Maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan davlat talablari


-§. Atrof muhitni o‘rganish va anglash



Download 0,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/72
Sana04.08.2021
Hajmi0,78 Mb.
#138517
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   72
Bog'liq
Документ Microsoft Word

2-§. Atrof muhitni o‘rganish va anglash 

156. Quyidagilar 12 — 24 oylik bolalarda atrof muhitni o‘rganish va anglash talablari hisoblanadi. 

jonli va jonsiz olamni kuzatish hamda ta’riflab berish; 

tabiat hodisalarini kuzatish; 

rasmda aks ettirilgan yoki ko‘chadagi o‘simlik va hayvonlarni ko‘rsatish, ularning nomlarini aytish; 

inson tana a’zolarini o‘rganish. 

157. Quyidagilar 12 — 24 oylik bolalarda atrof muhitni o‘rganish va anglash indikatorlari hisoblanadi: 

havodagi o‘zgarishlarni ajratish (masalan, qor yog‘ayotganda tashqariga chiqishni xohlash, yomg‘ir 

yog‘ayotganda esa soyabonni olish); 

inson tana a’zolari va asosiy organlarining vazifalarini bilish, o‘zining tana a’zolarini (quloqlarining 

eshitishini, ko‘zlarining ko‘rishini) to‘g‘ri ko‘rsatish; 

qo‘g‘irchoqlar va o‘yinchoqlardan zavqlanish. 

158. 12 — 24 oylik bolalar bilan quyidagi mashqlarni olib borish lozim: 

bola bilan yilning barcha fasllarida sayr qilish va har bir tabiat hodisasini tushunarli qilib izohlash; 

tabiat hodisalarini kuzatishni tashkil qilish; 

bolaga jonli va jonsiz buyumlarni ko‘rsatish; 

bolaga  atrofdagi  o‘zaro  bog‘liqliklarni  (agar  niholga  suv  quyib  turilsa,  uning  o‘sib,  unishini) 

tushuntirish; 

bolaning o‘simliklar va hayvonlar nomlarini aytishini rag‘batlantirish; 

bolaning  o‘z  tana  a’zolari  nomini  aytishini  yoki  qo‘g‘irchoqlar  va  o‘yinchoqlarda  shunga  o‘xshash 

qismlarni topib aytishini rag‘batlantirish, ularning vazifasini tushuntirish. 

159. Sayr vaqtining ketma-ketligi ta’minlab borilishi lozim. 



3-§. Ijod 

160. Quyidagilar 12 — 24 oylik bolalarda ijod talablari hisoblanadi: 

turli tovushlar va ovozlarni ajrata olish; 

musiqaviy va ko‘rgazmali faoliyatda ishtirok etishga qiziqish bildirish. 

161. Quyidagilar 12 — 24 oylik bolalarda ijod indikatorlari hisoblanadi: 

o‘zi yoqtirgan bolalar ko‘rsatuvlariga munosabat bildirish, ularni qiziqib tomosha qilish; 

musiqali o‘yinchoqning yoqimli ovozini eshitish uchun doimo ushbu o‘yinchoqdan foydalanish; 

tanasini musiqaga mos ravishda harakatlantirish (raqsga tushishga harakat qilish); 

oddiy va sevimli qo‘shiqlarini aytishga harakat qilish; 

turli tartibsiz chiziqlarni erkin chizish, rasm chizish; 

loy, xamir, plastilindan buyumlar yasashga qiziqish bildirish. 



162. 12 — 24 oylik bolalar ta’limiga quyidagicha yondashish lozim: 

bolaga  uning  yoshiga  mos  bo‘lgan  ko‘rsatuvlarni  ko‘rishga  ruxsat  berish,  biroq  televizor  ko‘rish 

vaqtini cheklab qo‘yish; 

bolaga turli musiqali o‘yinlarni o‘ynash imkoniyatini yaratish; 

bolaning faollik ko‘rsatishini rag‘batlantirish, u bilan birga raqsga tushish; 

bolaga musiqali kitob berish, musiqa qo‘yib berish yoki u yoqtiradigan oddiy kuylarni aytib berish; 

bola bilan muloqot qilayotganda, u bilan birga qo‘shiq aytish; 

bolaga  ruchka,  rangli  qalamlar,  flomaster,  marker  va  qog‘oz  berib,  uning  rasm  chizishini 

rag‘batlantirish; 

bolaning qum yoki yer ustida rasm chizishiga ruxsat berish; 

bola bilan birga loydan dumaloq shakllar, haykalchalar yasash. 

163. 12 — 24 oylik bolalar ijod qilishi uchun mo‘ljallangan barcha materiallar sanitariya va gigiyena 

talablariga javob berishi lozim. 


Download 0,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish