O`quv soati – 2 soat
|
Talabalar soni: 50 ta
|
O`quv mashgulot shakli
|
Axborotli ma’ruza.
|
Ma’ruza rejasi
|
1. Og`zaki va yozma insho turlari.
2. O`quvchilarni tarbiyalashda inshoning roli.
3. Insho mavzusi, uni yoritish.
4. Reja tuzish.
5. Insho yozishga tayyorlash.
|
O`quv mashg`ulotining maqsadi Talabalarga bog`lanishli nutq, og`zaki hikoya, qayta bilimlarni berish. Insho va uning turlariga qo`yilgan talablar bilan tanishtirish. Ijodiy qayta hikoyalash va tasvir elementlari haqida tushuncha va ko`nikmalar hosil qilish.
|
Pedagogik natijalar:
|
O`quv faoliyat natijalari:
|
1. Og`zaki va yozma insho turlari.
|
Insho 1-sinfda kichik og`zaki axborot va emotsional hikoyadan boshlanib, o`z fikrini ifodalashga, o`quvchi shaxsining tashkil topishiga xizmat qiladigan, ta’lim-tarbiyaviy ahamiyatga ega bo`lgan jiddiy rejali aqliy ishga aylanadi.
|
2. O`quvchilarni tarbiyalashda inshoning roli.
|
Inshoning tarbiyaviy ahamiyati tanlanadigan mavzuga, shuningdek, insho ustida o`quvchilar qanchalik mustaqil ishlashi va qiziqishiga, insho g`oyasiga ham bog`liq.
|
3. Insho mavzusi, uni yoritish.
|
Mavzu insho predmeti bo`lib, uning mazmunini tashkil etadi. Mavzuga qarab inshoda aks ettiriladigan materiallar, dalillar, hodisalar tanlanadi. Inshoning to`g`ri va to`liq bo`lishi o`qituvchi mavzuni qanday shakllantirishi, o`quvchilar uni qanday tushunishlariga bog`liq.
|
4. Reja tuzish.
|
Reja har qanday og`zaki yoki yozma hikoya qilishning zaruriy pog`onasi, uning «loyihasi» dir. Kishi o`z nutqi haqida o`ylab, asosiy gaplarini belgilab oladi. Insho uchun reja tuzish shuning uchun ham zarur. 1 - sinfda reja rolini o`qituvchi savollari, ya’ni so`roq gaplar tarzidagi reja bajaradi; 2 - sinfda reja jamoa o`qituvchi rahbarligida tuziladi; 3 - sinfda esa mustaqil tuziladi.
|
5. Insho yozishga tayyorlash.
|
Inshoga tayyorgarlikni o`qituvchi boshqaradi, bunga o`quvchilarni ishtirok ettiradi, ularning o`ta faolligi va mustaqilligiga erishadi. Tayyorlik deganda, birinchidan, o`quvchilarda nimanidir tasvirlashga, hikoya qilishga talab uyg`otadigan vaziyat yaratish; ikkinchidan, insho uchun yetarli bo`lgan zarur material yig`ish; uchinchidan, mavzuga oid, uni yoritishga mos bo`lgan til vositalarini tanlash tushuniladi.
|
O`qitish vositalari
|
O`UM, ma’ruza matni, doska, bo`r, latta.
|
O`qitish usullari
|
Axborotli ma’ruza, bliss-so`rov, klaster usuli, aqliy hujum.
|
O`qitish shaqillari
|
Frontal, kollektiv usulda.
|
O`qitish sharoiti
|
Texnik vositalar bilan ta’minlangan,guruhlarda ishlash usulini qo`llash mumkin bo`lgan auditoriya.
|
Monitoring va baholash
|
Og`zaki savollar, bliss- so`rov
|
Og`zaki va yozma insho turlari. O`quvchilar inshosini tahlil qilish mavzusining texnologik xaritasi.