoyillari orasidan muammoga barchasidan ko`proq dahldor bo`lgan, eng muhim tamoyil (yoki ikkita tamoyil)ni ajrating.
Ana shu tamoyil (tamoyillar) asosida echimni asoslashga uring.
echimni bayon eting.
Keysni echish jarayoni:
Talabalar keys mohiyatini u bilan ikki-uch marta tanishish orqali, sherigi (juftlikda), guruhdoshlari (kichik guruhlarda) yoki jamoadoshlari (jamoada) bilan muhokama qilgan holda etarlicha anglab oladi.
Talaba sherigi (juftlikda), guruhdoshlari (kichik guruhlarda) yoki jamoadoshlari (jamoada) bilan muhokama qilgan holda muammoning echimini topishga xizmat qiluvchi tarbiya tamoyillarini aniqlaydi.
Talaba (juftlik, kichik guruh, jamoa) aniqlangan tarbiya tamoyillari orasidan muammoga barchasidan eng muhim tamoyil (yoki ikkita tamoyil)ni ajratib oladi.
Talaba (juftlik, kichik guruh, jamoa) echimni ajratib olingan tarbiya tamoyili (ikkita tamoyil) asosida bayon etadi.
echim individual, kichik guruhlar yoki jamoa ishtirokida muhokama
qilinadi.
O`qituvchining echimi
Nihoyatda yoqimsiz vaziyat. Onasi Dilshodning maktabga qanday borib kelganligi bilan ham qiziqmadi.
161
Dilshodning onasi tarbiyada bolaning yosh va psixologik xususiyatlarini inobatga olish, tarbiya jarayonida rag`batlantirish tamoyillariga zid ish qildi.
Shu kabi vaziyatlar Dilshodning tarbiyasiga salbiy ta`sir o`tkazadi, asta-sekin unda qo`rslik, befarqlik, o`z-o`zini past baholash, o`ziga va atrofdagilarga ishonmaslik kabi xislatlar shakllanadi.
8-keys. Rus tili darsida o`qituvchi o`quvchilarga: “O`rtog`ingdan ko`chirma!”, “O`zing yoz, birovlarning daftariga qarama!”, “Obbo, ko`chiradigan odamingni ham topibsanmi-a! Uning o`zi xatto ko`chirib olishni ham qoyillata olmaydi-yu!” singari zaharxanda so`zlar bilan bir necha bor qattiq tanbeh berdi.
Boshqa sinfda esa o`qituvchi darsiga yo`l-yo`lakay, albatta, ammo ta`sirli qilib: “Bolalar bir-biringizdan berkitmanglar, bu yaxshi emas, hech kim sizlardan ko`chirayotgani yo`q!”, - dedi.
Savollar:
Ta`lim jarayonida individual nazorat topshiriqlarini har bir o`quvchi mustaqil bajarishi lozim.
Birinchi o`qituvchining o`quvchilarga bu boradagi yondashuvi to`g`rimi? Pedagogik talabni shunday tarzda qo`yish qanchalik to`g`ri?
Ikkinchi o`qituvchi tomonidan pedagogik talab buzilmoqda. O`qituvchining xatti-harakatini oqlash mumkinmi?
Do'stlaringiz bilan baham: |