330-mashq. Maqollarni o`qing ma’nosini tushuntiring.
1. So`zdan so`zning farqi bor, 32 narxi bor 2. 1 yil tut ekkan kishi 100 yil gavhar teradi. 3. Tovuq 7 xazinaning biri. 4. Yerdan ayrilgan 7 yil yig`lar, elidan ayrilgan o`lguncha yig`lar.
Maqqollarni ko`chiring. Raqamlarni harfiy ifoda bilan yozing. Maqqollarda sonning qaysi turi berilgan?
337-mashq. Chiziqchalar o`rniga kerakli so`zlarni qo`yib matnni ko`chiring. Qo`ygan so`zlaringizning turkumini aniqlang.
Men ….ko`chasidagi …….-uyda turaman. - maktabning …… - sinfida o`qiyman. Onam -……. Otam - …….Opam (akam) ….. sinf o`quvchisi. Kichik ukam (singlim) …bolalar bog`chasida tarbiyalanadi.
3-ilova
O`quvchilarning son haqidagi bilimlarini mustahkamlash bo`yicha ta’limiy o`yinlar. («Domino», «Zinama-zina» kabi), ko`rgazmali jadvallar ishlab chiqing.
Topshiriqlar bo`yicha talabalar taqdimoti.
4-ilova
Son yuzasidan o`quvchilar bilimini aniqlash uchun nazorat topshiriqlari ishlab chiqing (test, tarqatma material, savollar).
Topshiriqlar bo`yicha talabalar taqdimoti.
12–topshiriq.. Sonni o`rgatish bo`yicha kompyuter dasturi ishlab chiqish.
O`qituvchi talabalar bilan savol - javob qilish orqali son so`z turkumi haqidagi nazariy bilimlarni mustahkamlab oladi.
Sonni o`ganish tizimi son haqidagi materialni leksik grammatik tomonidan sinfdan - sinfga o`tgan sayin boyitib murakkablashtirib borishni nazarda tutadi.
Boshlang`ich ta‘limda son 3 yo`nalishda o`rganiladi.
Sonlarning talaffuzi va ma’nosi ustida ishlash.
Sonning grammatik shakllari ustida ishlash.
Sonlarning imlosi ustida ishlash.
Son boshlang`ich sinflarda quydagi izchilliklarda o`rganiladi.
2-sinfda nechta?, qancha?, so`roqlariga javob bo`lib shaxs va narsaning sanog`ini, nechanchi? So`rog`iga javob bo`lib, shaxs va narsaning tartibini bildiradi.
Nechta? qancha yoki nechanchi? So`roqlariga javob bo`lgan bunday so`zlar shaxs va narsalarning nomini bildirgan so`zlarga bog`lanib ularning sanog`i yoki tartibni ifodalashi amaliy o`zlashtiriladi va keyingi sinflarda sonning so`z turkimi sifatida o`rganishga o`quvchilar tayyorlanadi.
Asosiy adabiyotlar:
1. Qosimova K., Matjonov S., G‘ulomova X., Yo‘ldosheva Sh., Sariyev Sh. Ona tili o‘qitish metodikasi. –T.: Noshir, 2009. – 163 b.
3. Matchanov S., G‘ulomova X., Yo’ldasheva Sh., A. Nisanbaeva. Ana tilin oqыtu әdіstemesі. –T.: TDPU, 2013. – 277 b.
4. Raxmatullaeva L.I. Metodika prepodavaniya rodnogo yazыka rodnogo yazыka. –T.: Uchebnoe posobie. Moliya Iktisod, 2007.
5.Husanboyeva.Q, Shodiyev.F, Hazratqulov.M. Boshlang’ich sinflarda adabiyot o’qitish metodikasi. SamDU.2019.332 b.
6.Ona tili va o’qish savodxonligi.1-qism. Darslik. 2-sinf uchun. K.Mavlonova va boshq. -Toshkent: Respublika ta’lim markazi, 2021.-120 b.
Do'stlaringiz bilan baham: |