Ish bosqichlari
|
O`qituvchi faoliyatining mazmuni
|
Tinglovchi faoliyatining mazmuni
|
1-bosqich.
Mavzuga kirish.
(10-minut)
|
1.1 O`quv mashg`uloti mavzusi, 4 savollarni va o`quv faoliyati natijalarini aytadi.
1.2. Aqliy hujum usulida mavzu bo`yicha ma’lum bo`lgan tushunchalarni faollashtiradi.
1.3. Mavzuni jonlantirish uchun savollar beradi.(1- ilova)
|
Tinglaydilar.
Savollarga javob beradilar.
Savollarga javob beradilar.
|
2 -bosqich.
Asosiy bo`lim.
(60 - minut)
|
2.1. Savollar yuzasidan mini ma’ruza qiladilar.
2.2. Maruuza rejasining ikkinchi savoliga tushunchalar aytiladi.
2.3. Talabalar ishtirokida ular yana bir bor takrorlanadi.
|
Tinglaydilar. Savollarga javob beradilar. Klaster usulida bajaradilar.
O`UMga qaraydilar
Har bir tayanch tushuncha ba iboralarni muhokama qiladilar.
|
3-bosqich. Yakunlovchi.
(10 - minut)
|
3.1. Mashg`ulat bo`yicha yakunlovchi xulosalar qiladi. Mavzu bo`yicha olingan bilimlarni qayerda ishlatish mumkinligini ma’lum qiladi.
3.2. Mavzuni chuqurroq o`zlashtirish uchun adabiyotlar ro`yxatini beradi.
3.3. Keyingi mavzu bo`yicha tayyorlanib kelish uchun savollarni beradi.
|
Savollarni beradilar.
Yozib oladilar.
O`UMga qaraydilar.
|
Республикада туризмни ривожлантириш дастурларини кўриб чиқишда ва шу мақсадда хорижий сармояларни жалб қилишда қуйидагиларга эътибор бериш лозим:
-Талабалар туризм индустриясига сармояларни, шу жумладан хорижий инвестияларни қандай қилиб жалб қилиш;
-инвестиция қўйилмаларнинг туризм хизматларига бўлган талаб ва таклифни ҳисобга олган ҳолда қандай режалаштирилиши;
-сарфланган сармояларнинг амал қилаётганлигини таҳлил қила олишни билишлари зарур.
Tayanch iboralar: ravish, holat ravishi, o`rin ravishi.
1-ilova
Harakat-holatning bajarilish tarzi, payti, o`rni, daraja miqdori kabi belgilarini bildiruvchi va qanday? qachon? qayer? qancha? singari so`roqlarga javob bo`luvchi so`zlar ravish deyiladi.
\
Ravish — mustaqil so`z turkumlaridan biri; harakat va holatning belgisini, shuningdek, belgining belgisini bildiradi. Ravishlarning quyidagi maʼnoviy turlari mavjud: holat (tarz) Ravishlari (tez, sekin, piyoda kabi); o`rin Ravishlari (uzoqda, yaqindan, pastda kabi); payt Ravishlari (hozir, kecha, bugun kabi); darajamiqdor Ravishlari (ancha, sal, kam kabi); maqsad Ravishlari (ataylab, jo`rttaga kabi); sabab Ravishlari (noiloj, ilojsiz, chorasizlikdan kabi). Payt, o`rin va maqsad Ravishlaridan boshqa barcha Ravishlarni, eng umumiy xususiyatlariga ko`ra, bir turga kiritish va ularni holat (tarz) Ravishlari deb atash mumkin.
Ravish mustaqil so`z turkumi sifatida quyidagi morfologik xususiyatlar bilan ajralib turadi: 1) daraja kategoriyasiga ega: tez, ko`p (oddiy daraja) — tezroq, ko`proq (qiyosiy daraja) — eng tez, juda ko`p (orttirma daraja) kabi; 2) o`zgarmas bulib, ko`pincha feʼllarga bogʻlanib keladi: So`rida qat-qat duxoba ko`rpachalar ustma-ust to`shalgan edi; 3) Ravish ayrim o`rinlarda sifat va otga bogʻlanib kelishi ham mumkin. Bunday hollarda Ravish belgining belgisini yoki predmetning belgisini emas, o`zi bogʻlanib kelgan sifat yoxud otdan anglashilgan harakatlarning belgisini bildiradi: Kecha havo juda sovuq edi. U hozir beqiyos va tasavvur qilib bo`lmas baxtiyor edi; 4) Ravish yasovchi muxsus qo`shimchalarga ega: cha, ona, larcha, lab va boshqa; 5) turlanmaydi va tuslanmaydi (otlashish hollari bundan mustasno).
Ravishlar morfologik va sintaktik usullar bilan yasaladi: do`stona, qahramonlarcha, oylab (morfologik usul), har zamon, shu on, bir dam (sintaktik usul) kabi. Ravishlar tuzilishiga ko`ra, sodda (kamtarona, vijdonan, butunlay), qo`shma (har dam, bir yo`la, ozmuncha, har qachon), juft (kechakunduz, qishin-yozin) va takroriy (ozoz, tez-tez, ko`p-ko`p) turlarga bo`linadi. Ravishlarning anchagina, juda, kam, kamkam kabi shakllari modal shakl hisoblanadi. Ravishlar gapda hol, aniqlovchi va kesim vazifalarida keladi.
Ravishlar belgi anglatish xususiyatlari bilan sifatlarga uxshaydi, ammo grammatik xususiyatlari jihatidan ular o`zaro farqlanadi: sifatlar predmetning belgisini, Ravishlar esa harakat yoki holatning belgisini bildiradi; ularning gapdagi, yaʼni sintaktik vazifasi ham o`zgachadir.
Savol va topshiriqlar:
1. Holat ravishlari deb nimaga aytiladi?
2. Payt ravishlariga misollar ayting.
3. O`rin ravishlari qanday yasaladi?
4. Daraja-miqdor ravishlari ishtirokida gaplar tuzing.
5. Ravishlarning yasalishi haqida so`zlang.
6. Sodda, qo`shma, juft ravishlarga misollar keltiring.
Do'stlaringiz bilan baham: |