Tabiat bilan tanishtirish metodi haqida tushuncha va uning tavsifi.
Pedagogikada metod — pedagog va ta‘lim oluvchining (bolaning) ma‘lum ta‘lim- tarbiyaviy natijasi: bilimlarni egallash, malaka va ko‗nikmalarni hosil qilish, qobiliyatlarni o‗stirisha axloqiy sifatlar, xulq odatlarni shakllantirishga erishish uchun yo‗llangan hamkorlikdagi faoliyatining usulidir. Bolalar bog‗chasida bolalarni tabiat bilan tanishtirish jarayonida turli melodlardan foydalaniladi. Tabiat bilan tanishtirish metodlari uchta asosiy guruhga bo‗linadi:
Ko‗rgazmali uslub — kuzatish, rasmlarni ko‗rish, diafilm, kinofilm, ekskursiyalar; Amaliy uslub — o‗yin metodi, mehnat, oddiy tajribalar;
Og‗zaki uslub — tarbiyachining hikoyasi, badiiy asarlarni o‗qish, suhbat.
Metodlarni tanlashda tarbiyachi bolalarning yosh xususiyatlari, psixologiyasi, bilimlari, dastur talablari, o‗z o‗lkasi iqlimining tabiati, pedagogik tamoyillarga moslashadi. Yuqoridagi metodlar bir-biri bilan uzviy bog‗liq va bir-birini to‗ldiradi.
Turli yosh guruhlarda bolalarni tabiat bilan tanishtirishda tarbiyachi ko‗rgazmali metod - kuzatishdan keng foydalanadi. Kuzatish - tabiat jismlari va hodisalarning tabiiy sharoitlarda maqsadga yo‗nalgan va bevosita hodisalarni borishga aralashmagan holda
sezgilar bilan qabul qilib olishdir. Kuzatish murakkab bilish faoliyati bo‗lib, bunda idrok, tafakkur va nutq ishtirok etib, barqaror diqqat talab etiladi.
Bolalanii tabiat bilan tanishtirishda doimiy kuzatishlar olib borish ularning mantiqiy fikr yuritishi va nutqini o‗stirishda g‗oyat katta ahamiyatga egadir.
Bu haqda K.D.Ushinskiy shunday deydi: «Haqiqiy insoniy, aqliy nutq, to‗g‗ri mantiqiy fikr yuritishdan iboratdir, to‗g‗ri mantiqiy fikr yuritish esa, biz ko‗rsatgandek, boshqa biror narsadan emas, haqiqiy va aniq kuzatishlardan kelib chiqadi».
Bolalarni tabiatdagi narsa va hodisalar bilan ma‘lum bir tartibda tanishtirib borilsa, ularda diqqat va kuzatuvchanlik, tabiatga qiziqish, undagi hodisalarni bilishga intilish kuchayib boradi.
Kuzata bilish — juda muhim xususiyat bo‗lib, bunda bolada to‗g‗ri yoza bilish, og‗zaki nutq malakalari rivojlanadi.
Bolalarni hodisa va narsalarni maqsadga muvofiq holda o‗zlashtira olishga va ularning eng muhimlarini ajrata olishga o‗rgatish zarur.
Tarbiyachi kuzatish ishlarini olib borishda narsa va hodisalar o‗rtasidagi aloqa va sabablarning bog‗lanishlarini ilg‗ab olishni bolalarga o‗rgatishi kerak. Shunday qilib maktabgacha ta‘lim yoshidagi bolalarning tafakkurlari tabiat haqidagi aniq bilimlarni to‗plash orqali o‗sadi. Kuzatishlar diqqatni jalb qilish bilangina olib borilishi mumkin.
Kuzatish, ya‘ni narsa va hodisalarga diqqatni maqsadga muvofiq holda jalb qilishga o‗rgatish bilan biz ularda ixtiyoriy diqqatni ham o‗stiramiz.
Noto‗g‗ri tushunchalarni tuzatish, yangi tushunchalar hosil qilishga nisbatan ancha qiyinroqdir. Shuning uchun bolalar maktabgacha ta‘lim yoshidayoq, his qilish tajribalariga asoslangan holda, tabiat haqida to‗g‗ri tushunchalarga ega bo‗lishlari juda muhimdir.
Bolalarda tabiatga qiziqishni tarbiyalash zarur, chunki u sog‗lom bo‗lmagan faotiyatlarda ham vujudga kelishi mumkin. Masalan, bolalar qo‗ng‗iz va kapalaklarni tutib olib, nima qilar ekan deb, ularning qanot va oyoqlarini uzib tashlaydilar. Yoki xayvonlarni, qushlarni qiynab, natijasi nima bo‗lar ekan, deb qiziqadilar. Ularga tabiatning o‗zaro bog‗liqligini, ya‘ni uning ―oltin zanjir‖ ekanligini tushuntirish zarur. Bu orqali bolalarga ekologik talim-tarbiya berib boriladi.
Tabiat bilan yaqin munosabatda bo‗lish, kuzatuvchanlik bilan birgalikda bilishga ham qiziqishni o‗rgatadi. Buning asosida taxminiy va tekshiruvchanlik refleksi yotadi va uning nihoyatda taraqqiy etishi insonning xarakterli xususiyatidir, deb hisoblaydi I.P.Pavlov. Maktabgacha ta‘lim yoshidagi bolalarni kattalarga «Bu nima?», «Nima uchun?», «Qanday qilib?» kabi cheksiz savollari bunga misol bo‗la oladi. Bu o‗rinda tarbiyachi savollarga javob topishda bolalarning o‗zlarini jalb qilishga harakat qilishi zarur. Maktabgacha ta‘lim yoshidagi bolalarning turli yosh guruhlarida tarbiyachi kuzatishlarni tashkil etar ekan, uning turli xillaridan foydalanadi.
Kuzatishlar davomiyligi va xarakteri bo‗yicha qisqa muddatli va uzoq muddatli hamda qiyoslash (solishtirma) bo‗lishi mumkin.
O‗simlik va xayvonlarni o‗sishi hamda rivojlanishi, tabiatdagi mavsumiy o‗zgarishlar haqidagi bilimlarning jamg‗arilishi uchun kuzatishning ancha murakkabroq turi — uzoq muddatli kuzatishlardan foydalaniladi. Bunda bolalarning obyektning kuzatilayotgan holatini ilgarigisi bilan qiyoslashlariga to‗g‗ri keladi. Kuzatish narsalaring ayrim belgilariga qarab holatlarini aniqlash (masalan, gulning bargiga qarab uni sug‗orish, akvariumdagi suvning holatiga qarab suvni almashtirish, yoki qordagi izga qarab qaysi qushning izi ekanligi, mevalarning pishgan yoki xomligini rangiga qarab ajratish) maqsadida ham tashkil etiladi. Kuzatishning bu turi bolalarda tabiat hodisalarini analiz qilish, ayrim ma‘lumotlarni qiyoslash, soddaroq xulosalar chiqarish ko‗nikmalarini hosil bo‗lishiga yordam beradi.
Solishtirma va uzoq muddatli kuzatishlar mazmuniga ko‗ra murakkab bo‗lganligi sababli, maktabgacha ta‘lim, o‗rta, katta hamda maktabga tayyorlov guruhlarida foydalaniladi. Bu kuzatuvlar davomida bolalarda analiz qilish, qiyoslash, xulosalar chiqarish jarayoni takomillashadi. Kuzatishlar mazmuniga va tarbiyachining o‗z oldiga qo‗ygan maqsadiga ko‗ra o‗simlik va xayvonlar, ob-havo hamda kattalarning tabiatdagi mehnati bilan ekskursiya, sayrlarda, shuningdek tabiat burchagidagi mashg‗ulotlarda tashkil etiladi.
Qisqa muddatli kuzatish jarayonida bolalar narsalarning shakli, rangi, katta-kichikligi, tuzilishi, fazoviy joylashuvi, xarakterini farqlashni, xayvonlar bilan tanishganda esa harakat xarakteri, ularning chiqaradigan tovushlarini o‗rganadilar. Bu kuzatish turiga masalan, qor yoki yomg‗ir yog‗ishi, kamalakning hosil bo‗lishi kabi holatlar kiradi.
Barcha hollarda kuzatish bolalarning yuksak aqliy faoliyatini rivojlantirishi, ularni fikrlashga, berilgan savollarga javob topishga undashi, shuningdek, ulardagi qiziqishlarni rivojlantirishi va tabiatga ehtiyotkorona munosabatda bo‗lishni tarbiyalashi lozim.
Tarbiyachining kuzatishga tayyorlanishi. Kuzatishni tashkil etishda obyekt tanlash katta ahamiyatga ega. Tanlangan obyekt yaxshi holatda, bo‗lishi kerak, ya‘ni o‗simlik so‗limagan, navlari o‗ralmagan, xayvon qo‗lga o‗rgatilgan, sog‗lom, bolalardan cho‗chimaydigan bo‗lishi zarur. Kuzatish tabiat burchagida bo‗lsa, obyekt yaxshi yoritilgan bo‗lishi, unga yaqinlashish qulay bo‗lishi uchun yorug‗lik yon tomondan tushib turishi lozim. Bolalar hayvonlarning harakatini kuzata turib, ovqat berishlari, silashlari, ular bilan o‗ynashlari mumkin. Bunda xayvonlar o‗zlarini erkin tutishlari, bemalol harakat qilishlari zarur. Buning uchun bolalar tabiat burchagida qulay joylashib o‗tirishlari maqsadga muvofiqdir.
Kuzatinshi boshqarish. Tarbiyachi kuzatinshi birinchi marotaba o‗tkazayotgan bo‗lsa, dastlab bolalarda hosil bo‗lgan qiziqishlarini qondirish hamda kuzatilayolgan narsa haqida birinchi taassurot hosil qilish uchun ularni kamida 1—2 daqiqa tomosha qildirib turadi.
Kuzatinshi boshqarish jarayonida tarbiyachi xilma-xil usullardan bolalarning yoshlariga mos savol va topshiriqlar, narsani ushlab ko‗rish, qiyoslash, o‗yin harakatlaridan foydalanadi.
Tarbiyachi kuzatishni tashkil qila turib, kerakli ma‘lumotlarni aytishi, kuzatiladigan obyektning muhim xususiyatlarini ajratishi zarur. Bolalarda kuzatishga nisbatan qiziqish uyg‗otish, kuzatilayotgan narsalarni estetik idrok yetish uchun tarbiyachi she‘rlardan, topingmoqlardan, katta yosh guruhlarda esa badiiy asarlarni o‗qishdan foydalanadi.
Xayvonlarni kuzatishda tarbiyachi izchillikka rioya etib, bolalarning diqqatini ―Nima qilyapti?‖ ―Qanday yuryapti?‖ ―Nima yeyapti?‖ ―Qanday eyapti?‖ ―Tanasi nima bilan qoplangan?‖ ―Oyoqlari qanday — uzunmi yo qisqami?‖ ―Ko‗zlari qanday shakl, rangi?‖ kabi savollar yordamida xayvonlarning hatti-harakatiga qaratadi.
O‗simliklarni kuzatish ularning eng yorqin, ko‗zga tashlanadigan belgilarini belgilash va ajratib ko‗rsatishdan boshlanadi. Bu o‗simlikning guli yoki uning yorqin rangdor barglari, ba‘zan poyasi (masalan, kaktus) bo‗lishi mumkin. Ana shundan so‗ng o‗simlik tana tuzilishining asosiy xususiyatlari — kattaligi, poyasi (yoki tanasi), barglari, gullari va shu kabilar tartib bilan ko‗rib chiqiladi. Sunday izchillik maktabgacha ta‘lim yoshidagi bolalarning diqqati hali yetarlicha barqaror emasligi, ko‗p jihatdan beixtiyorligi tufayli zarurdir. Biroq mashg‗ulot oxiri kuzatish jarayonida paydo bo‗lgan tasavvurlar natijasini umumlashtirish lozim. Tarbiyachi topshiriq berishning turli usullaridan foydalanib, «Gapirib berchi, qayerdan bilding? Nimasi bilai farq qiladi?» kabi savol va topshiriqlar bilan bolalarning kuzatish orqali nutqlarini o‗sishiga yordam beradi.
Barcha hollarda, tarbiyachi kuzatishni tashkil etar ekan, uni aniq bir vazifadan ikkinchisiga, faktlardan aloqalarga, tasavvurlar to‗plashdan ularni qiyoslashga, so‗ngra
xulosalar chiqarishga o‗tishda izchillikka rioya qilishi lozim. Shunda bolalarda mantiqi tafakkur o‗sadi. Har bir kuzatishda bolalarni tabiat bilan tanishtirishning kichik, aniq vazifasini hal etish lozim. Shuning uchun kuzatishlarning har biri ilgarigisi bilan bog‗lanib o‗tkazilishi zarur. Tarbiyachi uzoq muddatli kuzatishni tashkil etishda, uni oldindan bir qator epizodik kuzatishlar — «bo‗laklarga» taqsimlaydi. Bunday kuzatish o‗simliklar rivojlanishidagi o‗zgarishlar aniq ko‗rinadigan vaqtda o‗tkaziladi. Tarbiyachi bolalarga o‗simlikni tomosha qilib, belgilarini qayd qilishni (birinchi barglarning chiqishini, o‗simtaning urug‗ qobig‗lini yorib chiqayotganini kuzatishni) tavsiya etadi. Yakuniy kuzatishda bolalar kuzatilayotgan o‗simlik rivojlanishining butun tasvirini tiklashi lozim. Buni kuzatishlar kundalik daftari, turlicha rasmlar, gerbariylar, katta yosh guruhdarda esa chizmali jadvallar asosida tashkil etish mumkin.
Tarqatma materiallardan foydalanib kuzatish. Bu kuzatishlar o‗rta yosh guruhlardan boshlab o‗tkaziladi. Bunday kuzatishni tashkil etish birgina obyektni kuzatishdan ko‗ra ancha murakkabrokdir. Bu o‗rinda tarbiyachi o‗z diqqat-e‘tiborini taqsimlay bilishi, bolalardagi harakatni uyushtira olishi talab qilinadi, bolalar esa tarbiyachining barcha ko‗rsatmalariga aniq rioya qilishlari, bir-birlarini tinglashlari, boshqalarning kuzatishlarini o‗zlarining kuzatishlari bilan taqqoslashlari kerak bo‗ladi. Kuzatishning bu usuli katta rivojlantiruvchi ahamiyatga egadir. Bolalar turli xil tadqiqotchilik harakatlaridan foydalanib, o‗quv ko‗nikmalarini takomillashtirish imkoniga ega bo‗ladilar. Bu esa o‗z navbatida ularda aniqroq tasavuurlarning shakllanishiga yordam beradi.
Tarqatma material sifatida o‗simliklar hamda ularning bargi, mevasi, urug‗i, shoxchalari, shuningdek, sabzavot va mevalardan keng foydalaniladi.
Kuzatishda qatnashgan har bir bolaning va tarbiyachining qo‗lida tarqatma material bo‗lib, kuzatish davomida tarbiyachi bolalarga savollar berib, narsalarni tekshirishni tashkil etadi. So‗ngra olingan tasavvurlarni qiyoslab, bolalarni xulosa chiqarishga o‗rgatadi. Kuzatish jarayonida tarbiyachi barcha bolalarning yuqori faolligini ta‘minlaydi.
Kichik yosh guruh (3—4 yosh). Bu yosh guruhlarda dastlabki kuzatishlar bolalarning ozchiligi bilan o‗tkaziladi. Tarbiyachining asosiy vazifasi bolada kuzatishning sodda malakalarini shakllantirish, ya‘ni diqqatni kuzatilayolgan narsaga to‗plash, qo‗yilgan savollarga javob berish, aniq belgilarni ajratib ko‗rsatish, kichkintoylarni alohida harakatlantiruvchi narsalar bilan jalb qilishdir. Shuning uchun bolalar dastlab jonivorlarni kuzatishlari maqsadga muvofikdir. Ularning namoyon bo‗lishi - harakati, oziqlanishi, chiqaradigan tovushlari kichkina bolalarda beixtiyor qiziqish uyg‗otadi. Shuning uchun tarbiyachi kuzatish jarayonida jonivorlarni harakat qildirishi, masalan, ularni oziqlantirib bolalarning diqqatlarini jalb qilishi zarur. Bunda ozuqa ma‘lum bir oraliqda qo‗yilib, bolalarning e‘tiborini jonivorning ozuqani qo‗llari bilan ushlab, qisirlatib yeyishiga qaratiladi va bolalarni xayvon harakatlarini so‗z bilan ifodalashga o‗rgatiladi. Keyingi kuzatishlarda tarbiyachi jonivorning u yoki bu harakati yuzasidan savollar berib, shu orqali bolalarni ma‘lum so‗zlardan va savollardan foydalanishga undaydi.
Shunday qilib, bolalar savollar asosida yotgan aniq vazifani aniqlashni sekin-asta o‗rganadilar.
Kichik yosh guruhda bolalar bilan o‗tkaziladigan kuzatishlar qisqa muddatli bo‗lib, tarbiyachi bolalar diqqatini jalb qilish maqsadida ularning ba‘zilariga suvdonga suv quyish, xayvonlarga ozuqa berish, baliqlarni oziqlantirish kabi topshiriqlarni beradi. ―Qush Nodira uchun qo‗shiq aytyapti‖, ―Baliq Madina tomonga suzyapti‖ kabi so‗zlardan foydalanadi.
Kuzatish oxirida she‘r o‗qish, qo‗shiq aytish mumkin. Kich-kinloylardan kuzatilayotgan narsa haqida gapirib berishni talab qilish noo‗rindir. Obhavoni yoki jonsiz tabiatning boshqa obyektlarini kuzatish, o‗simliklarni ko‗rish jarayonida tarbiyachi bu
kuzatishlarni o‗yin, mehnat bilan bog‗laydi (xona gullarini tomosha qilish jarayonida uning barglarini artishadi, qum o‗ynayotganlarida uning sochiluvchanligini bilib olishadi). Bu yosh guruxda oddiy tadqiqot (tekshirishlar) harakatlaridan ko‗proq foydalanish maqsadga muvofiqdir: kaftni oftobga tutib issiqlikni sezish, gulni hidlash va hokazo.
O‗rta yosh guruh (4—5 yosh). Bu yosh guruhdagi bolalar qiziquvchan bo‗ladilar, ko‗p savollar beradilar, narsalarni sifatlar va xususiyatlari, atrof-muhit tabiati va ijtimoiy hayot hodisalari bilan qiziqib tanishadilar. Bu yoshdagi bolalarning diqqati ancha barqaror bo‗lib qoladi. Ular endi kuzatilayotgan hodisalardagi oddiy aloqalarni tushuna oladilar. Bolalarning ana shu sifatlari asosida o‗rta guruh tarbiyachisi tabiat bilan tanishtirishning yangi vazifalarini hal qiladi: bolalarni predmetlardagi xarakterli xususiyatlarini ko‗ra bilishga, ularni qiyoslash va guruhlashga ba‘zi hodisalar o‗rtasidagi oddiy aloqalarni aniqlashga o‗rgatadi, dastlabki elementar umumlashtirishni shakllantiradi.
Tabiatdagi o‗zgarishlarni kuzatish davomida o‗rta guruh bolalari kuzatilayotgan jismlarning xarakterli belgilarini: hajmi, rangi, shakli, sathining mikdorini ko‗rsatishni o‗rganadilar. Natijada bolalardagi kuzatish asosida shakllanadigan tasavuurlar ancha konkretlashib boradi. Tarbiyachi bolalarga savol va topshiriqlarni ketma-ket berar ekan, shu asnoda o‗zi tavsiya etayotgan rejaga rioya qilishga odatlantiradi. Kuzatishning maqsadi ko‗pincha mehnat yoki tasviriy faoliyat bilan bog‗liq bo‗ladi. Misol uchun, boqqa sayohat tashkil eliladi va u yerda daraxtlar gullaganini ko‗rish, ular bilan tanishish ishlari amalga oshiriladi.
Mavzu: Nutq, muloqotga o`rgatishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish.
O`yin orqali bola tafakkurini va nutqini o`stirish hamda so`zlashishga o`rgatish Reja:
Nutq, muloqotga o`rgatishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish
O`yin orqali bola tafakkurini va nutqini o`stirish hamda so`zlashishga o`rgatish O`yinlar xalk pedagogikasining tarbiya vositasidan biri hisoblanadi. Asrlar davomida
o`yinlar rivojlanib, yangilanib kelmoqda. O`yin faoliyati bola hayotida, uning jismoniy, ruhiy, aqliy kamolatga etishida muhim vositalardan biri hisoblanadi. O`yin orqali bolalar tafakkur, tasavvur, xotira, diqqati kabi barcha psixik jarayonlari rivojlanadi va atrof - muhit haqidagi bilmi yanada kengayib boradi.
Maktabgacha ta'lim muassasasida o`yin faoliyatidan to`g`ri va unumli foydalanish, har bir o`tkaziladigan mashg`ulotlar va sayr faoliyatining samaradorligini oshirib boradi. Maktabgacha tarbiya muassasalarida o`yin faoliyati turli xil shaklda voqeaband - ijroli, harakatli, ta'limiy, musiqiy-ta'limiy kabi yo`nalishda olib boriladi. O`yin bolalar uchun qiziqarli, mazmunli bo`lishi uchun tarbiyachi o`yin qoidasi bilan yaqindan tanish bo`lishi kerak.
O`yin mashg`ulotlaridan voqeaband - ijroli o`yinlar orqali bolalar tafakkuri kengayadi va qiziqishlari rivojlanadi. Rolli o`yinlar orqali bolalarga ularni qurshab turgan kishilarning kundalik hayoti, o`zaro munosabatlari, turmush kechirish yo`sinlari bilan tanishib boradi. Bolalar hamisha kattalarga taqlid kilishadi, qo`g`irchog`ini erkalayotgan qizcha onasining so`zini takrorlaydi, qo`g`irchog`ini beshikka belab alla kuylaydi, mana shu birgina o`yin orqali unda oila sharoitidagi ko`nikmalar hosil bo`layotganligini kuzatishimiz mumkin. Bundan tashqari "Shifokor", "Sartaroshxona", "Do`konda", "quruvchilar", "Tikuvchilar", "Bog`cha", "Maktab - maktab" kabi o`yinlar orqali maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar qalbida kasbga qiziqish, faollik, o`zgalarga mehnatiga hurmat, ahil va inoqlilik, shirinsuhanlik kabi hislatlar o`stirib boriladi.
Bolalar yoshiga mos ertaklardan, rus xalq ertagi " Sholg`om", "Bo`g`irsok", o`zbek xalq ertagi "Zumrad va qimmat", "Ikki echki" kabilarni sahnalashtirish, qo`shiqlarni, she'rlarni, hazillarni yod oldirish bola xotirasini mashq qildiradi, fikrni to`plash qobiliyatini, so`z boyligini, nutq faoliyatini, estetik madaniyatini, bolalarda ijrochilik mahoratini, o`ziga bo`lgan ishonch kabi qobiliyatlarni tarkib topishiga yordam beradi.
Harakatli o`yinlar bolalardan epchillikni, chaqqonlikni, diqqatni bir joyga jamlashni, sezgirlikni talab kiladi. Xalq o`yinlaridan "Ismingni eslab qol", "Ko`z bog`lagich", "Oq terakmi, ko`k terak", "g`ozlar", "qushim boshi", "To`p-tosh", "Jami" o`yinlari orqali bolalarda harakat faoliyati rivojlantirilib boriladi, mustaqil faoliyati, jismoniy quvvati oshirilib, o`zligiga ishonch ruhi o`stirib boriladi. Shuningdek turli o`yinchoqlar bilan uynash tup, arqoncha, ot,arava, velosiped kabilar bilan uynaladigan o`yinlar orqali ular qalbida musobaqalashish hislari uyg`otib boriladi. Ayniqsa to`p o`yinlari bolalarning barcha tana harakatlarini rivojlanishiga katta yordam beradi, shuning uchun to`plar rangi yorqinroq, engil, yumshoq, bolalar uchun o`ynashga qulay bo`lishi kerak. Bolalar bilan sport xonalarida emaklash, sirpanish, tirmashib chiqish, arqon tagidan o`tish mashqlarini o`rgatish va shunga doir quyidagi: "Ona tovuq va jo`jalar", "Arqonga tegmay o`tchi", "Olishish", "Tortishmachoq" kabi o`yinlarni bolalarga o`rgatish orqali ularda ishoraga binoan harakat, jamoa bilan o`ynash, qoidaga amal kilish, chamalash, diqqatni jamlash kabi hususiyatlar tarbiyalanadi.
Ta'limiy o`yinlar orqali bolada mustaqillik, faollik, ijodkorlik masalaga ongli yondoshish malakasi o`stirib boriladi. O`yin ko`rgazmalilik, oddiydan murakkabga o`tish usullari orqali olib boriladi. Tarbiyachi ta'limiy o`yinlarni o`tkazish davomida bola harakatini faollashtiradi, mustaqil harakat qilish qobiliyatini shakllantiradi, o`yindan to`g`ri foydalanilsa bolaning tafakkuri, nutqi, xotirasi ya'ni, aqliy tarbiyasiga asos solinadi. Ta'limiy o`yinlar orqali bolalar eshitish, kurish, sezish a'zolari orqali turli narsalar va ularni yasashda ishlatiladigin materiallarning xossalarini, ularni bir - biriga taqqoslashni, guruhlarga ajratishni o`rganadilar. Ta'limiy o`yinlar kichik guruhlarda quyidagi xilda o`tkaziladi.
O`yinchoklar bilan o`ynaladigan o`yinlar-"Ayiqlarga nima kerak?", "Jajji oyoqchalarimiz", "Zumrad uchun ko`ylaklar" .
Stol ustiga qo`yib o`ynaladigan o`yinlar- "Nima qaerda yuradi?", "Men aytgan narsani ko`rsat", "Kimning qo`lida nima bor?".
Og`zaki usuldagi ta'limiy o`yinlar- "qo`g`irchoq Lolaxonni cho`miltiramiz", "qo`g`irchoq Lolaxon mehmonga keldi", "Ajoyib xaltacha", "Shaklini top", "Rangini top" kabi o`yinlar kiradi.
Eshitish va ko`rish a'zolarini faollashtirish uchun "Xilini top", "qaysi daraxtning mevasi?", "Nimaning pati", "Mevasini top", "Onasini top", "Mevalar va barglar", "Domino", "Yovvoyi va uy xayvonlari", "Ishlash uchun nima zarur", "Bu uychada kanday xayvon yashaydi","Bu kim yoki nima?" singari o`yinlardan foydalanish maksadga muvofik bo`ladi. Bu O`yinlar orqali bolalarda meva va sabzavotlar, xayvonlar va parrandalar, yil fasllari,kiyim - kechak va boshkalar, kabi tasavvurlar boyitilib, kengaytirilib, kurish va eshitish, esda saqlab kolish xususiyatlari rivojlantirilib boriladi. Katta guruhlarda uynaladigan "Ayting biz topamiz", "Topgan topag`on", "Oshqovoq pishdi", "Loy o`yini", "Bog`bonlar" o`yinlari orqali mehnatga muxabbat ruhi tarbiyalanib boradi.
Bolalar qalbida musiqaga bo`lgan muxabbat hissini oshirishda musiqiy- ta'limiy o`yinlarning roli beqiyosdir. Tarbiyachi bolalarga turli xil musiqa asboblarini ko`rsatib, chalib berish orqali, cholg`u asboblarining ovozi va tuzilishi va turlari bilan tanishtirib boradi. "Ovozidan top", "Nimada chalyapman", "qo`ng`iroq qanday jaranglayapti" kabi
o`yinlar orqali tarbiyachi bolalarga ovoz va cholg`u asboblarining tovush xususiyatlarini farqlashga o`rgatadi. "Tapur-tupur qayrag`och", "Tomga tosh otdim", "O`ynab ber", "Sanamalar", "Mushtum va kaftchalar", "Yomg`ir" kabi milliy o`yinlar orqali bolalarni musiqa ritmiga mos harakat, o`yinli ashulani ijro etish, qarsaklar va mimik harakatlarni to`g`ri bajarishga o`rgatib boriladi.
g`ozlar, bir so`z deysizmi?
g`a, g`a - g`a!
Totli suli eysizmi?
Ha, ha - ha
Nega patni silaysiz?
g`oq, g`oq - g`oq.
Mendan nima tilaysiz?
Boq, boq, boq"!
Bu xildagi she'rlar kichkintoylarni mustaqil fikrlashga, hayotiy tassurotlardan xulosa chiqarishga o`rgatib boradi.
Bolaning mashg‘ulotlar jarayonida olgan iqtisodiy bilimi, tushuncha va tasavvurlarini mustahkamlashda, chuqurlashtirish va kengaytirishda o‘yinlarning o‘rni benihoyadir. Zero, bola o‘ynab turib, dunyo taniydi. Bola o‘yinda aks ettirayotgan narsani tezroq bilib olishga qiziqadi va uni xotirasida mustahkamlab oladi.
Shuning uchun pedagog maktabgacha yoshdagi bolalarga iqtisodiy bilim beruvchi yoki iqtisodiy bilimlarini mustahkamlovchi bolalar o‘yinini tashkil qilar ekan, quyidagi talablarga e‘tibor berishlari zarur:
-o‘yinning mazmuni ta‘limiy va tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lishi;
-aks ettirilayotgan narsalar haqidagi tasavvurlar to‘g‘ri va to‘la bo‘lishi,
-o‘yin harakatlari faol ma‘lum maqsadga qaratilgan, ijodiy xususiyatga ega bo‘lishi kerak.
SHuningdek, hamma va ayrim bolalarning qiziqishlarini e‘tiborga olgan holda o‘yinga rahbarlik qilish, o‘yinchoqlar va kerakli materiallardan maqsadga muvofiq foydalanish va bu bilan bolalarning o‘yinda xayrihox va xursand bo‘lishlarini ta‘minlash lozim.
Pedagog bolalar o‘yiniga rahbarlik qilar ekan, bola shaxsining barcha jihatlariga: ongi, his-tuyg‘ular, irodasi, xulqiga ta‘sir etishi va bundan bolalarni aqliy, axloqiy, estetik va jismoniy jihatdan ham shuningdek, iqtisodiy tarbiyalashda ham foydalanish lozim. SHunda o‘yinlar natijasida bolalarning bilimlari va tasavvurlari boyib, chuqurlashib boradi.
Misol uchun bolalarning eng qiziqarli o‘yinlaridan biri bo‘lgan
«Do‘kon-do‘kon» o‘yinini olaylik. Bu o‘yinni syujetli-rolli o‘yinlar sarasiga kiritish mumkin. Bunda qatnashuvchilar bitta sotuvchi, 3 yoki 4 xaridor. Peshtaxta o‘rnida stoldan foydalanish mumkin. Do‘kon shaklini tanlash guruh imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda «O‘yinchoq do‘koni»,
«Oziq-ovqat do‘koni» yoki aralash mollar do‘koni sovun va tish pastalari bir tomonga, kiyim-kechaklar bir tomonga, xullas, har bir mahsulot o‘ziga mos tovarlar guruhi bilan peshtaxta ustiga chiroyli qilib terib qo‘yiladi. Sotuvchi magazinga kelgan xaridorlarni xushmuomalalik va odob bilan kutib oladi. Xaridorlarning har biriga qanday xizmat borligini, zarur mahsulotni bir zumda muhayyo qilajakligini bildiradi.
Xaridorlardan biriga tish pastasi kerak bo‘ladi va sotuvchi bor pastalarni ko‘rsatib, narxlarini aytadi. SHuningdek, sotuvchi pastalarni nomlarini, qaerdatayyorlanganligini ham, nima uchun pastalar narxi bir-biridan farq qilishini ham bilishi lozim. Bu bir tomondan, boladan aqliy bilim talab qilsa, ikkinchi tomondan hozirgi iqtisodiyotning shartlaridan bo‘lgan reklamadan ham foydalanadi va reklamaning ahamiyatini yanada tushunib
Mavzu: Maktabgacha yo`shdagi bolalarda nutqning tovish madaniyatini, grammatik qurilishini rivojlantishda innovatsion texnoligiyalardan foydalanish
Reja:
Maktabgacha yo`shdagi bolalarda nutqning tovush madaniyatini rivojlantishda innovatsion texnoligiyalardan foydalanish
Nutq, muloqotga o`rgatishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish.
Maktabgacha yo`shdagi bolalarda nutqning grammatik qurilishini rivojlantishda innovatsion texnoligiyalardan foydalanish
1. Nutqiy va fonematik eshitishni rivojlantirish. 2. Nutqiy muloqot madaniyatini shakllantirsh. 3. Tovush tizimi, intonatsiyaning mohiyati va mazmuni. Tayanch tushunchalar: nutqiy va fonematik eshitish, nutqiy muloqot, tovush tizimi, tovush artikulatsiyasi, artikulatsiya, intonatsiya, jismoniy daqiqa, ohang, tembr, pauza, og‗zaki (dialogik) nutq, ravon nutq, tovush madaniyati, nutqni rivojlantirish, tetiklashtiruvchi mashq, orfoepik talaffuz, xalqona talaffuz, prosodemalar, nonutqiy vosita, orfoepiya. 1. Nutqiy va fonematik eshitishni rivojlantirish. Bolalarning ona tilida avloddan-avlodga o‗tib kelayotgan xalq ma‘naviy boyliklarini qanchalik meros qilib olishlari, tarbiyalanuvchilarning kelgusida o‗z davrining ilmiy yutuqlarini o‗zlashtira olishlari, ularning insoniyatning ilg‗or she‘riy va estetik ideallariga sodiqligi, ya‘ni mustaqil O‗zbekistonda demokratik jamiyatning to‗laqonli quruvchilari bo‗la olishlari tarbiyachiga bog‗liqdir. Bolalarga nutqni o‗rgatish uchun bo‗lajak tarbiyachi nutqni rivojlantirish metodikasi nazariyasini chuqur o‗rganishi va ushbu sohaning fanga ma‘lum bo‗lgan metodlarini o‗zlashtirishi, bolaning ona tilini o‗zlashtirish qonuniyatlarini tushunib yetishi lozim. Ta‘limning fonetika sohasidagi vazifalari. Quloqni tovushlarga va yangi tildagi so‗zlarga o‗rgatish, tovush qurilishining asosiy qonuniyatlarini farqlash zarurligi; to‗g‗ri adabiy talaffuz qoidalarini o‗zlashtirish, tilning tovush qurilishi asosiy qoidalari, ya‘ni
undoshlarning qattiqligiyumshoqligi, jarangli va jarangsizligiga qarab, bir-biriga qarama- qarshi qo‗yishni o‗zlashtirib olish asosida sheva bilan gapirishning oldini olish maktabgacha ta‘lim muassasalarida bolalar nutqini o‗stirishning muhim vazifalaridan biri hisoblanadi. To‗g‗ri adabiy talaffuzni mashq qilishni nutqni o‗zlashtirishning keyingi bosqichlarida ham davom ettirish darkor. 152 Bolalarning o‗z ona tilidan boshqa tilni o‗rganishlari orfoepik (ifoda) qiyinchiliklarning yangi fonetik (tovush) qatlamga o‗tishidan boshlanadi. Bunda shuni hisobga olish lozimki, ko‗p holatlarda ushbu qiyinchiliklar inson nutqida milliy sheva ko‗rinishidagi asoratlarni qoldiradi. Ko‗pgina holatlarda esa orfoepik (ifoda) to‗siq mamlakatimizda o‗zga tilni o‗rganuvchilar uchun ijtimoiy lingvistik sharoitlar o‗zgarganiga qaramasdan yengib o‗tilmay qolaveradi. Hattoki, rus muhitida yashaydigan va o‗zga tilni yetarli darajada egallab olgan odamlar ham butun umr bo‗yi nutqdagi milliy shevadan xalos bo‗lolmaydilar. Shuning uchun maktabgacha yoshdagi va kichik maktab yoshidagi bolalarga o‗zga tilni o‗qitishda birinchi mashg‗ulotlardan boshlaboq, ularda to‗g‗ri adabiy talaffuzni shakllantirish ishiga alohida e‘tibor berish lozim. Shu bois, pedagog oldida quyidagi vazifalar turadi: – bolalarda artikulatsiya apparatining harakatchanligini rivojlantirish; – eshitish organlarini yangi til tovushlariga o‗rgatish; – bo‗g‗inlardagi, so‗zlardagi tovushlarni rus tilining orfoepik qoidalariga mos ravishda sof, tushunarli ifodalashni shakllantirish; – bolalar nutqining ifodaviyligini, yaxshi talaffuzni shakllantirish;
milliy shevaning oldini olish. To‗g‗ri talaffuz ko‗nikmalarini shakllantirish nutqning tovush madaniyatini tarbiyalashga oid ishlarning muhim qismi hisoblanadi. Bu ish lug‗atni, ravon va grammatik to‗g‗ri nutqni rivojlantirish bilan bir vaqtda amalga oshiriladi. Nutqni rivojlantirish metodikasining asosiy mazmuni - bolalarda og‗zaki nutqni, uning atrofdagilar bilan nutqiy muloqoti ko‗nikmalarini shakllantirishdir. Nutqni rivojlantirish metodikasi quyidagi asosiy savollarga javob topish imkonini beradi: nimani o‗qitish (bolalarda qanday nutqiy ko‗nikmalarni tarbiyalash), qanday o‗qitish (bolalar nutqini shakllantirishda qanday sharoitlarda qaysi metod va usullardan foydalanish lozim), nega endi aynan shunday o‗qitish zarur (nutqni rivojlantirishning taklif etilayotgan usullari nazariya va amaliyotning qaysi ma‘lumotlariga asoslanmoqda). 153 Nutqni rivojlantirish metodikasi – maktabgacha yoshdagi bolalarda nutqni rivojlantirishga yo‗naltirilgan pedagogik faoliyat qonuniyatlarini o‗rganuvchi fandir. Metodikaning asosiy vazifasi – ilmiy-psixologik asosda nutqni rivojlantirishning eng samarali vositalari, metodlari va usullarini ishlab chiqish hamda bolalarda zarur nutqiy ko‗nikmalarni muvaffaqiyatli ravishda rivojlantirishlari uchun ular bilan bolalar bog‗chalari tarbiyachilarini qurollantirishdan iboratdir. Nutqni rivojlantirish metodikasi bolalarga ona tilini o‗rgatishning obyektiv xususiyatlari aks ettirilgan, nutqni rivojlantirish metodikasi sohasida O‗zbekiston Respublikasida va xorijda yaratilgan hamda hozirda mavjud bo‗lgan barcha ijobiy natijalar umumlashtirilgan. Metodik nazariyani bilmaydigan tarbiyachi faqat o‗z farazlaridan kelib chiqib yoki boshqalarning tajribalaridan nusxa ko‗chirgan holda bolalarni ko‗r-ko‗rona tarbiyalaydi. U ko‗p narsani nazardan qochiradi, chunki rang-barang metodlar va usullarni bilmaydi. Nutqni rivojlantirish metodikasi nazariyasi metodik amaliyot bilan birgalikda rivojlanmoqda. Ayrim metodik qoidalarning yashovchanligi amaliyotda tekshirib ko‗rilmoqda, amaliyotning o‗zi fan oldiga hali o‗z yechimini topmagan muhim masalalarni qo‗ymoqda. 2. Nutqiy muloqot madaniyatini shakllantirsh. Nutqni rivojlantirish metodikasi maktabgacha ta‘limdagi boshqa xususiy metodikalar bilan uzviy bog‗liq bo‗ladi, chunki nutq – bola shaxsini to‗la-to‗kis rivojlantirishning eng muhim vositalaridan biridir. Atrofdagilar nutqini tushunish va bolaning o‗z faol nutqi har qanday pedagogik jarayonda zarurdir. Nutq bolaning butun faoliyatida unga yo‗ldosh bo‗ladi. Intellekt, ya‘ni tashqi dunyoni xotira, tasavvur, xayolot, fikrlash, shuningdek, nutq yordamida anglash qobiliyati – bu insonni hayvondan ajratib
turuvchi muhim xususiyatlardir. Va intellekt ham, nutq ham insonda ilk bolalik yoshida paydo bo‗ladi hamda u o‗smirda va yosh yigitda faqatgina uning organizmi rivojlanayotgani uchun emas, balki ushbu odam nutqni ham o‗zlashtirib olgan taqdirdagina jadal takomillashib boradi. Bolalarning o‗z tashabbusiga ko‗ra yoki kattalarning taklifiga ko‗ra hikoya qilib berishga qiziqishini qo‗llab-quvvatlash, ertak- 154 lar, suratlar va o‗z shaxsiy tajribasiga oid taassurotlarning so‗zdagi mazmunini qisqa hikoya, mulohaza, tavsiflar yordamida ifodalashni o‗rgatish. Dabdurustdan tug‗ilgan so‗z ijodkorligida, tovushlar va qofiyalar bilan o‗tkaziladigan o‗yinlarda, so‗zlar bilan amalga oshiriladigan sinovlarda, ularning jarangdorligi va ahamiyati, so‗zlar mazmunini talqin qilishda ko‗zga tashlanadigan so‗zlarga qiziqishni qo‗llab-quvvatlash. Til voqeyligini eng oddiy anglashni rivojlantirish, bolalarni «tovush», «so‗z», «gap» atamalari bilan tanishtirish. Lug‗at. So‗zning mazmun jihatlari haqidagi tasavvurlarni takomillashtirish, bolalar nutqlarini antonimlar, sinonimlar, ko‗p ma‘noli so‗zlar, umumlashtiruvchi nomlar bilan boyitish, obrazli so‗zlar, qiyoslashlar, o‗xshatishlar, aniq fe‘llarni faollashtirish. Nutqning grammatik qurilishi. So‗z o‗zgartirishdagi qiyin holatlarni (ko‗plikdagi otning bosh va qaratqich kelishigi, o‗zgarmaydigan otlar, buyruq mayllari, fe‘l shakllari, tugallangan va tugallanmagan fe‘l shakllarini vujudga keltirish) o‗zlashtirishga yordam berish. Fe‘l, ot va sifatdan so‗z yasash usullarini shakllantirish. Gap tuzilmasini takomillashtirish, turli xil tuzilmadagi - oddiy, qo‗shma gaplarning, birovlar nutqining faol qo‗llanilishiga yordamlashish. Grammatik vositalarni o‗rganish jarayonida nutqqa nisbatan tanqidiy munosabatni, to‗g‗ri gapirishga intilishni qo‗llab-quvvatlash. Nutqning tovush madaniyati. Fonematik qabul qilishni, nutqning talaffuz va ifoda jihatlarini rivojlantirish. Artikulatsiya va akustika jihatidan yaqin tovushlarni (qattiq va yumshoq, jarangli va jarangsiz, shuvullovchi, sonor) eshitishda ajrata olish va uni to‗g‗ri talaffuz etish. So‗zlardagi, tez aytishlardagi , qisqa she‘rlardagi tovushlarni to‗g‗ri ifodalashni mashq qildirish. Ifoda, intonatsiya sur‘ati va balandligini beixtiyor tartibga solishni o‗rgatish. Yuqorida bayon qilinganlar asosida shunday xulosaga kelish mumkinki, maktabgacha bo‗lgan bosqichdagi katta yoshga yetib inson hayotining eng muhim davrlaridan biri – uning birinchi «dorilfununi» nihoyasiga yetadi. Ammo, haqiqiy dorilfunun talabasidan farqli ravishda bola birdaniga barcha fakultetlarda ta‘lim oladi. U jonli va jonsiz tabiat sirlarini o‗rganadi (albatta, imkon darajasida), matematikadan dastlabki saboq oladi. Shuningdek, eng oddiy notiqlik 155 kursini ham o‗taydi, o‗z fikrlarini mantiqan va ifodali bayon qilishni o‗rganadi. Filologiya fanlarini o‗rganish natijasida nafaqat badiiy adabiyot asarlarini emotsional qabul qilishni, uning qahramonlariga qayg‗urishni, balki badiiy ifodalilikka oid til vositalarining eng oddiy shakllarini his qilish va tushunish ko‗nikmalariga ham ega bo‗ladi. Bola kichik tilshunosga aylanadi, chunki u nafaqat so‗zlarni to‗g‗ri talaffuz qilish va gap tuzishni, balki so‗zlar qaysi tovushdan va gaplar qaysi so‗zlardan tashkil topishini anglab olishni o‗rganadi. Bularning barchasi maktabda muvaffaqiyatli ta‘lim olish, bola shaxsini har tomonlama kamol toptirish uchun zarurdir. Lug‗at ishi jarayonida (va boshqa nutqiy vazifalarni hal etish jarayonida) pedagog bolalarda nutqning aniqlik, to‗g‗rilik, ravonlik, ifodalilik kabi sifatlari amalga oshishiga erishishi zarur. Bolalarda fikr bildirish uchun so‗zlovchining niyatini aniq aks ettiruvchi leksik vositalarni tanlab olish qobiliyatini shakllantirishga alohida e‘tibor qaratish lozim. Bolalar bilan lug‗at ishlarini tashkil qilar ekan, pedagog quyidagilarni hisobga olishi lozim:
leksikani tashkil etishning mavzuga asoslangan tamoyili; – semantik jihati (bolani so‗z mazmuni bilan tanishtirish); – so‗zlarni birlashtirishning assotsiativ metodi. Leksika ishlarining barcha turlarini boshqa nutqiy vazifalar bilan o‗zaro bog‗liqlikda so‗zli o‗yinlar, mashqlar, ijodiy vazifalar shaklida o‗tkazish tavsiya etiladi. Leksik mazmundagi o‗yinlar va mashqlar – nutqning mazmun jihatini rivojlantirishning zarur sharti hisoblanadi. Ularda turli
predmetlar va obyektlarni taqqoslash, turli umumiy xususiyatlar va funksiyalarni ajratish muhim ahamiyatga ega. Bunda real obyektlar (o‗yinchoqlar, rasmlar, kiyimlar, mebel va h.k.) ham, xayoliy vaziyatlar (quvnoq va g‗amgin tulkichaning harakatlari, erta va kech kuz ob-havosi va h.k.) ham taqqoslanishi mumkin. Hikoya qilishdan oldingi lug‗at mashqlari bolalarning ravon nutqlarining aniq va obrazli so‗zlar hamda iboralar bilan boyitilishiga yordam beradi. Mavzu: Ijodiy hikoya tuzish: «O‗jar jo‗jacha». Maqsad: Tarbiyachi tomonidan aytilgan hikoyani nihoyasiga yetkazishga, jumlalarni qisqa, lo‗nda tuzishga o‗rgatish. 156 Vazifalar: • Bog‗langan nutqni rivojlantirish. • Gapirayotganda so‗zlarni bir- biriga bog‗lab, jumlalar tuzish malakasini mustahkamlash. • Savodga o‗rgatish. So‗zlardan gap tuzish va uni «o‗qish» malakasini o‗stirish. • So‗zlarni bo‗g‗inlarga ajratish. Kutilayotgan natijalar: • Hikoya to‗qishga qiziqish uyg‗onadi. • Sifatlarning qiyosiy (solishtirma) darajalarini yasashga o‗rganadilar. Kerakli jihozlar: • Mavzuga oid rasmlar. Mashg‗ulotning borishi. Bolalar, hozir men sizga o‗jar jo‗jacha haqida hikoya aytib beraman. Siz diqqat bilan eshiting, hikoyaning davomini siz aytib berasiz. Bir tovuqning 7 ta jo‗jasi bor ekan. Ulardan bittasi o‗jar ekan. Onasining so‗ziga quloq solmay uni qiynar ekan. Bir kuni ona tovuq jo‗jalarga yolg‗iz ko‗chaga chiqmanglar, adashib qolasiz, - deb o‗zi donlagani ketibdi. Oradan ko‗p o‗tmay haligi o‗jar jo‗ja ko‗chaga chiqib ketibdi. U yuraveribdi, yuraveribdi, oxiri adashibdi. Yo‗lda bir gala g‗ozlarni ko‗ribdi. Chi-chi mening onam qayerda ? – deb so‗rabdi. G‗ozlar bilmaymiz, deb suvga cho‗milgani ketishibdi. Jo‗jacha yana yuraveribdi, yuraveribdi, yo‗lda kuchukchani ko‗rib qolibdi. Chi-chi, mening onam qayerda? – deb so‗rabdi. O‗jar jo‗jacha yo‗lda yana nimalarni uchratdi, qanday qilib onasini topib oldi. Shular haqida hikoya tuzib aytib bering. Agar bolalar qiynalsalar tarbiyachi yordamlashadi. Yo‗lda o‗jar jo‗jacha mushukni ko‗rib qoladi. Mushuk jo‗jani aldab tutib olmoqchi bo‗lib turganda, ona tovuq yugurib kelib mushukni ta‘zirini beribdi. Ona tovuq o‗jar jo‗jachani ham urishibdi. Jo‗ja esa o‗jarligidan pushaymon bo‗libdi. Bolalarni hikoya tuzishlari uchun ular 3–4 ta boladan iborat guruhlarga ajratiladi: biri boshlaydi, ikkinchisi davom ettiradi, uchinchisi yakunlaydi. Guruh bolalarining javoblari eshitilgach tarbiyachi ularni rag‗batlantiradi. 157 Tetiklashtiruvchi mashq. O‗yinning borishi: Bolalar doira shaklida turadilar. Tarbiyachi koptokni qo‗liga olib, o‗yinni boshlab beradi. Bolalar tarbiyachi aytgan so‗zni bo‗g‗inlab aytib berishlari kerak: to-vuq, jo‗-ja, mu- shuk, ech-ki, qo‗l-qop, som-sa va hokazo. O‗yin shu tarzda davom etadi. Bolalar, hozir biz
«So‗zni o‗zgartir» degan o‗yin o‗ynaymiz. Tarbiyachi uchta bolani chaqiradi. Ular so‗zlar bo‗ladi. 1-bola jo‗ja, 2-bola kuchukchani, 3-bola uchratdi bo‗ladi, qanday gap hosil bo‗ldi. (Bolalar javoblari) Agar 1-so‗z o‗rniga boshqa so‗z qo‗yadigan bo‗lsak yangi gap hosil bo‗ladi. Masalan, «Jo‗ja» so‗zining o‗rniga qanday so‗zni qo‗yamiz? Bolalar javobi:
«Mushuk» qanday gap hosil bo‗ladi? Bolalar javobi: Mushuk kuchukchani uchratdi. Endi ikkita ketma-ket so‗zlarni o‗zgartiring. Jo‗ja mushukni ko‗rdi (Avvalgi so‗z o‗rnidagi bolalar chetga chiqadilar, ular o‗rniga boshqa bolalar chiqadilar). 3. Tovush artikulatsiyasini egallash ancha uzoq va murakkab jarayon bo‗lib, u ko‗pincha besh yil, ba‘zan esa yetti yilgacha cho‗ziladi: bu boradagi ishlar muvaffaqiyatli olib borilgan taqdirda bola besh yoshdan boshlab sof so‗zlay boshlaydi. «Maktabgacha ta‘lim muassasalarida tarbiyalash dasturi» bola hayotining yettinchi yiliga kelib, ya‘ni bolalarga o‗qish va yozishni o‗rgatish boshlanadigan davrga kelib, uning barcha tovushlar artikulatsiyasini to‗liq o‗zlashtirishini ta‘minlash vazifasini qo‗yadi. Bolalarga to‗g‗ri talaffuzni o‗zlashtirish vazifasi agarda ular orfoepik talaffuzli shaxslar ichida o‗sayotgan bo‗lsa, juda oson hal etilishi (bu holda ularda birinchi kundan boshlab artikulatsiya bazasi to‗g‗ri shakllanadi) va ayni paytda u kattalardan shevaga xos yoki xalqona talaffuzdagi so‗zlarni eshitsa, bu jarayon juda qiyin kechishi (aniqrog‗i –hech narsani o‗zlashtira olmasligi) mumkin. Til haqidagi fanda turli
toifadagi gaplar intonatsiyasi va o‗zo‗zidan, prosodemalar, ularning artikulatsiya organlarini modullashtirishdagi ishtiroki masalasi juda kam o‗rganilgan. Nutqni rivojlantirish metodikasi boshqa har qanday pedagogika fani sifatida ijtimoiy fanlar sirasiga kiradi. Til va fikrlash haqidagi ta‘limotlar uning metodologik asosi hisoblanadi. Xuddi til kabi in- 158 sonning birgalikdagi mehnat faoliyati mobaynida paydo bo‗ladigan va rivojlanadigan fikrlash uni o‗rab turgan borliq aksi hisoblanadi. Tilning fikrlash bilan mustahkam uzviy bog‗liqligi kishilarning ishlab chiqarish faoliyati, fikr almashish va birgalikda harakat qilish zarurati tufayli yuz beradi. Garchi til va fikrlash bir-birisiz mavjud bo‗lolmasa-da, ular aynan bir hodisaga taalluqli emas. Maktabgacha yoshdagi katta bolalar nutqini rivojlantirishdagi asosiy natijalar muloqot sohasidagi chuqur o‗zgarishlar bilan bog‗liqdir. Tengdoshlar bilan muloqot qilish birinchi o‗ringa o‗tadi. Bola o‗z tengdoshini kattalardan afzal ko‗ra boshlaydi. O‗yin jarayonidagi o‗rtog‗iga qaratilgan nutq kattalar bilan bo‗lgan muloqotga qaraganda ancha mazmunliroq bo‗la boshlaydi. Sherik bilan dialog - muvofiqlashtirilgan predmetli va nutqiy faoliyat tusiga ega bo‗ladi. Bolalar endi qo‗shnilari e‘tiborini jalb qila oladilar, o‗zlari ham uning ishlari va bildirgan fikrlari bilan qiziqadilar. Maktabgacha yoshdagi katta bola uchun nutq obyektiv aloqalarning o‗ziga xos sohasi sifatida namoyon bo‗ladi, u bularni so‗z, tovush, qofiyalar va fikrlar bilan anglaydi. Maktabgacha yoshdagi katta bolalar nutqi vazifalari turlicha. Nutqdan atrofdagilar bilan aloqa o‗rnatishda, o‗ziga, o‗z ishlariga va kechinmalariga diqqatni jalb qilishda, bir-birini o‗zaro tushunishda, sherik xulqiga, uning fikri va hissiyotlariga ta‘sir ko‗rsatishda, o‗z faoliyatini tashkil etishda, o‗yindagi o‗z o‗rtog‗ining harakatlarini muvofiqlashtirishda foydalaniladi.
Mavzu: Turli yosh guruhlarda bolalarning nutqni rivojlantirishda TRIZ-IMEN usullaridan foydalanish.
Reja:
TRIZ-IMEN usullari haqida tushunchcha.
Ta‘limda TRIZ-IMEN usullarining qo`llanilishi
Turli yosh guruhlarda bolalarning nutqni rivojlantirishda TRIZ-IMEN usullaridan foydalanish
TRIZ - ixtirochi muammolarni hal qilish nazariyasi. Asoschisi G. S. Altshullerdir. Buning asosiy g'oyasi texnologiya, nima texnik tizimlar paydo bo'ladi va rivojlanmang"Qanday bo'lmasin", lekin ma'lum qonunlarga muvofiq. TRIZ yangi ishlab chiqarishni o'zgartiradi aniq g'oyalarga texnik g'oyalar, chunki ixtiro masalalarini hal qilish mantiqiy operatsiyalar tizimiga asoslangan.
TRIZning maqsadi oson emas bolalar tasavvurini rivojlantirish, lekin davom etayotgan jarayonlarni tushunib, muntazam ravishda o'ylashga o'rgatish.
Uchun TRIZ dasturi maktabgacha yoshdagi bolalar - Bu kollektiv o'yinlar va o'qituvchilar uchun batafsil uslubiy tavsiyalar berilgan tadbirlar. Barcha tadbirlar va o'yinlar bolaning mustaqil ravishda mavzu, material va faoliyat turini tanlashini o'z ichiga oladi. Ular bolalarni narsalar, hodisalarning ziddiyatli xususiyatlarini aniqlashga va bu qarama- qarshiliklarni echishga o'rgatadilar. Konfliktlarni hal qilish ijodiy fikrlashning kalitidir.
Bolalar bilan ishlashning asosiy vositasi bu pedagogik izlanish. Tarbiyachi u bolalarga tayyor bilim bermasligi, ularga haqiqatni ochib bermasligi, uni qanday topishni o'rgatishi kerak. Rivojlanish texnologiyalari trening asosiy qoidalarda keltirilgan mariya Montessori pedagogikasi... Montessori g'oyalaridagi asosiy nuqta - bu o'quv va ta'lim faoliyatini maksimal darajada individualizatsiya qilish, puxta o'ylangan va mohirlik bilan yaratilgan dasturdan foydalanishdir. har bir bolaning rivojlanishi.
Komponentlar sifatida pedagogik jarayon M... Montessori antropometrik o'lchovlar, atrof-muhitni tartibga solish, sinf mebellari, mustaqillik ta'limi, bolalar o'rtasidagi musobaqalarni bekor qilish, mukofotlar va jazolarning yo'qligi, bolani to'g'ri ovqatlantirish, gimnastika, hissiyotlarni tarbiyalash, quvvatni rivojlantirish.
Montessorining didaktik materiallari va ular bilan ishlash katta e'tiborni tortadi. O'yinlar, darslar, didaktik materiallar bilan mashqlar imkon beradi rivojlantirish o'lchamlarni, shakllarni, ranglarni vizual idrok etish, tovushni tanib olish, makon va vaqtni aniqlash, matematikaga hissa qo'shadi nutqni rivojlantirish va rivojlantirish.
M. Montessorining ta'lim va tarbiya tizimining chuqur insonparvarligi ta'lim, tarbiya va bola rivojlanishijamiyatda muvaffaqiyatli ishlashga qodir.
Shu bilan bir qatorda texnologiyalar maqsadga muvofiqligi, mazmuni, shakllari, usullari, munosabatlari, pozitsiyalari bo'lsin, an'anaviy o'qitish tizimiga qarshi bo'lganlarni har qanday jihatlari bo'yicha ko'rib chiqish odatiy holdir. pedagogik jarayon.
Misol tariqasida ko'rib chiqing vitagen texnologiyasi(hayotiy) golografik yondashuv bilan ta'lim. Bu innovatsion o'qish yo'nalishi va maktabgacha taraqqiyot A. S. Belkin asarlarida taqdim etilgan.
Muallifning so'zlariga ko'ra, bu texnologiya nafaqat bolalarning, balki kattalarning ham ijodiy salohiyatini ochishga yordam berishi kerak. Mohiyati pedagogik o'zaro ta'sir, muallif birinchi navbatda ma'naviy almashinuvga, o'qituvchilar va talabalarning o'zaro boyitilishiga ishonadi.
Asosiy yo'nalishlar pedagogik faoliyatga o'yin faoliyatini tashkil etish, oilaga to'laqonli aloqani tashkil qilishda yordam berish, oqilona moddiy ehtiyojlarni shakllantirish kiradi. A.
S. Belkin zarur ehtiyojlarni shakllantirishning quyidagi o'ziga xos usullarini taklif etadi: "Ehtiyojlarni qondirish", Oldinga taklif, "Qabul qilishga o'tish", "Hissiy zarf"
Ma `lumot pedagogikadagi texnologiyalar o'rganishni hamma chaqiradi texnologiyalarmaxsus foydalanish texnik ommaviy axborot vositalari (Kompyuter, audio, video).
Kompyuterning maqsadi texnologiyalar ma'lumot bilan ishlash ko'nikmalarini shakllantirish, rivojlanish muloqot qobiliyatlari, shaxsga tayyorgarlik "Axborot jamiyati", tadqiqot qobiliyatlarini shakllantirish, maqbul qarorlar qabul qilish qobiliyati.
Shu bilan bir qatorda texnologiyalar ikkala an'anaviy kontseptual asoslarni rad etishni taklif qilish pedagogik jarayon(ijtimoiy-falsafiy, psixologik, umumiy qabul qilingan tashkiliy, moddiy va uslubiy tamoyillar va ularni boshqa, muqobil printsiplar bilan almashtirish).
Ta'lim o'yinlari texnologiyasi B... P. Nikitina - bu o'yin faoliyati, u to'plamdan iborat tarbiyaviy o'yinlar, ularning xilma-xilligi bilan umumiy g'oyadan kelib chiqib, xarakterli xususiyatlarga ega.
Har bir o'yin - bu bola kublar, g'ishtlar, kartondan yoki plastmassadan yasalgan kvadratchalar, mexanik konstruktorning qismlari va boshqalar yordamida hal qiladigan muammolar to'plami, B.P.Nikitin o'z kitoblarida kublar bilan o'quv o'yinlari, naqshlar, ramkalar va qo'shimchalar Montessori, noyob, rejalar va xaritalar, konstruktorlar. Mavzu rivojlanmoqda o'yinlar qurilish, mehnat va texnik o'yinlar va bevosita razvedka bilan bog'liq. IN rivojlanmoqda o'yinlar ta'limning asosiy tamoyillaridan birini - oddiydan murakkabgacha - ijodiy faoliyatning juda muhim printsipi bilan uning qobiliyatiga qarab mustaqil ravishda, bola o'z imkoniyatlari chegarasiga ko'tarilishi bilan birlashtira oladi.
Rivojlanmoqda o'yinlar o'zlarining mazmuni jihatidan har xil bo'lishi mumkin, har qanday o'yinlar singari, ular majburlashga toqat qilmaydilar va erkin va quvnoq ijod muhitini yaratadilar.
Hamidullina Dinara Ildarovna, SBEI NPO PL № 3, Sterlitamak RB, matematika o'qituvchisi
Zamonaviy innovatsion ta'lim texnologiyalari
Hozirgi vaqtda o'qitish metodikasi ta'lim maqsadlarining o'zgarishi, kompetentsiyaga asoslangan yondashuv asosida Federal davlat ta'lim standartlarini ishlab chiqish bilan bog'liq qiyin davrni boshdan kechirmoqda. Qiyinchiliklar, shuningdek, asosiy o'quv dasturida alohida fanlarni o'rganish soatlari kamaytirilganligi sababli yuzaga keladi. Bu holatlarning barchasi yangisini talab qiladi pedagogik tadqiqotlar fanlarni o'qitish metodikasi sohasida, ta'lim jarayonida innovatsion ta'lim texnologiyalarini ishlab chiqish va tatbiq etish bilan bog'liq o'qitish va tarbiyalashning innovatsion vositalari, shakllari va usullarini izlash.
Mavjud pedagogik texnologiyalar bankining mohirona va ongli ravishda o'qitish va o'qitish jarayonida optimal natijalarga erishadigan tanlov uchun asosiy xususiyatlarni tushunish kerak. zamonaviy talqin "pedagogik texnologiya" tushunchasi.
Pedagogik texnologiya "Qanday qilib samarali o'qitish kerak?" Degan savolga javob beradi.
Mavjud ta'riflarni tahlil qilib, pedagogik texnologiyaning mohiyatini tashkil etuvchi mezonlarni ajratib ko'rsatish mumkin:
o'quv maqsadlarini aniqlash (nima uchun va nima uchun); tarkibni tanlash va tarkibi (nima);
o'quv jarayonini maqbul tashkil etish (kabi);
metodlari, texnikasi va o'quv qo'llanmalari (Nimani ishlatish bilan);
shuningdek, o'qituvchining malakasini talab qilinadigan real darajasini hisobga olish (JSSV);
va ta'lim natijalarini baholashning ob'ektiv usullari (Shundaymi).
Shunday qilib,"Pedagogik texnologiya" - bu o'qituvchi faoliyatining shunday tuzilishi bo'lib, unda unga kiritilgan harakatlar ma'lum bir ketma-ketlikda taqdim etiladi va bashorat qilingan natijaga erishishni nazarda tutadi.
"Innovatsion ta'lim texnologiyasi" nima? Bu o'zaro bog'liq uchta komponentning kompleksi:
Talabalarga etkaziladigan zamonaviy tarkib nafaqat bilimlarni rivojlantirishni, balki rivojlanishni ham o'z ichiga oladivakolatlar zamonaviy biznes amaliyotiga mos. Ushbu tarkib yaxshi tuzilgan va zamonaviy aloqa vositalari yordamida uzatiladigan multimedia o'quv materiallari shaklida taqdim etilishi kerak.
Zamonaviy o'qitish usullari - bu nafaqat materialni passiv idrok etish asosida, balki o'quvchilarning o'zaro munosabatlari va ularni o'quv jarayoniga jalb qilish asosida malakalarni shakllantirishning faol usullari.
Masofaviy o'qitishning afzalliklaridan samarali foydalanishga imkon beruvchi axborot, texnologik, tashkiliy va kommunikatsion tarkibiy qismlarni o'z ichiga olgan zamonaviy o'quv infratuzilmasi.
Bugungi kunda rus va chet el pedagogikasida ta'lim texnologiyalarining umumiy qabul qilingan tasnifi mavjud emas. Turli mualliflar ushbu dolzarb ilmiy va amaliy muammoni hal qilishda o'ziga xos tarzda yondashmoqdalar.
"Ta'lim" ustuvor milliy loyihasidagi innovatsion yo'nalishlar yoki zamonaviy ta'lim texnologiyalari quyidagilarni o'z ichiga oladi: ta'limni rivojlantirish; muammolarni
o'rganish; ko'p darajali o'qitish; jamoaviy ta'lim tizimi; muammolarni hal qilish texnologiyasi; o'qitish metodikasini tadqiq etish; loyihani o'qitish usullari; modulli ta'lim texnologiyalari; ma'ruza-seminar-kredit ta'limi tizimi; o'qitishda o'yin texnologiyalaridan foydalanish (rol o'ynash, ishbilarmonlik va boshqa ta'lim o'yinlarining turlari); hamkorlikda o'rganish (jamoa, guruhda ishlash); axborot-kommunikatsiya texnologiyalari; sog'liqni saqlash texnologiyalari.
Boshqa manbalar quyidagilarni ta'kidlaydi:
Do'stlaringiz bilan baham: |