NUTQNI O’STIRUVCHI MASHG’ULOTLAR
XALQ OG’ZAKI IJODIDAN
MAQOLLAR
1. Aytar so’zni ayt,
Aytmas so’zdan qayt.
2. Haq so’zga o’lim yo’q.
3. Oz so’z- soz so’z.
4. Tilni bilish- dilni bilish.
5. Notiq mahmadona bo’lsa, majlisning burdi ketar.
6. Tildan qoqilishdan ko’ra, oyoqdan qoqilish afzal.
7. Gapning tagini gap ochar.
8. Befoyda so’zni aytma, foydali so’zdan qaytma.
9. Yaxshi gap bilan ilon inidan chiqadi.
10. Aytilgan so’z otilgan o’q.
11. Sevdirgan ham til, bezdirgan ham til.
12. Gapni oz so’zla, ishni ko’p ko’zla.
13. Ko’p bilgan oz so’zlar, oz bo’lsa ham soz so’zlar.
14. Qilichning zahri ketsa ham, so’zning zahri ketmas.
15. Otalar so’zi– aqlning ko’zi.
16. Xalq o’giti — baxt kaliti.
17. Odob insonga husn.
18. Qanoatda — barakat.
Do'stlaringiz bilan baham: |