Vaqti: 2 soat
|
Talabalar soni: 30 ta
|
Mashg`ulot shakli
|
Amaliy mashg`ulot
|
Ma’ruza rejasi
|
Kishilik olmoshlarini o`tish metodikasi bo`yicha nazariy savol-javob.
Kishilik olmoshlarini o`rganish bo`yicha taqvim-reja taqdimoti.
Mavzu yuzasidan dars fragmentlarini kuzatish va tahlil qilish.
Ta’limiy vositalar va darslik materiallari ustida ishlash.
Talabalar faoliyatini baholash
|
O`quv mashg`ulotning maqsadi
|
Talabalarning kishilik olmoshlarini o`tish bo`yicha nazariy bilimlarini aniqlash.
Kishilik olmoshlarini o`rgatish bo`yicha DTS va ona tili dasturi talablarini anglashlariga erishish.
Kishilik olmoshlarimini o`rgatishda metodik adabiyotlar va darsliklar ustida ishlash ko`nikmalarini shakllantirish.
|
O`qituvchiningmaqsadi va vazifasi:
1. Talabalarni dastur asosida kishilik olmoshlari uchun ajratilgan soatlar bo`yicha taqvim reja tuza olishga, kishilik olmoshlarining kelishiklar bilan turlanishini o`tish metodlarini to`g`ri tanlay bilishga, mustahkamlovchi mashq materiallari ustida ishlash usullarini o`rgatish.
2. Mavzu yuzasidan talabalarga topshiriqlar tizimini ishlab chiqish.
3. Mavzu yuzasidan metodik adabiyotlar va darsliklar ro`yxatini tuzish.
4. Darsda foydalanish uchun darslikka qo`shimcha test, diktant, krossvord, ta’limiy o`yinlar, ko`rgazmali qurollar ishlab chiqish bo`yicha maslahatlar mazmunini tayyorlash.
5. Talabalarga pedagogik texnologiyalar asosidagi dars namunasini ko`rsatish.
|
O`quv faoliyatining natijasi
Talabalar bilishi kerak
4-sinfda kishilik olmoshlarini o`tish bo`yicha ona tili dasturi talablarini bilib olish.
4-sinf ona tili dasturi va «Ona tili» darsligidagi mavzuga oid materiallar asosida taqvim-reja tuzish ko`nikmalarini egallash.
Mavzuga doir metodik adabiyotlardagi tavsiyalarni, ko`rsatmalarni egallab, amalda ulardan foydalanish.
Kishilik olmoshlarini o`tish darslari ishlarini ilg`or pedagogik texnologiyalar asosida ishlab chiqishni egallash.
Darslik materiallari ustida ishlash usullarini egallash.
Kishilik olmoshlari yuzasidan o`quvchilarda hosil qilinadigan bilim, ko`nikma va malakalarni yoritib berish.
Mavzu yuzasidan yozgan dars ishlanmalarini amaliy yoritib berish.
Mavzu yuzasidan tayyorlagan ta’limiy vositalarining samaradorligini amalda qo`llab ko`rsatish.
|
Ta’lim metodi va texnikasi
|
Qadamba-qadam metodi, suhbat, mustaqil ishi, tarmoqlash, amaliy ish metodi
|
Ta’lim vositasi
|
Ona tili darsliklari (1-4-sinf), 1-4-sinflar ona tili darsliklari (metodik qo`llanma), jadval.
Proyektor
|
Ta’lim shakli
|
Yakka tartibdagi savol-javob, kichik guruhlarda ishlash
|
Ta’lim sharti
|
Auditoriya, TSOdan foydalanish
|
Dars bosqichlari va vaqti
|
O`qituvchi
|
Talaba
|
1-bosqich. Kirish.
(5 daqiqa)
|
1. Ma’ruza mavzusini
(Kishilik olmoshlarini o`rganish darsi reja-konspektini tuzish) s
2. Ma’ruza maqsadini
3.Ma’ruza rejasinie’lon qilish.
|
Eshitadi, yozadi, javob beradi.
|
2-bosqich
Bilimlarni aktuallashtirish
(5 daqiqa)
|
Kichik guruhlarni tashkil qilish.
1. Nazariy savol-javob. Har bir guruh uchun tayyorlangan savol-topshiriqlar konvertlarda beriladi.
|