Oʻquv va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha
|
|
“___” _________ 2020-yil
|
prorektor
|
|
|
|
|
_____________ T.Azizov
|
|
|
“___” ________ 2020-yil
|
|
PEDAGOGIKA VA ANIQ FANLAR FAKULTETI
MAKTABGACHA VA BOSHLANGʻICH TA’LIM KAFEDRASI «TEXNOLOGIYA VA UNI O’QITISH METODIKASI» FANIDAN ISHCHI-OʻQUV DASTURI
|
(3-kurslar uchun)
|
Bilim sohasi:
|
100000
|
- Gumanitar
|
Ta’lim sohasi:
|
110000
|
- Pedagogika
|
Ta’lim yoʻnalishi:
|
5111700
|
- Boshlangʻich ta’lim va sport tarbiyaviy ish
|
|
(maxsus sirtqi)
|
Kursi: 3
|
|
Semester: 5-6
|
|
Umumiy soat
|
-158 s
|
Ma’ruza
|
-10 s
|
Amaliy
|
-12 s
|
Seminar
|
-10 s
|
Mustaqil ta’lim
|
-126 s
|
Denov – 2020
139
Fan dasturi Oliy va o ‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv-uslubiy birlashmalar faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi Kengashning 2018-yil 18-avgustdagi 4 -sonli bayonnomasi bilan ma’qullangan. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta`lim vazirligining 2018-yil 25-avgustdagi 744-sonli buyrug`i bilan ma’qullangan Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida ishlab chiqilgan “Texnologiya va uni o’qitish metodikasi” fan dasturi asosida tayyorlandi.
Tuzuvchi: F.B.Odinaboboyev - Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti “Maktabgacha va boshlang`ich ta`lim” kafedrasi o`qituvchisi
Taqrizchi:
SH.K. Maxmudov – Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti “Maktabgacha va boshlang`ich ta`lim” kafedrasi mudiri, p.f.n,dots.
Fanning ishchi o’quv dasturi “Maktabgacha va boshlang`ich ta`lim” kafedrasining 2020 yil “_________dagi ___-sonli yig’ilishida muhokamadan o’tgan va fakultet kengashida muhokama qilish uchun tavsiya etilgan.
Kafedra mudiri:
______________ SH.K. Maxmudov
Fanning ishchi o‘quv dasturi “Pedagogika va aniq fanlar” fakultet
kengashida muhokama etilgan va institut o’quv-uslubiy kengashiga tasdiqlashga
tavsiya qilingan( 2020 yil ____________dagi “___” -sonli bayonnoma)
Fakultet ilmiy kengashi raisi: _____________M.Naimov
Fanning ishchi o‘quv dasturi institut o’quv-uslubiy kengashida ko’rib chiqilgan va tasdiqlangan.
O‘quv uslubiy bo’lim boshlig‘i_________ Sh.Amanqulov
140
Kirish
I. O’quv fanining dolzarbligi oliy kasbiy ta’limdagi o’rni
Texnologiya va uni o'qitish metodikasi fani pedagogika, psixologiya, tasviriy san’at, tabiatshunoslik fanlari bilan bog’lanadi. Talabalarning bilish faoliyatini faollashtirish asosida ularni to’garak ishlariga, ilg’or o’qituvchilarning ish tajribalarini o’rganishi va ommalashtirishga, mustaqil ishlar, ma’ruzalar, kurs ishlari va bitiruv malakaviy ishi yozishga jalb qilish tavsiya etiladi. Texnologiya va uni o’qitish metodikasi fani ta’lim metodikalari kursi fani hisoblanib, fanning asosiy ilmiy izlanishlari natijalariga tayangan holda, ilg’or o’qituvchilarning ish tajribasi bilan boyitilgan materiallar asosida yoritib beriladi. O’quvchilarni amaliy ishga tayyorlash va ularni mehnat malaka va ko’nikmalarini egallashlarini ta’minlaydi. Texnologiya fanining tarbiyaviy ahamiyati o’quvchilarda mehnatsevarlik, mas’uliyat, intizomlilik, burch hissi, jamoatchilik hissini tarbiyalashda, o'quvchilarning aqliy o’sishida eng muhim iroda va ahloqiy sifatlarning rivojlanishiga yordam beradi. O’quvchilar o’rtasida yo’lga qo’yilgan o’zaro yordam esa, ularda do’stlik, birodarlik, umumlashish, jamoatchilik kabi fazilatlarni tarbiyalaydi. Talabalarning fanni o’zlashtirish jarayonida darsliklar, o’quv-uslubiy qo'llanmalar, ma’ruza matnlari, texnik vositalardan unumli foydalanish, uzatish qurilmalari yordamida slaydlardan va elektron materiallar yoki boshqa texnik vositalardan foydalanishda pedagogik texnologiya yutuqlarini qo’llash, zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish, interfaol usullarni, ta’limiy vositalarni va ta’limiy o'yinlarni ta’lim jarayoniga tadbiq etishda muhim ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |