Tashlandiq materiallarga esa bo’shagan qutilar - choy qutisi, gugurt, dorivorlar, poyafzal qutilari, bo’shagan ip g’altaklari, tuxum po’chog’i, (butun va maydalangan holda), krem yoki tish pastasinig bo’shagan g’ilofi, telefon
24
simlari, gazlama va ip bo’lagi, kanop, sut maxsulotlarining idish qopqog’i va boshqalar kiradi. Tabiiy va tashlandiq materillar bilan ishlash darslari o’quvchilarning ijodkorlik va konstruktorlik qobiliyatini o’stiradi, oldingi olingan malaka va ko’nikmalarni mustahkamlaydi, tejamkorlikka o’rgatadi. Boshlang’ich sinf o’qituvchisi bu darslarni o’zimizning mahalliy va tabiiy sharoitimizga moslab, ya'ni iqlimi, geografik o’rni tabiati, xalq amaliy san'ati ishlab chiqarish sanoati turiga qarab mo’ljallab o’tishi lozim. Masalan, qishloq sharoitida somondan, chigitdan, makkajo’xori so’tasidan, xar xil urug’ va maysalardan, shahar sharoitida esa to’quvchilik, tikuvchilik, yog’ochsozlik ishlab chiqarish sanoatlari korxonasi bor joylarda chiqindi ip bo’laklaridan, tolalardan, yog’och va gazlama bo’laklaridan, qipiqdan, egiluvchan simlardan
foydalanib buyumlar yasashni o’rgatish mumkin. Mehnat jarayonida o’quvchilar oldingi darslarda olingan umummehnat malakalaridan (bukish, qirqish, biriktirish, bezash) foydalanadilar, o’z mehnatlarini rejalashtirish, tashkil etish usullarini o’rganadilar. Darslarda ayniqsa ertak, hikoya, asar qahramonlarini va personajlarni tasvirlab buyumlar yasash o’quvchilarni mustaqil ijod qilishga undaydi. Bu darslarni tabiatshunoslik, o’qish, tasviriy san’at, sinfdan tashqari o’qish darslari bilan bog’lab o’tish tarbiyaviy ahamiyatga ega. Ertak qahramonlari tasvirlangan buyumlarni o’qish darsi uchun ko’rgazmali qurol sifatida, urug’ va maysalardan yasalgan apliksiya-lardan tabiatshunoslik darslarida foydalanish mumkin. Tabiiy materiallarga ishlov berishda, har xil shakllar hosil qilishda plastilin ham ishlatiladi.
O’quvchilarning badiiy ijodiyotini rivojlantirish uchun "Ertaklar olamiga sayohat", "Men sevgan qahramon", "Men nimaga qodirman" kabi erkin mavzularda dars o’tish mumkin. O’quvchi bunda bir-biriga o’xshamay-digan har xil qahramonlar bilan tanishadi, har bir o’quvchi o’zining mahoratini namoyish qilish bilan birga o’zining ichki kechinmalarini ham o’zi yasagan buyumda namoyon qilib, ifodalaydi. Tabiiy materiallarni darsdan bo’sh paytlarda va ekskursiyalarda o’qituvchi rahbarligida to’p lash mumkin. Mahalliy tabiiy materiallar to’plashda ular haqida ma'lumot berib, qaysi turga, oilaga mosligini gapirib, o’quvchilarning tabiatshunoslik fanidan olgan bilimlari mustahkamlab boriladi. Masalan chigitdan applikatsiya tayyorlashdan oldin o’quvchilarga "Paxta - boyligimiz", somon to’plashdan oldin "Oltin boshoq", “Non - rizq-ro’zimiz" loy bilan ishlashda "Kulolchilik haqida" kabi mavzularda suhbat o’tkaziladi. Suhbat jarayonida o’quvchilarning tabiiy material haqidagi tasavvuri kengaytirib borib, ularning fizikaviy, mexanik va texnologik xususitlari haqidagi bilimlari kengayib rivoglainib boradi, har xil tajribalar o’tkazadilar, buyumlarga estetik bezak beriah va har xil uskunalar (ombur, arracha, bolg’acha) bilan ishlash ko’nikmalari tarkib topa boradi.
25
Badiiy-ijodiy yo’nalishdagi mashg’ulotlarni tashkil qilinishi bolalarni chiroyli, bejirim buyumlarni yasashga o’rgatishdan tashqari, ularni mustaqil fikrlashga, o’z fantaziyasini namoyon qilishga ham undaydi, estetik zavq bag’ishlaydi, o’z ishini va jamoa ishini rejalashtirishga o’rgatadi. Buyumlarni loyihalarkan,
bolalar unga biror bir yangilik kiritishga, uni uzoq saqlanadigan qilib yasashga, ijodiy izlanishga harakat qiladilar. Mahalliy sharoitimizdagi tabiiy va tashlachdiq materiallar bilan ishlash darslari tarbiyaviy ahamiyatga ega. Qog’oz va karton gazlama, plastilinni ota-onalar sotib olib bersa, tabiiy va
tashlandiq, materiallarni
|
o’quvchilarning o’zi
|
yig’ishga harakat
|
qiladi,
|
istirohat
|
bog’ida
|
daryo
|
yoqasida,
|
ko’chada,
|
dalada, o’rmonda,
|
umuman
|
tabiat quchog’ida
|
yurganda ham, uyda ham o’qituvchi ko’rsatmasiga binoan
|
bu materiallarni
|
to’plab yuradilar. Tabiiy materiallar yig’ishda o’quvchilar
|
diqqatini
|
tabiatni
|
asrashga, daraxt
|
va butalarni
|
sindirmaslikni, polizlardagi
|
ekinlarni payxon qilmaslikni ogohlantiriladi.
Tashlandiq materiallarni yig’ib borish haqida bir necha kun oldin ogohlantiriladi. Yil davomida yig’ish uchun o’qituvchi sinfxonasida maxsus quti qo’yib "Tashlandiq materiallar uchun" deb yoziladi.
Bu qutiga o’quvchilar o’qituvchi ko’rsatmasiga binoan bo’shagan ip g’altaklari, qutilari, ip va gazlama bo’laklari va boshqa tashlandiq ma-
teriallarni tashlab qo’yaveradilar. Natijada o’quvchilar
|
tejamkorlikka va
|
tozalikka o’rganadilar, ta'lim va turmush uchun zarur
|
bo’lgan
|
buyumlar
|
yasash jarayonida o’z mexnatlarining qadr-qimmatini
|
biladilar.
|
Quyida
|
mehnat darslarida mahalliy sharoitdagi tabiiy va tashlandiq materiallar bilan
ishlash, ularga ishlov berish kabi ko’nikma va malakalarni hosil qilish
usullarini ko’rsatishga harakat qilamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |