Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarga ta’lim berish metodlari


TA’LIMNING MUNTAZAMLILIK VA IZCHILLIK



Download 1,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/7
Sana07.04.2022
Hajmi1,24 Mb.
#534739
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
4-MAVZU

TA’LIMNING MUNTAZAMLILIK VA IZCHILLIK 
PRINSIPI
.
Maktab ta’lim-tarbiya jarayonining hamma sohasida muntazamlilik va izchillik prinsipi hal qiluvchi
ahamiyatga ega. Maktab o‘quv fanlarining muntazamliligi ustida gap borar ekan, uni fan va fanni
o‘rganish tizimidan farq qilish lozim. Fan va uni o‘rganish tizimi o‘ziga xos ko‘p qirrali, chuqur va
murakkab hodisalarni o‘z ichiga oladi. O‘quv fanlarini o`rganishda umumiylik, birlik va muayyan
ichki mantiqiy bog‘lanishlar mavjuddir. Shunga ko‘ra, maktab o‘quv fanlarini muntazam bayon
qilish bir qator didaktik qoidalarga amal qiladi, ya’ni bir tomondan umumta’lim maktablarida
o‘qitilayotgan fanlar ma’lum fan tizimi bilan o‘zaro mustahkam, ilmiy va mantiqiy bog‘lanishlarga ega
bo‘lishi nazarda tutilsa, ikkinchi tomonidan, izchil muntazam o‘qitilayotgan fanlar orqali
o‘quvchilarning bilish qobiliyati, o‘zlashtirish darajasi va ularning ijodiy kuchlarini rivojlantirib
borish nazarda tutiladi. Buning uchun maktab ta’limi jarayoni muntazamlilik prinsipining quyidagi
qoidalariga rioya qilishi lozim. Fanni o`qitishda oddiydan murakkabga, osondan qiyinga o
tish
kerak. Ya’ni o‘tilayotgan fan yoki bayon qilinayotgan yangi materialning o‘quvchilarning oldindan
o‘zlashtirgan ilmiy bilimlari, ko‘nikma va malakalari bilan izchil va uzviy bog‘lanishi, shu bilan bir
vaqtda o‘qitilayotgan fan yoki o‘quv materiallarini o‘zlashtirish orqali kelajakda yangi fan yoki
yangi bilimlarni o‘zlashtirishga, shuningdek navbatdagi ta’lim bosqichiga o‘tish uchun zamin
yaratilishi nazarda tutilmog‘i lozim.



O‘qituvchi kundalik o‘quv materialini bayon qilishda muntazamlilik prinsipiga muvofiq dars o‘tadi. Bunda:

1) Yangidan bayon qilinayotgan o‘quv materialining oldindan
o‘zlashtirilgan meteriallar bilan izchil
bog‘lanishini ta’minlash va shu orqali o‘quvchilarda hosil qilingan tasavvur va tushunchalarni kengaytirish
hamda chuqurlashtirish;

2) bayon qilinayotgan o‘quv materiallarining hajmiga muvofiq suratda qismlarga bo‘lish, undagi yetakchi va
bosh masalalarni ajratish qismlardan kelib chiqadigan umumiy tushunchalarni aniq va ravshan qilib uqtirish;

3) yangi materialni bayon qilish jarayonida o‘quvchilarni mustaqil
mantiqiy fikr qilishga da’vat etish,
shuningdek ijodiy urinishlarni tarbiyalash kabilar nazarda tutilmog‘i lozim. Shu bilan birga ta’limning
muntazamlilik prinsipi bayon qilinayotgan o‘quv materiallarini mustahkamlash va ilgari o‘tilgan materiallarni
to‘ldirishga xizmat qilishi; o‘quvchilarning uzluksiz va izchil suratda mustaqil ish olib borishlarini;
o‘quvchilarning o‘zlashtirgan bilim va hosil qilgan ko‘nikma va malakalarini hisobga olib borishni ham o‘z
ichiga oladi.

Ta’limning muntazamliligi uning izchil bo‘lishi bilan bog‘liqdir. Izchillikka asoslangan ta’limning xarakterli
belgisi shundaki, u o‘quvchilarning oldindan o‘zlashtirgan bilim va malakalari zamirida yangi bilim,
ko‘nikma va malakalar hosil qilish, ularning o‘zaro bog‘lanishlarini takomillashtirish va aksincha, yangi
bilimlarni bayon qilish jarayonida oldin o‘zlashtirilgan bilim, ko‘nikma va malakalarni yana ham
chuqurlashtirish, kengaytirish va mustahkamlashni ta’minlashga qaratilgandir.

Ya.A.Komenskiy «izchillikka rioya qilib o‘qitish lozim, toki bugun o‘rganilgan ilmlar kecha o‘rganilganlarni
mustahkamlasin, erta o‘rganiladiganlarga zamin hozirlasin» degan edi.



Download 1,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish