Talaffuz me’yorlari. Adabiy tilning og’zaki va yozma shakli bo’lgani kabi, nutqda ham imloviy hamda talaffuz me’yorlari mavjuddir.
Talaffuz me’yorlari, ya’ni adabiy talaffuz me’yorsi til birliklarining og’zaki nutq jarayonida adabiy til me’yorsiga muvofiq kelishidir. Yozuv tufayli o’zbek tilining imloviy me’yorsi anchagina durust holga keltirilgan bo’lsa ham, talaffuzda kamchiliklar hali anchagina. Talaffuzda har xilliklar davom etib kelmoqda va bu hol o’zbek tili nutq madaniyatiga salbiy ta’sir ko’rsatmoqda. Buning sabablari nimada? Sabab sifatida quyidagilarni ko’rsatish mumkin:
O’zbek adabiy tilining og’zaki me’yorlarini barcha bir xilda mukammal egallay olmagani sezilib turadi. Og’zaki adabiy tilni egallash yozma adabiy tildan foydalanishga ko’ra sustroqdir.
Adabiy tilda so’zlovchilar nutqida mahalliy shevalar ta’siri kuchli. Bu ayniqsa, lahjaviy talaffuz va lahjaviy aksentlarda sezilib turadi.
O’zbek adabiy talaffuzi doirasidagi ko’zga tashlanuvchi xususiyatlardan biri keksa va yosh avlod nutqidagi tafovutdir.
Adabiy til og’zaki shakli me’yorlarining qat’iylashuvida yozma nutq, yozilgan matnlar, talaffuz (orfoepik) va imlo lug’atlari ijobiy rol o’ynab keldi... Shu bilan birga, yozma nutq ta’siri og’zaki adabiy nutq doirasida ba’zi bir nuqsonlarni ham yuzaga keltirdi. Og’zaki nutqda yozma nutq uchungina xos bo’lgan ibora va uzun jumlalar yuzaga keldi. Bir qator so’zlar yozilgan shaklida, sun’iy talaffuz etiladigan bo’ldi...
Og’zaki nutqme’yorlari doirasida hali yetarli qat’iylashmagan, talaffuzi ikkilanib turuvchi bir qator hodisalar mavjud. Chunonchi, ruscha-baynalmilal so’zlar talaffuzida ikkilanishlarni tug’diruvchi uch xil hodisa, ayniqsa, ravshan sezilib turadi: 1) ruscha-baynalmilal so’zlarni dialektal shaklida talaffuz qilish; 2) so’zni yozilgandek, ya’ni yozma shakliga taqlidan aytish; 3) qabul qilingan so’zni o’zbekcha aksent bilan aytish yoki aksincha, uni o’zbekcha aksentda g’lati tuyuluvchi ruscha aksent bilan aytish va boshqalar.
Bu kamchiliklarning ham obyektiv, ham subyektiv sabablari bor, albatta. Tilimiz juda ko’p shevalardan tashkil topganligi, so’zlashuv nutqida ularning ta’siri kuchli ekanliginiva bu holat tilimizda hali davom etishi mumkinligini e’tirof etish lozim bo’ladi. Tilimizning lug’at tarkibida forscha-tojikcha, arabcha, ruscha-baynalmilal unsurlarning anchagina ekanligi ham talaffuzda bir qancha chalkashliklarga olib keladi.
Chet tillardan qabul qilingan va qilinayotgan so’zlar iste’molda o’zbek tilining ichki rivojlanish, amal qilish qonun-qoidalariga bo’ysunishi kerak. Yangi alifboga asoslangan imlo qoidalariga rioya qilinishi bilan bu muammo ham vaqti bilan hal etiladi. Talaffuz me’yorlarining buzilishiga yana quyidagi kabi subyektiv sabablarni ham ko’rsatish mimkin. Ba’zi kishilar madaniyroq gapiraman deb o’ylab, men, sen olmoshlarini man, san tarzida qo’llaydilar.
O’zbek tili talaffuzida uchraydigan bu kabi kamchiliklarga ko’plab misollar keltirish mumkin.
Tan olish kerakki, keyingi yillarda adabiy tilning og’zaki shakli birmuncha me’yorllashib, yozma nutqqa yaqinlashib bormoqda. Bu xalqimiz madaniy saviyasining yanada o’sganligidan dalolatdir. Bu borada odamlar namuna oladigan o’shalarday gapirishga harakat qiladigan olimlar, pedagoglar, umuman ziyolilarning, oliy va o’rta ta’limning xizmatlari sezilarlidir. Ana shu ta’sir yanada kuchaytirilishi, targ’ibotning ommaviy vositalari – radio, televideniyedan, teatr, kino san’atidan, matbuotdan, badiiy adabiyotdan unumli foydalanilishi kerak. Bularning hammasi talaffuz me’yorlarini o’zlashtirishga ko’maklashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |