Psixologik tayyorgarlik tushunchasi – maktab talimi nuqtai nazaridan 1- sinfga qadam qo’yayotgan bola psixik rivojlanishdagi muhim sifat ko’rsatkichlarining majmuasi bo’lib hisoblanadi. Bolaning maktab ta’limiga psixologik tayyorgaligining barcha komponentlari bolani sinf jamoasiga olib kirish, o’quv materiallarini ongli-faol egallash, maktabga oid majburiyatlarni bajarishni qamrab oladi. Psixologik tayyorgarlikning tarkibiy jihatlari: intellectual (aqliy), ma’naviy va irodaviy tayyorgarlikdan iboratdir. Bolalarni maktab ta’limiga intellektual(aqliy) jihatdan tayyorgarligining ahamayati o’quv faoliyatining yetakchi turi hisoblanadi.5-6 yoshli bolaning maktabga intellectual (axloqiy) tayyorligining yana muhim ko’rsatkichlaridan biri bu ulardagi obrazli tafakkurning oliy darajada rivojlanganligidir. Bu o’quvchilardan jiddiy aqliy mehnatni, aqliy qobiliyatining va bilish faoliyatini talab qiluvchi omillar o’quv jarayonidan kelib chiqib belgilanadi. Ma’naviy tayyorgarlik bu – bola o’z xatti-harakat, iroda, hissiyotlar, insonlarga nisbatan muloqot qilishdi o’z fikrini ayta bilishi, o’zini shaxs sifatida anglashi, o’quvchi va sinfdagilar bilan o’zaro munosabatlarni axloqiy asosda qurishga imkon beradigan darajada erishish tushuniladi. Irodaviy tayyorgarlik bu – bola ongi va axloqiy – hissiy rivojining muayyan darajasi bilan ham ifodalanadi. Bunda bolaning ijtimoy-hissiy rivojlanishi kattalar va tengdoshlariga nisbatan o’zaro hurmat bilan qarash, kattalar bilan muloqot qilish doirasini kengaytirish, taassurotlari bilan o’z hissiyotlarini o’rtoqlasha olish nizoli vaziyatlardan mustaqil chiqa olish, jamoada o’zini tuta bilish va ijtimoiy-psixologik mavqeini ko’tarinki rux bilan qabul qilishni o’rganadi. Ta’lim jarayonida bola imkoniyatlarining namoyon bo’lishi ma’lum darajada nasliy omillar bilan ham bog’liqdir. Bolalar o’z temperament xusiyatiga ko’ra bir biridan ajralib turadilar:
Xushchaqchaq, sergap, quvnoq, hayotning o’zgaruvchan sharoitlariga tez moslasha oladigan bolalar – Sangvinik temperamentiga mansub bo’ladilar. Ko’pincha noxush kayfiyatda yuradigan, ta’sirchan, kamgap, sust bolalar – Melanxolik temperamentiga kiradilar. Xotirjam, befarq, kamxarakat, nutqi sust bolalar – Flegmatiklardir. Jahldor, betoqat, serzarda, harakatchan bolalar – Xolerik hisoblanadi. Bolalar o’zlarini qiziquvchanlik, aqliy faolliklariga qarab ham bir-birilaridan ajralib turadilar. Ba’zi bolalar ko’p savol beradilar va harakatchan bo’ladilar, ba’zi bolalarni esa hech narsa qiziqtirmaydi.Bolalarning maktabga psixologik tayyorgarligi keng va mukammal bo’lib rivojlangan bo’lishi darkor. Biz bolalarga qanchalik yaxshi bilim bersak, o’ylaymanki ular kelajakda Vatanga sadoqat ruxida, yetuk inson bo’lib yetishadilar.
Bolaning maktabda ta’lim olishga tayyorligini tashxislash bu tekshiruv juda zarur. U oila uchun bolaning qaysi jihatlariga tuzatish ( agar u zarur bo’lsa ) kiritishda, olti yoshligining muvaffaqiyatlari va kamchiliklariga qanday yondashishda, shu maqsadda u tarbiyachilarga, qolaversa, 1-sinf o’qituvchlari uchun ham kerak. Afsuski, bugungi kunda tashxis tizimining takomillashmaganligi, o’zini oqlamagan turli xil shakllarini ko’pligi ta’lim muassasalarining hamda ota-onalarning bolalarini maktabga tayyorlash borasida faoliyatini qiyinlashtirmoqda. Masalan, ayrim maktablarda bolalarni birinchi sinfga olishda bolaning maktabga tayyorgarligini belgilovchi asosiy ko’rsatgich sifatida tez o’qish ko’nikmasi (bir minutda 50-70 va undan ham oshiq so’z ) ilgari surilmoqda. Vaholanki, bu ko’nikma maktabgacha ta’lim davlat dasturiga kiritilmagan. Agar bola tez o’qishga o’rgangan bo’lsa yomon emas, biroq bu maktabga borishdagi shartli talab sifatida qabul qilmasligimiz kerak.
Tashxis o’tkazish, bolaning rivojlanganligi va maktabda ta’lim olishga tayyorligi darajasini aniqlash maqsadida turli usullarning bir necha variantlari berilmoqda. Biroq bu har bir bolaga tashxis qo’yishda mazkur uslublarning barchasini qo’llash zarur, degani emas. Bolani tashxisdan o’tkazishni majburiylikka asoslanmagan, ishonchli suxbat yoki o’yin tartibida olib brogan ma’qul. Toki bola o’zini tekshirilayotganini sezmasligi kerak. Bolani berilgan savollarga javob berayotganda shoshirmaslik, uning qiziqishini so’ndirmaslik uchun suxbat va tavsiya etilayotgan o’yinlardan 2-3 tasini o’tkazish maqsadga muvofiq. Bir marta tashxis o’tkazish vaqti 20-25 daqiqadan oshmasligi kerak. Barcha turdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari, maktablar uchun majburiy bo’lgan hamda ota –onalarning ham bolani maktabga tayyorgarligini aniqlash va bola rivojlanishidagi ayrim jihatlarni chuqurroq yechishlariga imkon beruvchi asosiy tashxislash usullarining asosiylariga quyidagilar kiradi:
Bolaning sog’ligi va jismoniy rivojlanganligi xolati tashxisi.
Shaxsiy – psixologik va aqliy rivojlanganlik tashxisi: - tashxislovchi kirish suxbati:
-Kern-Irasek tizimi bo’yicha tashxislar;
-Venger metodi bo’yicha tashxislash ( grafik diktant )
3. Ta’lim olish faoliyatining ko’nikma va ilk zaminini aniqlash tashxisi:
Bolalarning maktab haqidagi tasavvurlarini aniqlovchi savolnoma (mativatsion tayyorgarlik)
Bolalarning matematik tushunchalarini aniqlovchi savolnoma;
Bolalarning og’zaki savodxonligi va nutqi rivojlanganligini aniqlovchi savolnoma.
Do'stlaringiz bilan baham: |