Ta’limning ko’rsatmalilik qoidasi
•
“Xotirada dalili bor hamma narsalarni yaxshiroq, tezroq va o’ngay eslab qoladi” degan A.R.Beruniy.
•
“Birdaniga ko’p sezgilar yordamida idrok etish mumkin bo’lgan narsalarni iloji boricha bir necha sezgilar
ishtirokida idrok etish lozim”, deb ko’rsatgan Ya.A. Komenskiy. Mashhur pedagog K.D.Ushinskiyning
quyidagi fikri ta’limda qimmatlidir. “Siz bolaga qandaydir bir nechta noma’lum so’zni o’rgating, u bu
so’zlarni bilib olguncha uzoq vaqt ketadi va behuda bosh qotiradi, lekin suratlar vositasida o’rgatilganda,
yigirma so’zni o’quvchi hash-pash deguncha o’rganib oladi”.
•
Ko’rsatmalilik qoidasi ta’limning yetakchi qonun - qoidalarini ham amalga oshirishda juda muhim didaktik
masalalarni o’z ichiga oladi, ayniqsa:
•
1. Bayon qilayotgan temaning harakteriga mos keladigan ko’rsatma materiallardan to’g’ri foydalanish.
•
2. Ta’limda qo’llaniliyotgan ko’rsatma materiallar o’quvchilarning yaqqol va kokret obrazli idrok qilishini
ta’minlashi.
•
3. Ko’rsatma materiallar orqali o’quvchilar obyektiv borliqdagi narsa, xodisa va voqyealar bilan, ularning
xususiyati, belgilari va bir - biri bilan bog’lanish vositalari bilan tanishadilar.
•
4. Ko’rsatma materiallarining ko’rsatmali bo’lishi ilmiy bilimlarni mustahkamlashini ta’minlab qolmay,
o’quvchilar diqqatining barqarorligini oshiradi, ijodiy tashabbuslarining rivojlanishiga yordam beradi.
Ta’limda onglilik, faollik va mustaqillik qoidasi.
•
Ta’lim jarayonining muvaffaqiyati ko’p jihatdan sinf o’quvchilarning faolligiga bog’liq.
•
“Tarbiyachi shuni unitmasligi kerakki, o’quvchilarini qiziqtirmasdan, ularni quriq majburiyat va zo’rlash yo’li
bilangina o’qitishdan hyech qanday natija chiqmaydi qoidasi ilgari suringan. Biroq bu o’rinda o’quvchilar faoliyatini
o’qituvchi tomonidan bayon qilinayotgan tayyor va yaxlit o’quv materialini faolsiz tinglovchi harakterdagi faoliyat
deb tushunish yarmaydi. Ta’limda o’quvchilarning tafakkurini aktivlashtirish ularning mustaqilligini taraqqiy
ettirishga yordam beradi, mustaqil ishlarining to’g’ri yo’lga qo’yilishi esa ularning fikr qilish faoliyatlarini o’stiradi
va takomillashtiradi. Ta’lim jarayonida o’quvchilar faolligi, dastavval ularning aktiv faoliyati - tafakkur qilish
faoliyatidir.
•
Materiallarning o’quvchilar tomonidan o’zlashtirilishi ularning fikr qilish faoliyatiga ta’sir qilish jarayonida yuzaga
keladi. Shunga asosan ta’limni ongli o’zlashtirish prinsipi bir tomondan o’quvchilarning mustaqil, aktiv fikr
qilishlarini nazarda tutsa, ikkinchi tomonidan ularning mustaqillik va faolligini takomillashtirib borishni o’z ichiga
oladi. O’quvchilar faolligi ta’lim jarayonidagi emas, balki o’zlashtirilgan ilmiy bilim, hosil qilingan ko’nikma va
malakalarni hayotga qo’llay olish faoliyatini ham o’z ichiga oladi. Tafakkur qilish fikrlash operasiyalarida, ya’ni
taqqoslash, analiz, sintez qilish, abstraksiya va umumlashtirishda ko’rinadi. Ongli o’zlashtirish prinsipi. ta’lim
jarayonida o’quvchilarning mustaqil olib boradigan ishlari bilan bevosita bog’liqdir. O’qish jarayonida mustaqil
ishlar: kitob, gazeta, jurnal materiallari, spavochniklar, tablisalar, kartalar ustida ishlash, tabiiy fanlar ya’ni
matematika, fizika, biologiya bo’yicha mustaqil amaliy ishlar va laboratoriya mashg’ulotlari o’tkazish muhum
ahamiyat kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |