Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarga ta’lim berish metodlari


Ta'lim qonuniyatlari (prinsiplari) bu



Download 1,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/7
Sana07.04.2022
Hajmi1,24 Mb.
#534739
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
4-MAVZU

Ta'lim qonuniyatlari (prinsiplari) bu

o'qitish jarayoniga qo'yiladigan talablar
yig'indisidir.


Quyidagilar eng muhim didaktik prinsiplar qatoriga
kiradi.

1. Ta’limning ilmiy, muntazam va izchil bo‘lishi prinsipi;

2. Ta’lim va tarbiyaning birligi prinsipi;

3. Ta’limda nazariyaning amaliyot bilan birligi prinsipi;

4. Ta’limning ko‘rsatmali bo‘lish prinsipi

5. Ta’limda onglilik va faollik prinsipi

6. Ta’limni puxta va mustahkam o‘zlashtirish prinsipi;

7. Ta’lim jarayonida o‘quvchilar yosh va
alohida xususiyatlarini
hisobga olish va tushunarli qilib o‘qitish prinsipi.


TA’LIMNING ILMIYLIK PRINSIPI.
Ta’limning ilmiylik prinsipi ta’lim jarayonida o‘quvchilarning tabiat, jamiyat va kishi
tafakkuri taraqqiyoti haqidagi qonun va qoidalarni dialektik materialistik
asosda
egallab olishlarini, atrofni o‘rab olgan ob’ektiv borliqdagi predmet, narsa, hodisa va
voqealarning bir-biriga bog‘liqligi, hamisha harakatda va rivojlanishda ekanligini
ilmiy asoslarini
anglab olishlarini, fakt va hodisalarni mustaqil tahlil qilish va
xulosalar chiqarish, shuningdek, ularga o‘zlashtirilgan ilmiy bilimlarini turmushda
qo‘llay bilish ko‘nikma va malakalarni hosil qilish talablarini ham o‘z ichiga oladi.
Ta’limning ilmiylik prinsipi ta’lim jarayonida o‘quvchilarni hozirgi zamon fan-
texnika taraqqiyoti darajasiga muvofiq keladigan ilmiy bilimlar bilan qurollantirishni
hamda maktab ta’limi davomida yoshlarni ilmiy bilimlar bilan tanishtirib borishni
ta’minlashga qaratilgandir.


Shuningdek, o‘quvchilarning umumiy tayyorgarligi saviyasi va yosh
xususiyatlariga mos keladigan eng sodda shakldagi ilmiy tadqiqot metodlari
bilan tanishtirishni ham talab qiladi. Ayniqsa o‘quvchilarni atrofni, narsa, 
voqea va qodisalarni mustaqil ravishda kuzatish, eksperiment o‘tkazish, 
dastlabki ilmiy manbalar, adabiyotlar ustida ishlash, muammolar qo‘yish va
muammoli vaziyatlarni hal qilish, yechish kabi dastlabki ilmiy tadqiqot
metodlari bilan tanishtirishni talab qiladi.
Didaktikaning ilmiylik prinsipi o‘quvchilar ilmiy materialistik
dunyoqarashlarini shakllantirishga, atrofni o‘rab olgan ob’ektiv borliqni
o‘rganish, bilishga bo‘lgan qiziqishlarini o‘stirish, shuningdek ularning
mustaqil ravishda o‘z ma’lumotlarini oshirishga mustaqil ilmiy ishlar olib
borishga bo‘lgan moyilliklarini rivojlantirish ham zarur bo‘lgan ko‘nikma va
malakalar hosil qilishga olib keladi. Bularning hammasi o‘quvchilarning
ijodiy faolliklarini oshiradi.



Download 1,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish