1–topshiriq. Topishmoqni toping. Uning javobini matndagi qaysi so`zlar asosida topganingizni izohlab bering. Bugungi mavzu nima haqida ekan? Sonning fikr ifodasidagi ahamiyatini ayting.
2–topshiriq. Boshlang`ich sinflarda son so`z turkumi yuzasidan o`quvchilarda qanday bilimlar hosil qilinishini tarmoqlash usulida ifodalang. Har bir kalit so`zni izohlang.
Muhokama uchun savol-topshiriqlarga talabalarning javobi
3-bosqich
Axborot berish
(65 daqiqa)
1. Ma’ruza: 20 daqiqa
1–topshiriq. 1.2-sinfda «Shaxs va narsaning miqdorini bildirgan so`zlar» mavzuni o`rganish darsi fragmentini yoriting.
2. «Shaxs va narsaning miqdorini bildirgan so`zlar» mavzusini mustahkamlashda darslik materialari ustida ishlash bo`yicha metodik tavsiyalaringizni ayting.
3. Kuzatilgan dars fragmentlarini tahlil qiling va tavsiyalaringizni ayting.
2–topshiriq. 3-sinfda «Son–so`z turkumi» mavzusini o`rganish darsi fragmentini yoriting.
3-sinfda «Sonning ma’no turlari» mavzusini o`rganish darsini ilg`or pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish namunasini ko`rsating.
Kuzatilgan dars fragmentini tahlil qiling va tavsiyalaringizni ayting.
3–topshiriq. 4-sinfda son turkumini o`rganish bo`yicha umumlashtiruvchi-takrorlash darsi namunasini yoriting.
Sonning imlosini o`rgatishda o`tkaziladigan diktant uchun tanlangan matnlaringiz ustida ishlash usulini yoriting.
4–topshiriq. Darslik materiallari ustida ishlash.
Uning mahokamasi: 10 daqiqa
3. Taqdimot: 5 daqiqa
4-bosqich
Yakuniy bosqich
(5 daqiqa)
Maqsad: Talabalarning sonni o`tish bo`yicha izlanishga undash. Insert usuli.
Talabalarning sonni o`tish bo`yicha qo`llangan metod va usullari bo`yicha fikr-mulohazalarini eshitish.
Amaliy mashg`ulot bo`yicha talabalar fikrini aniqlash va dasrga yakun yasash.
Talabalarning to`plagan ballarini e’lon qilish.
Dars ishlanmasi
Mavzu: Nechta? qancha? yoki nechanchi? So`roqlaria javob bo`lgan so`zlar.
Maqsad: Sanoq va tartibni bildirgan so`zlarni aniqlash va ulardan nutqda ongli foydalanish ko`nikmasini o`stirish.
Darsning borishi:
1. Uy vazifasini tekshirish.
2. Sanoqni va tartibni bildirgan mazmuniga mos so`zlarni qo`yib matnni yozish.
261-mashq
3. Maqolalar ustida ishlash. Sanoqni bildirgan so`zlarni aniqlash 262-263-mashqlar.
4. O`yin “Qancha qoldi?”
To`qqiz vagon bor poyezd
Chiqdi janub tomonga.
To`qqiz tadan televizor
Yuklangan har vagonga.
Qirqda televizorni
Jizzax, Samarqand oldi.
Xo`sh qancha televizor
Termiz shahriga qoldi.
B.Omonov.
O`quvchilar she’rni o`qiydilar. Sanoqni bildirgan so`zlarni aniqlab, o`zi bog`langan so`z bilan birga yozadilar. (Qancha?) To`qqiz vagon, (Qancha?) Qirqta televizor. Javob. (Qancha?) Qirq bitta televizor qoldi.
264-mashqdagi “Pul” matni orqali iqtisodiy bilim beriladi. Matn o`qilib, savollarga javob beriladi. So`ng grammatik topshiriq bajartiriladi.
V. Darsni yakunlash.
VI. Uyga vazifa. 265-mashq. Sheyriy topishmoqni ko`chiring. Sanoqni bildirgan so`zlarni savollar berib aniqlang.
3-sinfda “Son-so`z turkumi” tushunchasi kiritiladi. O`quvchilarga son predmetning miqdorini bildirishini otga bog`lanib kelishi yordamida aniqlash ko`nikmasi o`stiriladi. Bularni o`rganishda sonning leksik xususiyatlariga asoslanishi talabalarga aytib o`tiladi.
Dars ishlanmasi
Mavzu: Son- so`z turkumi.
Darsning maqsadi: Shaxs narsalarning sanog`ini bildirgan so`zlarni gap tarkibidan ajratish, ularga so`roq berishga o`rgatish, sonlarni o`zi bog`lanib kelgan so`zlar bilan yozish malakasini rivojlantirish, o`quvchilarda do`stlik –o`rtoqlik, mehnat, mehnatsevarlik hissini tarbiyalash.
Darsning turi: bilimlarni hisobga oluvchi, yangi bilim beruvchi.
Darsning jihozi: turli narsalarni tasvirlovchi rasmlar.
Darsning borishi.
Darsga qadar doskaga yozib qo`yilgan quydagi matn o`qitiladi.
Sinfimizda o`ttizta o`quvchi bor. Ular o`n besh qiz, o`g`il boladan iborat. Men uchinchi partada, Husan to`rtinchi partada o`tiramiz. Sinfimizdagi yigirma o`quvhi besh bahoga, o`n o`quvchi to`rt bahoga o`qiydi. Ularning hammasi bir- birini hurmat qiladi.
-Sizning sinfingizda nechta o`quvchi bor?
-Siz bir-biringiz bilan qanday munosabatdasiz?
-O`qishda, ishda o`rtog‘ingizda qanday yordam berasiz?
Yuqoridagi gaplarni o`qib savollar yordamida sonlar aniqlanadi va xulosalanadi.
Darslik bilan ishlash 261-mashqni bajarish orqali son haqidagi bilimlar mustahkamlanadi. Mashqda berilgan gaplar o`qitilib, har qaysi gapdagi shaxs va narsaning sanog`ini bildirgan so`zlar aniqlanadi. Ular bilan bog‘langan so`zlar birgalikda aytiladi.
3. Mustaqil ish.
Mustaqil ish uchun topshiriq. Matn doskaga yoziladi O`quvchilar narsalarning sonini bildirgan so`zlarninig tagiga to`lqinli chiziq -chiziq chiziladi.
4. Husnixat mashqlari.
O`quvchilar matnni doskadan husnixat qoidalariga rioya qilgan holda ko`chirib yozadilar. Savollar yordamida matn mazmuni ochiladi.
5. Darsni yakunlash.
6. Uyga vazifa 262-mashq.
7. Darsda faol qatnashgan o`quvchilar rag`batlantiriladi va reyting ballari e’lon qilinadi.
4-sinfda sanoq va tartib sonlarning harf, rim va arab raqamlari bilan yozilishi qo`sh undoshli sonlarning, grammatik shakllangan sonlarning (ikkov, o`ntacha, beshtadan) imlosi sonlarning gramm, kloggramm, metr, letr, so`m, tiyin so`zlari bilan qo`llanishi va shu so`z bilan bitta so`roqqa javob bo`lishi o`rganiladi. O`quvchilarning sonlarning otga bog`lanishi, so`roqlar yordamida sonni o`zi bog`langan so`z bilan ko`chirish ko`nikmalari o`stiriladi.
O`qituvchi yordamida talabalar bilan dars ishlanmalari tuziladi. 4-sinf ona tili darsligidagi mashqlar ustida ishlanadi.